Ingliz adabiyotshunosligi
Download 122.58 Kb.
|
Magistrlik dissertatsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi
- Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.
Tadqiqot obyekti. Ushbu magistrlik dissertatsiyasida tadqiqotning obyekti sifatida F.Kuperning “Mohikanlarning oxirgisi” va “Pioner” asarlari belgilandi.
Tadqiqotning predmeti. Kuper asarlarida hindular hayotining aks etishi ilmiy ishning predmetidir. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari Ushbu magistrlik dissertatsiyasining maqsadi Fenimor Kuper ijodiy faoliyati, shuningdek, uning asarlarida mahalliy hindular hayotining yoritilishini tahlil qilish maqsad qilib qo`yilgan. Bularni amalga oshirish uchun bir necha vazifalarni bajarishni o`z oldimizga belgilab qo`yganmiz: -XIX asr Amerika adabiyoti va unda romantizmning tutgan o`rnini o`rganish; - Fenimor Kuper hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma`lumotga ega bo`lish; - Amerika adabiyotida Kuper ijodining o`rni va ahamiyati haqida tushunchaga ega bo`lish; - Kuper asarlarida mahalliy hindularga nisbatan oq tanlilarning munosabati va hind an`analari va yangi dunyo nomutanosibligining tadbiq etilishini o`rganish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi Amerika adabiyotidagi romantizm oqimining yirik vakili Fenimor Kuperning hayot va ijod yo`li juda ko`p davlatlatlarda bir necha bor tadqiq qilingan. Uning ijodi o`zbek olimlari tomonidan ham ancha o`rganilgan. Fenimor Kuperning “Mohikanlarning oxirgisi” va “Pioner” asarlarida hindularga nisbatan munosabat va hind an’analarining yangi dunyo qonunlari bilan nomutanosibligi mavzulari tahlili esa endilikda o`rganilmoqda. O`zbek kitobxonlari Fenimor Kuper asarlarini sevib o`qishadi. Bizning asosiy maqsadimiz, Kuper asarlarini batafsil o`rganib chiqib, unda qahramonlarni, Amerika mahalliy aholisi hayoti va ularning oq tanlilar bilan munosabatlarini, o`sha davr muhiti va tabiati kabilarni yozuvchi qanday usulda berganini aniqlab tahlil qilishdan iboratdir. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Ilmiy tadqiqot ishida Jeyms Fenimor Kuper asarlarida hindular hayotining aks ettirilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, hindular hayotining aks ettirishida yozuvchining mahorati uning “Mohikanlarning oxirgisi” va”Pioner” asarlari misolida ochib beriladi. Yozuvchi asarlarida mahalliy hindularga nisbatan oq tanlilar munosabati, shuningdek hind an’analarining yangi dunyo qonunlari bilan qarama-qarshiligi tahlil qilinadi. Download 122.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling