Ingliz adabiyotshunosligi
I bob XIX asr Amerika adabiyotida Romantizm
Download 122.58 Kb.
|
Magistrlik dissertatsiyasi
I bob XIX asr Amerika adabiyotida Romantizm
XIX asr Amerika adabiyotida romantizmning tutgan o`rni Romantizm adabiy yo`nalish sifatida XVIII asr oxiriga kelib birdaniga bir necha mamlakatlarda paydo bo`la boshladi. Estetik manifest, traktatlari bilan Germaniyadan Iyen romantiklari, Fransiyadan Shatobrion va de Stal, Angliyadan “Ko`l maktabi” vakillari chiqdilar. Romantizm adabiyoti Germaniyada paydo bo`lgan va keyinchalik 19-asrning oxirigacha Yevropa va Amerikaning qolgan qismiga tarqalgan adabiy oqim edi. Romantizm adabiyoti ratsionalistik yondashuvlarga, shuningdek kapitalizmga va klassizm stereotiplariga qarshi edi. Romantizm uslubi Angliyaga va undan keyin Fransiyaga kirib bordi. Albatta, falsafiy tushunchadagi o`zgarishlar to`g`ridan-to`g`ri ijoddagi o`zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin emas edi. Badiiy asarlar butunlay yangi xarakterga ega bo`la boshladi: adabiyotda yangi janrlar sahnaga chiqdi, yangi uslubiy shaxslarga ustunlik berildi. Romantika davri Angliyada 1798-1832-yillarda sodir bo`lgan qishloq aholisining ko`payishi va haddan tashqari ko`p sanoat shaharlarining jadal rivojlanishi tufayli katta ijtimoiy o`zgarishlardan biri bo`ldi. Angliyada juda ko`p odamlarning harakati ikki kuchning natijasi edi: Qishloq xo`jaligi inqilobi o`z ichiga olgan to`siqlar ishchilar va ularning oilalarini erdan haydab chiqargan va Sanoat inqilobi bu ularni ish bilan ta`minlagan, "boshqariladigan mashinalar bilan ishlaydigan fabrikalarda va fabrikalarda bug `quvvati". Darhaqiqat, romantizm qisman unga munosabat sifatida qaralishi mumkin Sanoat inqilobi, garchi bu aristokratik ijtimoiy va siyosiy me`yorlarga qarshi qo`zg`olon bo`lsa ham Ma`rifat davri, shuningdek, ilmiy qarshi reaktsiya ratsionalizatsiya tabiat. Fransiya inqilobi bu davrda ham ko`plab taniqli romantik arboblarning siyosiy tafakkuriga ayniqsa muhim ta`sir ko`rsatdi.3 Yevropa romantizm adabiyoti XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida shakllandi. 1789—1794 yillardagi birinchi fransuz burjua revolyutsiyasi Yevropada feodalizm asoslariga zarba berib, burjua munosabatlarini maydonga keltirdi. XVIII asr maʼrifatparvarlari o`zlarining butun faoliyati bilan bu revolyutsiyani tayyorlagan edilar. Ular oqilona davlat, oqilona jamiyat o`rnatilishini talab qilgan edilar. Аmmo XVIII asr oxirida yuz bergan inqilob va uning natijalari maʼrifatparvarlar ishonchini oqlamadi. Аksincha, avvalgisidan battarroq burjua tuzumi hukmronligi o`rnatildi. Endi “Zo`rlik bilan qilinadigan zulm o`rnini pora oldi, ijtimoiy hokimiyatning eng asosiy vositasi qilich emas, pul bo`lib qoldi”. Yevropa romantizmi taraqqiyoti uchta davrga bo`linadi: a) Ilk romantizm (XVIII asr oxiri XIX asr boshlari) b) Rivojlangan romantizm (XIX asrning 20–40 yillari) v) Kech romantizm (1848-yildan keyingi davr) 4 Ammo mazkur davriylashtirish barcha Ovrupa mamlakatlari uchun bir deb bo`lmaydi. Germaniyada ilk romantizm Yen romantiklari (Novalis, aka-uka Shlegelar) nomi bilan bog`liq. Ikkinchi bosqichdagi Geydelberg romantiklari davri Napaleon okkupatsiyasi va milliy uyg`onish davriga to`g`ri keladi. Xuddi shu paytda aka-uka Grimm ertaklari paydo bo`lgan. 20-yillarga kelib, Gofman vafotidan so`ng va yosh Hyeynining realizm an`nalarini yoqlab chiqish munosabati bilan nemis romantizmi egallagan mavqeyini boy bera boshladi. Angliyada esa Shelli (1822) va Bayron (1824) ning hayotdan ko`z yumishi romantizmning ikkinchi darajali adabiy yo`nalishga aylantirdi. Romantizm Fransiyada 30-yillarga kelib to`la shakllandi. Bu paytda Angliya va Germaniyada romantizm o`z umrini yashab bo`lgandi, deyish mumkin. Fransiya romantiklari yangi drama uchun kurashdilar. (Ungacha klassitsizm teatri hukmron edi). Drama janrining islohotchisi sifatida V.Gyugo maydonga chiqdi. Polshada romantizm haqidagi bahslar 1810-yillarga to`g`ri keladi. 20-yillarga kelib, A.Mitskevich ijodi bilan bog`liq holda shakllandi va o`zini asosiy o`rnini uzoq vaqt saqlab qoldi. Nemis romantikalari o`zlarini yangi san`at namoyondalari deb e`lon qilgan birodarlar Shlegel va Novalislardir. Romantizmning asosiy xususiyati - haqiqatdan qochish istagi - ularning asarlarida o`zini juda kuchli va kuchli namoyon qildi. Ushbu tendentsiyaning asosiy vakillaridan biri, albatta, Geynrix Geyn va Iogann Volfgang Gyote. Feodal tartiblari o`rniga kelgan burjua tartiblari odamlar ongida, fanda, madaniyat va adabiyotda, sanʼatning barcha sohalarida keskin o`zgarishlarga olib keldi. Eski tartiblarga tarafdor bo`lgan dvoryan va aristokrat guruhlar revolyutsiya natijalaridan norozi bo`lib, o`tmishga yuz o`girdilar. Ularga mansub yozuvchilar o`rta asrni, dinni, feodal tartiblarini maktab asar yozdilar va shu tufayli reaksion romantiklar deb nom oldilar. Xalqning intilishlarini ifodalovchi guruhlar ham revolyutsiya natijalaridan norozi bo`ldilar. Аmmo bular reaksion romantiklardan farq qilib, ilgariga, kelajakka boqdilar. Bular maʼrifat, ozodlik, tenglik, birodarlik ideallariga sodiq bo`lib qoldilar. Shuning uchun bu guruh taraqqiyparvar romantiklar deb nom oldi. Taraqqiyparvar romantiklar mexnat ahlining manfaatlarini himoya qilib chiqdilar, ozodlik uchun olib borayotgan kurashiga xayrixohlik bildirdilar.5 Bular oddiy xalqda ishonch bilan qaradilar. Uning taqdiriga, urf-odatlariga, milliy anʼanalarga, og`zaki ijodga ijobiy munosabatda bo`ldilar. Taraqqiyparvar romantiklar deyarli barcha adabiy janrlarda ijod qildilar. Bu esa ular yozgan asarlarning rang-barang, taʼsirchan bo`lib chiqishini taʼminladi. Taraqqiyparvar romantiklar klassizm adabiyotining talablariga, qonun-qoidalariga qarshi chiqib, ijod erkinligini ilgari surdilar. Ular asar mavzusini, qahramonini, tilini demokratlashtirdilar. XVIII asrdagi falsafiy qissalar, matnlar o`rniga qaynok extiros bilan yozilgan sheʼrlar, romantik poemalar hamda lirik dramalar yaratildi. Taraqqiyparvar romantiklar burjua-dvoryan tartiblariga, uning g`oyaviy qashshoq hayot sharoitiga qarama-qarshi o`larok, kuchli, extirosli qahramonlar yaratdilar, mavjud tuzumga nisbatan murosasizlikka, unga qarshi isyonga, norozilikka chaqirdilar. Obrazlarning boyligi va rang-barangligi, chuqur lirizm, hayotiy voqealar tugunidagi murakkabliklar va qarama-qarshiliklarni ko`ra bilishi bilan taraqqiyparvar romantiklar jahon adabiyoti rivojida yangi bosqich yaratdilar.6 XIX asrning tanqidiy realist yozuvchilari voqelikni kengroq, chuqurroq aks ettirishda romantiklar to`plagan ijodiy tajribaga suyandilar. Romantizm adabiyotining barkamol xarakterlar yaratish, xayot ziddiyatlarini yirik kontrast obrazlar tuknashuvida kursatib berish kabi xususiyatlari Balzak va Dikkens kabi sanʼatkorlar realizmining shakllanishiga yordam berdi. Amerika Romantizmi XIX asr boshida boshlanib XIX asrning 40- yillarigacha davom etdi. Bu harakat millatning va xalq hayotining barcha jabhalarini qamrab oldi. Romantizm dinga va siyosatga ham o`z ta`sirini ko`rsatmay qolmadi. Adabiyotda liberalism tushunchasiga urg`u berildi, chunonchi yozuvchilarni individualizmga urg`u beruvchi yozish usulidan revalyutsion siyosiy g`oyalar ham rivojlantirildi. Amerika adabiyotida yangi idealogiyaning vujudga kelishi uchun asos bo`ldi. Bu kitobxon uchun hayotni boshqa tomondan ko`rish imkoniyatini tug`diradi. Romantik adabiyot muhabbat haqida she`rlar bilan bog`liq bo`lsada, Amerika Romantizmi qo`rquv va g`azabni mujassamlashtiruvchi tuyg`ular bilan bog`liq bo`lgan. Va yozuvchilarning ijtimoiy hayoti ham ularning asarlariga bevosita ta`sir ko`rsatgan, misol uchun romantik yozuvchilar Edgar Allan Po va Emili Diksonlarning she`r va hikoyalarini aytishimiz mumkin. Romantizm davomida yozuvchilar ijtimoiy hayotga, his-tuyg`ularga va insoniyat unsuriga e`tibor qaratdilar. Garchi Edgar Allan Po va Emili Diksonlarning asarlarining asosiy mavzusi o`limb o`lgan bo`lsa-da, go`zallik, mehr kabi tuyg`ularni o`zida jamlamay qolmagan. Ular asarlarini yaratishda o`z his tuyg`ulariga ishonganlar. Ularning shaxsiy hayoti va turmush tarzida sodir bo`lgan voqealar ularni mashhur Romantizm yozuvchilari qildi. Bu davr Аmerika adabiyotining ko`zga ko`ringan romantik yozuvchilari Vashington Irving va Fenimor Kuper edilar. Ular o`z ijodlarida XIX asrning boshlaridagi Аmerika jamiyati hayotining xarakterli xususiyatlarini ifodalab berdilar. Bu davrda romantizm ijodiy metodi ham tarixiy-zaruriy extiyoj natijasida yuzaga keldi. Buning muhim sabablaridan biri shundaki, yozuvchilar o`zlari yashab turgan hayotdan, turmushdan norozi bo`la boshlaydilar. Natijada, ular asarlarida o`zlari orzu qilgan narsalarni ideallashtirib tasvirlashga tirishadilar.7 Romantik yozuvchilar yaratgan obrazlar butunlay hayot haqiqatidan uzoq, undan ajralib qolmagan boʼlsa ham, biroq bu obrazlar bevosita hayotiy haqiqatning badiiy haqiqatga aylangan obrazi boʼlmay, balki ular orzu qilgan hayotning inʼikosidan iborat. Shuni ham aytib o`tish kerakki, romantizm ham tarixiy shart-sharoit taqozosiga ko`ra, o`z taraqqiyotining turli bosqichlarida turlicha xarakter kasb etdi va o`z navbatida yangi tug`ilib kelayotgan ijodiy metodga – realizmga turlicha munosabatda boʼldi. Romantizm o`z xarakteriga ko`ra uch xildir: Ilg`or ijtimoiy ideallarni emas, balki umri tugab borayotgan, jamiyatning olg`a harakat qilishiga g`ov bo`lgan narsalarni ideallashtiruvchi reaksion romantizm. Bunday romantizm M.Gorkiy taʼbiri bilan aytganda, passiv romantizmdir. Аyrim yozuvchilar ijodida bunday romantizm yaqqol koʼzga tashlanadi; tarixning ilg`or tendensiyasini ideallashtiruvchi, jamiyatning olg`a harakat qilishiga yordam beruvchi progressiv romantizm; jamiyatni revolyutsion asosda yangilash masadini ilgari suruvchi, revolyutsion g`oyalarni targ`ib etuvchi revolyutsion romantizm boʼlib, u progressiv romantizmning eng yuqori ko`rinishidir. Bu oqimning bosh xislati “idealga moslab hayotni qayta yaratish”dir, yaʼni orzu qilingan voqelikni tasvirlash, uni go`zal va mukammal hayot tarzida ko`rsatish, ana shu hayot qahramonlarining afsonaviy kuch-qudratga egaligini, mo`jizakorligini ideallashtirishdir, - deydi. Belinskiy oʼzining “Poeziyaning xil va turlarga boʼlinishi” asarida. Insoniylikni ulug`lash, ezgulikni kuylash, muhabbat va sadoqatni yuksak darajada madh etish, unga ishontirish romantizmning eng xarakterli alomatidir. Unda hayotni judayam ko`tarinki ruhda, serjilo bo`yoqlarga boy tarzda, yorqin va nozik ifoda etish xislatga aylanadi va bu xislat kitobxon qalbini larzaga soladi. Romantik metodning asosiy xususiyatlaridan yana biri har qanday jamiyat (quldorlik, feodalizm, kapitalizm, sotsializm) ning insoparvarlikka qarshi g`oyasini doimo fosh etish va qoralashdir. Ijodda va hayotda erkinlik, shaxs ozodligi va komilligi uchun kurashdir. Bu xususiyat hamma romantik ijodkorlar faoliyatida pafos darajasiga ko`tarilgan.8 N.Shukurov va boshqalarning “Аdabiyotshunoslikka kirish” kitobida romantizmga quyidagicha taʼrif berilgan: romantizm – Voqelikni aks ettirishning o`ziga xos ijodiy metodidir. Romantizmda hayot voqealarini o`z formasida tasvirlash prinsipi emas, balki yozuvchi idealiga mos keladigan xayoliy obrazlar, xayoliy voqealar yaratish prinsipi hukmron bo`ladi. Romantizm yozuvchining hayot haqidagi ideallarini ko`proq umumlashtiradi. Bu metod asosida yaratilgan asarlaridagi qahramonlarning aksariyati g`ayri tabiiy, mo`jizaviy kuch-qudrat egasi qilib tasvirlanadi. Аmerika adabiyotidagi romantizm 1775—1783 yillarda Qo`shma Shtatlarda yuz bergan revolyutsiya tufayli maydonga keladi. Yevropa mamlakatlari adabiyotiga taʼsir ko`rsatgani kabi fransuz burjua revolyutsiyasi (1789—1794) АQSh adabiyotida romantizm yo`nalishining kelib chiqishiga turtki bo`ladi. XIX asrning birinchi yarmida Аmerika Qo`shma Shtatlari o`z mustaqilligi uchun kurashda g`alabani qo`lga kiritdilar. Garchi bu mustaqillik xalq ommasining ishtiroki orqali amalga oshgan bo`lsada, xalqning o`zi bundan bahramand bo`la olmadi. G`alabaning natijalaridan yirik sanoatchilar, yer egalari foydalandilar.9 Bundan tashqari, Qo`shma Shtatlarda qulchilik siyosati masalasi hali uzil-kesil hal qilinmagan edi. Bu masala XIX asrda ham barchaning diqqatini tortgan masala bo`lib qolaverdi. Shuning uchun Аmerika adabiyotidagi romantizm XIX asrning birinchi yarmidagi ana shu murakkab qarama-qarshiliklarni o`zida aks ettirdi. Аgar Аmerika Qo`shma Shtatlarining Shimoliy qismida sanoat ishlab chiqarishi tez taraqqiy qilib ketgan bo`lsa, janubda hali qulchilik saqlanib qolmoqda edi. Shimol bilan janubning manfaatlari bir-biriga zid bo`lib, bu tez-tez to`qnashuvlarga olib keldi. Katta-katta yer maydonlarini qo`lga kiritish uchun Аmerika Qo`shma Shtatlaridagi turg`un xalq — Аmerika hindulari bilan to`xtovsiz urush davom etdi. Natijada hindu qabilalari shafqatsizlik bilan qirib tashlandi. Аna shu mavzu juda ko`p Аmerika yozuvchilari, jumladan Fenimor Kuper ijodida, o`z aksini topdi. АQShdagi real hayot manzarasi burjua inqilobi e`lon qilgan ozodlik, tenglik hamda baxtga intilish tushunchalari bilan zid kelib qoldi. Natijada Аmerika romantizm adabiyoti real hayotdan chetga chiqib, mavhum ideallarni aks ettirdi. Bu adabiyot burjua tuzumi sistemasiga zid kelib, hindularning pok, sog`lom, odil turmush tarzini kuyladi yoki romantik xayol og`ushiga cho`mib, ideal bo`lgan yuksak, aql kuchiga tayangan tuzumni orzu qildi.10 Amerika romantizmnining yorqin asarlariga quyidagilar misol bo`la oladi: "Alhambra" hikoyalar, Vashington Irving "Rip Van Vinkle" va "Sleepy Hollow, afsonasi"; Jeyms Fenimore Cooper tomonidan "Oxirgi Mohikan"; "Raven" she`ri, "Typee" va "Moby Dik" Melville; "Amaki Tom kulbasi," Harriet Bicher Stowe; "Evangeline", "Hiawatha qo`shig`i», bir she`riy afsonasi "Miles Standish bir Uchrashib" Longfellow; Amerika madaniyati va adabiyoti tarixini o`rganar ekanmiz, kapitalizmning bunday notekis rivojlanishi Qo`shma Shtatlar mafkuraviy hayotida o`ziga xos iz qoldirganiga, xususan, nisbatan qoloqlikka, ijtimoiy fikr va Amerika jamiyatining ijtimoiy ongi. Qo`shma Shtatlarning Yevropa madaniyat markazlaridan provinsiyaviy izolyatsiyasi ham o`z rolini o`ynadi. Mamlakatdagi ijtimoiy ongda asosan eskirgan illyuziyalar va xurofotlar hukmron edi. Mamlakatning inqilobdan keyingi rivojlanishi natijalaridan umidsizlik amerikalik yozuvchilarni g`ayriinsoniy voqelikka qarshi turadigan romantik ideal izlashga olib keladi. Amerikalik romantiklar AQSH milliy adabiyotining ijodkorlaridir. Bu, birinchi navbatda, ularni yevropalik hamkasblaridan ajratib turadi. Yevropada XIX asr boshlarida milliy adabiyotlar deyarli butun ming yilliklar davomida shakllangan va o`ziga xos milliy xususiyatga aylangan sifatlarni o`zlariga ta`minladilar, Amerika adabiyoti, xuddi millat kabi, hali ham belgilanayotgan edi. Va Yangi Dunyoda, nafaqat 19-asrning boshlarida, balki keyinchalik, bir necha o`n yillar o`tgach. Kitob bozorida asosan ingliz yozuvchilarining asarlari va boshqa Yevropa tillaridan tarjima qilingan adabiyotlar ustunlik qildi. Amerika kitobi mahalliy o`quvchiga zo`rg`a yo`l oldi. O`sha paytda Nyu-Yorkda adabiy klublar allaqachon mavjud edi, ammo ingliz adabiyoti va Yevropa madaniyatiga yo`naltirilganlik didda hukmronlik qildi: burjua muhitida amerikalik "vulgar" deb hisoblangan. Amerikalik romantiklarga juda jiddiy vazifa yuklangan edi, ular milliy adabiyotni shakllantirishdan tashqari, yosh millatning butun murakkab axloqiy va falsafiy kodeksini yaratishi kerak edi - uning shakllanishiga yordam berish. Bundan tashqari, shuni ta`kidlash kerakki, o`z davri uchun romantizm voqelikni badiiy tadqiq qilishning eng samarali usuli edi; busiz xalqning estetik taraqqiyot jarayoni to`liq bo`lmagan bo`lar edi. Amerika romantizmining xronologik doirasi Yevropa romantizmidan biroz farq qiladi. AQSH adabiyotidagi romantik yoʻnalish ikkinchi va uchinchi oʻn yilliklar oraligʻida shakllanib, fuqarolar urushi oxirigacha (1861-1865) oʻzining hukmron mavqeini saqlab qoldi. Romantizmning rivojlanishida uch bosqichni kuzatish mumkin. Birinchi bosqich - ilk Amerika romantizmi (1820-1830 yillar). Uning bevosita salafi ma`rifiy adabiyot doirasida (she`rda F. Freno ijodi, romanda C. Brokden Braun va boshqalar) rivojlangan romantizmgacha bo`lgan. Ilk romantizmning yirik yozuvchilari - V. Irving, D.F. Kuper, V.K. Bryant, D.P. Kennedi va boshqalar.O`z asarlarining paydo bo`lishi bilan Amerika adabiyoti birinchi marta xalqaro e`tirofga sazovor bo`ldi. Amerika va Yevropa romantizmi o`rtasida o`zaro ta`sir jarayoni mavjud. Milliy badiiy an`analarni jadal izlash olib borilmoqda, asosiy mavzular va muammolar (mustaqillik uchun urush, qit`aning rivojlanishi, hindlarning hayoti) tasvirlangan. Bu davrning yetuk adiblarining dunyoqarashi istiqlol uchun kurashning qahramonlik davri va yosh respublika oldida ochilgan ulkan istiqbollar bilan bog`liq optimistik ohanglarda tasvirlangan. Amerika ma`rifatparvari mafkurasi bilan yaqin davomiylik mavjud. Shunisi e`tiborga loyiqki, Irving ham, Kuper ham mamlakatning ijtimoiy va siyosiy hayotida faol ishtirok etib, uning rivojlanishiga bevosita ta`sir ko`rsatishga intilishadi. Shu bilan birga, Amerika jamiyati hayotining barcha jabhalarida kapitalizm kuchayishining salbiy oqibatlariga reaksiya bo`lgan erta romantizmda tanqidiy tendentsiyalar pishib boradi. Ular burjua hayot tarziga muqobil izlaydilar va uni Amerika G`arbining ishqiy ideallashtirilgan hayoti, mustaqillik urushi qahramonligi, erkin dengiz, mamlakatning patriarxal o`tmishi va hokazolardan topadilar. Ikkinchi bosqich - yetuk amerika romantizmi (1840-1850 yillar). Bu davr N. Xotorn, E.A. Po, G. Melvill, G.V. Longfellow, W.G. Simms, transsendentalist yozuvchilar R.V. Emerson, G.D. Toro. Bu yillardagi Amerikaning murakkab va qarama-qarshi haqiqati 1940 va 1950 yillar romantiklarining dunyoqarashi va estetik pozitsiyasida sezilarli farqlarga olib keldi. Bu davr yozuvchilarining aksariyati mamlakat taraqqiyotining borishidan qattiq norozi. Haqiqat va romantik ideal o`rtasidagi tafovut chuqurlashadi, tubsizlikka aylanadi. Yetuk davr romantiklari orasida burjua Amerika tomonidan rad etilgan, tushunilmagan va tan olinmagan san`atkorlar ko`p bo`lishi bejiz emas: Po, Melvil, Toro, keyinchalik shoira E. Dikkinson. Yetuk amerikalik romantizmda dramatik, hatto fojiali ohanglar, dunyo va insonning nomukammalligi tuyg`usi (Xotorn), qayg`u kayfiyatlari, sog`inish (Po), inson borlig`i fojiasini anglash (Melvil) ustunlik qiladi. Ruhida halokat tamg`asi bo`lgan, bo`lingan psixikaga ega qahramon paydo bo`ladi. Longfellowning muvozanatli-optimistik dunyosi va bu o`n yilliklardagi universal uyg`unlik haqidagi transsendentalistlar bir-biridan ajralib turadi. Bu bosqichda Amerika romantizmi milliy voqelikning badiiy rivojlanishidan inson va dunyoning umuminsoniy muammolarini milliy material asosida o`rganishga o`tadi va falsafiy teranlikka ega bo`ladi. Yetuk amerikalik romantizmning badiiy tilida oldingi avlod romantiklari orasida kamdan-kam uchraydigan simvolizm kiradi. Po, Melvil, Xotorn o`z asarlarida katta chuqurlik va umumlashtiruvchi kuchning ramziy obrazlarini yaratdilar. Ularning ijodida g`ayritabiiy kuchlar sezilarli rol o`ynay boshlaydi, mistik motivlar kuchayadi. Uchinchi bosqich - kech Amerika romantizmi (60-yillar). Inqiroz hodisalari davri. Romantizm uslub sifatida tobora yangi voqelikni aks ettira olmayapti. Adabiyotda hamon o`z yo`lini davom ettirayotgan avvalgi bosqich yozuvchilari og`ir ijodiy inqiroz davriga kirib boradilar. Eng yorqin misol - ko`p yillar davomida ixtiyoriy ma`naviy izolyatsiyaga tushib qolgan Melvilning taqdiri.11 Bu davrda romantiklar o`rtasida fuqarolar urushi sabab bo`lgan keskin bo`linish mavjud. Bir tomondan, abolitsionizm adabiyoti ajralib turadi, romantik estetika doirasida estetik, umumiy gumanistik pozitsiyalardan qullikka qarshi norozilik bildiradi. Boshqa tomondan, janubiy adabiyot "janubiy ritsarlikni" romantiklashtirib, ideallashtirib, tarixan halokatga uchragan noto`g`ri ish va reaktsion hayot tarzini himoya qiladi. Oldingi davrda ijodi rivojlangan yozuvchilar ijodida abolitsionizm motivlari muhim oʻrin tutadi – Longfello, Emerson, Toro va boshqalar, G. Bicher Stou, D.G. Whittier, R. Hildret va boshqalar. Amerika romantizmida mintaqaviy farqlar ham mavjud edi. Asosiy adabiy hududlar - Yangi Angliya (Shimoliy-sharqiy shtatlar), Oʻrta shtatlar va janub. Yangi Angliyadagi romantizm (Hotorn, Emerson, Toro, Brayant) birinchi navbatda Amerika tajribasini falsafiy tushunish, milliy o`tmishni tahlil qilish, murakkab axloqiy muammolarni o`rganish istagi bilan tavsiflanadi. Bu davrda Kuper bilan zamondosh bo`lgan, Аmerika Qo`shma Shtatlari adabiyotida romantizmning dastlabki namoyandasi Vashington Irving ham bor edi. U 1783-yilda Nyu-Yorkda tug`ildi. Uning otasi yirik kommersant bo`lib, o`g`liga huquq bilimini bermoqchi edi, Аmmo Irving dengiz, sayohat va safarlar to`g`risida o`ylaydi. Vashington Irving yoshligidan kitobga qiziqib, Yevropa adiblarining asarlarini tinmay mutolaa qiladi. Irving 1804-yildan boshlab Yevropa safariga chiqadi. U Italiya, Shveytsariya, Аngliya, Gollandiya va Fransiyada bo`ladi. Yevropa safaridan qaytgach, adabiy almanax nashr qildiradi. Bu almanax hazil-mutoyiba, parodiya, sharj, kulgili qissalar, siyosiy karikaturalarni o`z sahifalarida bosib chiqarib, keng jamoatchilikning diqqatini tortadi. Vashington Irving yumoristik novellalar, ocherklar yozib, burjua Аmerikasini, uning vakillarini tanqid ostiga oladi. “Shayton va Tom Uoker”, “Xazina izlovchilar” nomli asarlarida Irving indeyts qabilalarini qirib tashlash siyosatiga qarshi chiqdi. Irvingning “Rip Van Vinkl”, “Аrvox kuyov”, “Uyqu vodiysi haqida afsona” kabi novellalari uning 1819-yilda nashr etilgan “Chizgilar kitobi”ga kiradi. Bu romantik novellalarda Аmerikaga dastlab borgan kelgindilar hayoti, u yerdagi odam oyog`i tegmagan o`rmonlar yozuvchining keng fantaziyasi bilan qo`shilib ajoyib bir manzara kasb qiladi. Irving novellalarida xalq afsonalari, diniy xurofotlari realistik hayot lavhalari bilan uyg`unlashib ketadi.12 Vashington Irving XIX asrning 20-30 yillaridayoq. Rossiyada ommalashib ketgan yozuvchi edi. Uning asarlari “Moskva telegrafi”, “Evropa axboroti”, “Teleskop” kabi yirik jurnallarda nashr etiladi. XIX asrning yana bir ko`zga ko`ringan romantizm ijodkori, amerikalik yozuvchi va shoir Herman Melvil 1819-yolning 1-avgust sanasida Nyu-York shahrida dunyoga kelgan. Otasi, Alin Melvil tijoratchi va onasi, Mariya Melviy fidoiy uy Bekasi bo`lgan. Otasining vafotidan keyin farovon oila hayotida ham moddiy ham ma`naviy o`zgarishlar b`oldi. Oilaviy xarajatlarni kamaytirish maqsadida butun oila Lansingburgga 1837-yilda ko`chib o`tadi va yosh bo`lishiga qaramay bolalar ishlashiga to`g`ri keladi. Herman Melvil dastlabki ta`limni Nyu-Yorkning Meyl maktabida oladi, keyinchalik esa Kalumbiya grammatika va tayyorlov maktabiga qatnaydi. Keyinchalik bo`lajak yozuvchi Albaniya klassik maktabi va akademiyasiga qatnaydi. U yerda u grek va ingliz tarixi, geografiya, biologiyani o`rganadi. Garchi yozuvchida adabiyotga nisbatan kuchli muhabbat va iqtidor bo`lgan bo`lsada oilaning moliyaviy jihati sababli yozuchi o`z ishtiyoqini chetga surib turishiga to`g`ri keladi. Yetarlicha boshlang`ich ta`lim olmagan bo`lsada yozuvchining asarlari nodir adabiy nusxalar sifatida qabul qilinadi. Herman Melvil juda yoshligidan yozuvchilikni boshlaydi va uning ko`pchilik asarlari o`zining turli tuman sayohatlari haqidadir. Uning ilk asarlari “Type” va “Omoo” ketma-ket 1846-yilda nashr qilinadi va kitobxonlar tomonidan yuqori baholadi. Bu asarlar yozuvchining dengiz sayohatlari haqidagi voqealarni o`z ichiga oladi. Bu muvaffaqiyat yozuvchining g`ayrati yanada jo`shishiga va 1849-yilda yana bir yangi asar “Mardi”ni yozdi, ammo bu asar kitobxonlar tomonidan yaxshi qarshi olinmagan bo`lsada yozuvchi o`zining yana bir yangi asari “Redburn”ni yozdi va bu asar ham muvaffaqiyat qozondi. 1851-yilda yozuvchining mashhur asari “Moby-Dick” dunyoga keldi. Bu asar nafaqat yozuvchi hayotini, balki Esseks hayotini ham tasvirlaydigan voqealarni o`z ichiga oladi. Moby-Dick asari 18 oyda yozilgan. Herman Melvil “Billy Bud”, “Sailor”, “The Ambiguities”, va “White-Jacket” kabi qator asarlarni ham yozgan. 1853-1856-yillarda yozuvchi “Benito Cereno”, “Bartleby” va “Scrinener” kabi jurnallarda o`zining kichik hiyoyalarini chop ettirdi. 1857-yilda yozuvchi Angliyaga tashrif buyurdi va o`zining so`nggi musiqiy asari “The Confidence-Man” asarini yaratdi va 1863-yilda Nyu-Yorkga qaytib bojxona inspektori lavozimini egalladi. Amerikadagi fuqarolik urushlari haqidagi asari “Battle Pieces and Aspects of the War” asari 1866-yilda yozilgan. Mahalliy amerikaliklar va immigrantlar o`zlarining kelib chiqishlariga qaramay ozodlik hissini har doimgidan ham ko`proq his qildilar. Va natijada ular vatanparvarlik tuyg`ulari his qildilar o`z hayotlariga va vatanlariga ishonch hissi uyg`ondi, shuningdek Qo`shma Shtatlar yer yusidagi eng qudratli millat ekanligiga amin bo`ldilar.13 Download 122.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling