Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)
Imkoniyati cheklangan bolalarni maktabga tayyorlashda ota- onalar hamkorligi
Download 133.52 Kb.
|
Inklyuziv talimni hammasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 91. Imkoniyati cheklangan bolalarni maktabga tayyorlashda maxilla va pedagoglarning o’rni va hamkorligi
90. Imkoniyati cheklangan bolalarni maktabga tayyorlashda ota- onalar hamkorligi
Ota-onalar qishloq sharoitida yordamga muhtoj bolalariga talab darajasida yordam ko’rsatish imkoniyatiga ega emas. Birinchidan, moddiy tomondan imkoniyat cheklanganligi, ikkinchi tomondan esa, yordamga muhtoj bolalarning go’dakligidan ulorning nuqsonlarini aniqlash uchun o’qituvchi va psixologlarning malakasi talab darajasida emas. Tarbiyachilar, psixologlar, o’qituvchilarning maxsus defektologiyaga asoslangan o’quv dasturlarda olgan bilim va malakalari ularning maxsus guruhlordagi faoliyatlari davamida aniq tashhis qo’yish va sifatli davalashni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi — yordamga muhtoj bo’lgan bolalarga samarali bilim olish uchun sharoit yaratishdir. Ushbu sharoitda yordamga muhtoj bolalarni integrasiyalash va reabilitasiya qilish, har bir bolaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ularga mos samarali inklyuziv talim turini tanlash lozim. 91. Imkoniyati cheklangan bolalarni maktabga tayyorlashda maxilla va pedagoglarning o’rni va hamkorligi Shuningdeq mazkur Nizomda inklyuziv ta’lim ishtirokchilari, inklyuziv ta’lim mutaxassislarining ota-onalar yoki boshqa qonuniy vakillar bilan hamkorligi, xalqaro hamkorlikda qatnashish xususiyatlari batafsil bayon etilgan. “Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smrlar uchun nklyuziv ta’lim muvaqqt Nizom” asosida Respublikamizda inklyuziv ta’lim tizimining quyidagi huquqiy-ijtimoiy asoslari yaratildi: -bolani ijtimoiy hayotga tayyorlashda yoshi, jinsi irqi, millatidan qat’iy nazar O’zbekiston Konstitusiyasining moddasiga asosan barcha bolalar umumta’lim jarayoniga kiritish va ijtimoiy hayotga moslashtirish lozimligi belgilangan; -har bir bola o’zining qiziqishi qobiliyati, va ehtiyojiga ko’ra mos ravishda bilim olishi huquqiga ega; -ta’lim dasturini ishlab chiqishda va amalga oshirishda o’ziga xoslik va ehtiyojlarning turli-tumanligini nazarda tutish; -har bir bola tengdoshlar qatori bilim olish huquqiga ega bo’lishi; -bolani ta’limga emas, balki ta’limni bolani ehtiyojiga ko’ra tashkil etilishi; -bolan muhtojligi va imkoniyatini e’tiborga olgan holda ta’lim metodologiyasini, o’quv rejalarni ixcham bo’lishini qo’llab-quvvatlash hamda baholash; -inklyuziv ta’lim muammoni bolada emas, tizimda ekanligini aniqlaydi, bolaga qulay shart-sharoit yaratishni ta’minlaydi; -bolani shaxsiy ehtiyojiga qarab korreksion-pedagogik va ijtimoiy yordamni tashkil qiladi va hokazo. Yuqorida keltirilgan inklyuziv ta’limnig huquqiy asoslarga tayangan holda bu ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, uni amaliyotga joriy etishni jadallashtirish maqsadida 2005 yilning 14-15 dekabr kunlari Toshkent shahrida “Ta’lim hamma uchun” Milliy dasturini joriy qilish bosqichlari” mavzusida yirik xalqaro Konferensiya o’tkizildi. Ushbu konferensiyada xalqaro tashkilotlarning O’zbekistondagi vakolatxonalarining vakilliri ham o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. YuNISEF tashkiloti vakili Reza Xosseyn, YuNESKO tashkiloti vakili Bari Layn, “Mersi Projekt” , “Opereyshn Mersi”, Kosta Rika davlatlari xalqaro vakillari shular jumlasidandir. “Ta’lim hamma uchun” Milliy dasturini joriy qilish bosqichlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy amaliy konferensiyada quyidagi vazifalar hal etildi: -“Ta’lim hamma uchun” umummilliy dasturining mohiyatini targ’ibot qilish; -Respublikada imkoniyati cheklangan bolalar inklyuziv ta’limini tashkil etish bo’yicha me’yoriy metodik hujjatlarni ishlab chiqish; -imkoniyati cheklangan bolalarni erta tashxis qilishning zamonaviy uslublarni muhokama qilish; -psixologo-tibbiy-pedagogik komissiya, Tashxis markazlari, psixologik xizmat faoliyati samaradorligini oshirish; -sog’liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy muxofaza vazarligi tashkilotlarining imkoniyati cheklangan bolalarni aniqlash hisobga olish, davalash, ijtimoiy himoyalash borasidagi faoliyatini jonlantirish; -imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim berish, ularni ijtimoiy himoyalash borasidagi davlat va nodavlat tashkilotlarning hamkorligini kuchaytirish; Download 133.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling