Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)


Inklyuzivta’limgda o’qtuvchiga qo’yiladigan talablar


Download 133.52 Kb.
bet40/77
Sana10.04.2023
Hajmi133.52 Kb.
#1348528
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77
Bog'liq
Inklyuziv talimni hammasi

Inklyuzivta’limgda o’qtuvchiga qo’yiladigan talablar

O’qituvchi o’z fanini mukammal egallab olgan bo’lishi hamda o’z kasbini va bolalarni sevishi kerak.O’qituvchi g’ayrat bilan dars berib,o’quvchilarning aqliy kuchini uyg’otishi,ularning irodasini mustahkamlashi lozim.O’qituvchi o’z ustida muttasil ishlashi shart.Shundagina u o’quvchilarni bilim egallashda matonatli bo’lishga o’rgatadi va ularni o’z yo’llarida uchraydigan qiyinchiliklarni yenga oladigan qilib tarbiyalaydi.O’qituvchi qattiqqo’l va talabchan bo’lishi bilan birga,adolatli bo’lishi ham kerak,shundagina u o’quvchilar orasida obro’ qozonishi mumkin
O’qituvchilik kasbiga Komenskiy, Ushinskiy, Desterveg qarashlari
Komenskiy---O’qituvchilikni “Yer yuzidagi har qanday kasbdan ko’ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb” deb hisoblaydi.O’qituvchi sof vijdonli,ishchan sabotli,axloqli bo’lishi’o’z ishini sevishi, o’quvchilarga otalardek muomala qilishi,bilimga havas tug’dirishi, o’quvchilarni o’ziga ergashtira olishi birinchi vazifasidir.
Desterveg fikricha “Yomon o’qituvchi haqiqatni aytib bera qoladi,yaxshi o’qituvchi esa haqiqatni topishga o’rgatadi. ”O’qituvchi o’z faniga doir asarlarni bilishdan tashqari tarix va adabiyotni bilishi, pedagogika psixologiyaga doir asarlarni kuzatib borishi kerak
Ushinskiy “pedagog o’quvchilarga ta’siri shunday tarbiyaviy kuchga egadirki buni hech qanday ustav va dastur bilan,o’quv yurtini har qancha qulay tashkil etish bilan almashtirib bo’lmaydi

  1. Imkonyati cheklangan bolalargamaktab va sinf xonalarini moslashtrish

O‘zbekistonda oilaviy sharoitidan qat'i nazar, barcha bolalar davlat umumta'lim maktablariga qatnaydi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan. Faqat xohlovchilar o‘z yonidan pul to‘lab xususiy maktablarda o‘qishi mumkin. Lekin imkoniyati cheklangan bolalarning boshqa sog‘lom bolalar bilan teng sharoitda o‘qiyotgani haqida maqtanib bo‘lmaydi. Bu borada muammolar ko‘p. 2020 yil 13 oktyabrda qabul qilingan «Alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarorida bu boradagi asosiy muammolar sanalgan:

  • alohida ta'lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ayrim ta'lim muassasalarida ular uchun to‘siqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan;

  • alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta'lim muassasalari zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitishga mo‘ljallangan uskuna va jihozlar bilan to‘liq ta'minlanmagan;

  • alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv ta'lim tizimining mazmun-mohiyati haqida jamoatchilik o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish yo‘lga qo‘yilmagani natijasida ota-onalar alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan farzandlarini umumta'lim muassasalarida o‘qitishi mumkinligi haqida yetarli ma'lumotga ega emas;

  • alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta'limga jalb qilish bilan bog‘liq muammolarni hal etish masalalariga mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan yetarli e'tibor qaratilmayapti;

  • pedagogika yo‘nalishidagi OTMlar o‘quv dasturlariga inklyuziv ta'lim berish metodikasiga oid fanlar kiritilmagan;

  • pedagogika va metodika fanlariga oid darsliklarda inklyuziv ta'lim dasturlari kiritilmagani, shuningdek, bo‘lajak pedagoglarning alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar jalb qilingan ta'lim muassasalarida amaliyot o‘tamayotgani ularning kasbiy tayyorgarlik sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.


  1. Download 133.52 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling