Insoniy munosabatlar lisoniy tahlil obekti sifatida


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana04.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1163787
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-сон 2021 йил Хакимов Х. 88

Хорижий филология №2, 2021 йил 
 
90 
Qurbonbibi Xalfa eshonning oilasiga 
xos muhit va munosabatlarni juda jo‗n sodda 
tilda, barchaga tushunarli so‗zlar bilan 
ta‘riflaydi: ―Katta odam, uyat bo‗ladi. Bir 
yaxshi xotinlari, bir otincha qizlari borki... 
O‗zlarini bo‗lsa, o‗zingiz bilasiz, ...‖. ―Katta 
odam‖ so‗zi hurmatli, obro‗- e‘tiborli insonni 
nazarda tutmoqda. ―Otin‖ so‗zi arxaik so‗z 
hisoblanib, 
eski 
maktablarda 
qizlar 
o‗qituvchisi, din va shariat bilimdoni sifatida 
tushunilgan. ―Otincha‖ so‗zi esa o‗sha otinlar 
qo‗lida tahsil oladigan yosh qizlarga nisbatan 
qo‗llanilgan 
[1,155b.]. 
Qurbonbibining 
so‗zlari juda sodda bo‗lsada, ―-Bo‗lmasa, 
―yo‗q‖, deng. Saltanatxonga javob beray, 
ketsin! Azonda kelgan edi‖, – degan so‗zlari 
undagi o‗zbek ayollariga xos bo‗lgan 
qa‘tiyatni ko‗rsatadi. Bundan tashqari ushbu 
parchada 
o‗zbek 
onalariga 
xos 
farzandparvarlik tuyg‗usi ham anglashiladi. 
Asarda Qurbonbibidan tashqari, onalik motivi 
xos bo‗lgan yetakchi personajlar talaygina. 
Ular sirasiga Saltining onasi – Umrinisabibi – 
O‗lmasjonning onasi – Xadichaxon – 
Sultonxonning onasi – Miryoqubning xotini 
[5, 337 b.] kabilarni kiritish mumkin. Bu 
qahramonlarning 
asarda 
turli 
xarakteri, 
badiiy-estetik pozitsiyasi va o‗z dunyosi bor. 
Biroq ularning barchasi umr bo‗yi farzandi 
uchun yashaydi, ularning xoxishlarini qo‗ldan 
kelguncha bajarishga intiladi, ular uchun 
qayg‗uradi, kuyunadi va kerak bo‗lsa 
fidokorlik 
ko‗rsatadi. 
Bu 
esa 
ularni 
farzandparvarlik tuyg‗usi atrofida birlashtirib 
turadi. 
Hech bir millatda uchramaydigan 
faqatgina o‗zbek ayollariga xos bo‗lgan 
xususiyatlardan 
yana 
biri 
bu 
ularning 
kundoshlari bilan bir uyda ahil va bir-biriga 
xushmuomala 
bo‗lib 
yashashidir. 
Bu 
maqomdagi 
personajlar 
munosabati 
nasrimizda ilk marta A. Cho‗lpon tomonidan 
tasvirlanadi. 
Buni 
biz 
Xadichaxon 
va 
Poshshaxon o‗rtasidagi suhbatda kuzatamiz: 
“- Ha, eringiz shaharda qolib ketdi. 
Bilmadim, yana bitta-yarimtaga ko„ngli 
tushdimikin? 
- Nazarlari qursin u kishining! Hadeb 
tusha berar ekan-da... 
- Siz-biz “tushmasin” deganimiz bilan 
tushmay qolarmidi? Xudo o„zi tushadigan 
qilib yaratgan ekan-da. 
- Xudovandi karim bu erkaklarni 
muncha yaxshi ko„rar ekan, a... 
-O„zimizdan 
qiyos-da... Oramizda 
erkakni yaxshi ko„rmaydigan kim bor?.. 
Nondan oling! Qiyomga qarab o„tirsangiz-
chi...”[2, 50 b.]. 
―Kundosh‖ so‗zi eskirgan so‗zlardan 
biri bo‗lib, bir er nikohidagi bir necha xotinga 
nisbatan qo‗llaniladi [1, 431 b.]. Kundoshlik 
munosabati islom diniga mansub davlatlar 
uchun, 
jumladan, 
XX 
asr 
boshlarida 
O‗zbekistonda ham, tabiiy hol hisoblangan. 
Suhbatdan anglashiladiki, kundoshlar bir-
birlarini juda yaxshi tushunadilar. Garchi bir 
birlarini yoqtirmasada, ko‗nglidan o‗tayotgan 
kechinmalarni sir saqlab, bir-birlariga iliq 
munosatda bo‗ladilar. Bir dasturxon atrofida 
o‗tirib, 
bir-biriga 
mehmondo‗stlik 
ko‗rsatadilar.
―Kecha va Kunduz‖ romanida xalq va 
jamiyat hayotida muhim ahamiyatga molik 
bo‗lgan barcha ziddiyatlar, adibning bor 
orzulari 
ifodalangan. 
Unda 
mehnatkash 
xalqning, xususan, xotin-qizlarning og‗ir 
kulfatu, mashaqqatlarga to‗liq hayoti jonli 
voqealar, yorqin obrazlar vositasida ta‘sirli va 
ishonarli tasvirlangan. Asardagi asosiy ijobiy 
qahramonlardan biri bo‗lgan go‗zal va 
xushovoz, sodda va huquqsiz Zebi timsoli 
fikrimizni dalillaydi [7, 170 b.]. Muallif Zebi 
taqdirida, Razzoq so‗fi va Qurbonbibi 
taqdirida butun bir xalqning davrga xos 
fojeali hayotini yaqqol ko‗rsatib beradi [4, 
411 b.]. A. Cho‗lpon asarning boshidan 
oxirigacha Zebi xarakteridagi samimiyatni, 
ochiqlikni 
eng 
muhim 
belgi 
sifatida 
ko‗rsatadi. Zebida o‗zbek ayollariga xos 
sifatlar jamlangan bo‗lib, u poklik, tozalik, 
go‗zallik va navqironlik timsoli hisoblanadi. 
Uning 
ko‗nglida 
atrofidagilarga, 
dugonalariga, 
bahorga, 
hamma-hamma 
narsaga muhabbat bor. U hali hayotning 
achchiq-chuchugini 
ko‗rmagan. 
Uning 
murg‗ak qalbi dunyoda razolat va qabihlik
yomonlik va yovuzlik borligini sig‗dira 
olmaydi. Bunga biz asarda Zebi va uning 
dugonasi Salti o‗rtasidagi munosabatlarda 
guvoh bo‗lamiz: 



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling