Iqtisodiy bilim asoslari


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

9- MAVZU
MARKETING 
1. Yuqoridagi rasmlarda keltirilgan tovarlardan birini tanlang. Uni 
ishlab chiqarayotgan firma bu tovarni bozorda sotish uchun qanday 
tadbirlarni amalga oshirishi lozim, deb o‘ylaysiz?
2. Bu tadbirlarning qaysi biri tovarni ishlab chiqarishdan oldin, qaysi 
biri keyin o‘tkazilishi lozim?
3. Bu tovarni qanday reklama qilgan bo‘lar edingiz?
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Marketing
– bozor sharoitida iste’molchilar ehtiyojini aniqlash 
va uni qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat.
Marketolog 
– marketing faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, maxsus 
bilimga ega bo‘lgan mutaxassis.
Firmaning butun ishlab chiqarish faoliyati marketing tadqiqotlariga 
tayangan holda tashkil qilinishi kerak. Marketing tadqiqotidan ko‘zlangan 
maqsad firma oldida turgan nima ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish, 
qanday narxda sotish, kim uchun ishlab chiqarish, qaysi bozorga yetkazish 
va sotish lozim degan savollarga javob topishdir. Marketing tadqiqotlari
asosan, to‘rt: mahsulotni (bozorni) o‘rganish, narxlash, reklama qilish, 
bozorda o‘rnashish bosqichlariga bo‘linadi.
http:eduportal.uz


42
Mahsulotni o‘rganish bosqichida
 
iste’molchilarning qanday va qaysi 
tovarlarni sotib olishga xohishi borligi aniqlanadi, bozor o‘rganiladi, 
anketa so‘rovlari, og‘zaki savol-javoblar kabi tadqiqotlar o‘tkaziladi, 
iste’molchilar ehtiyojini qondiradigan tovarlarni ishlab chiqarish rejalash-
tiriladi va rivojlantiriladi. 
Narxlash bosqichida tovarning narxi belgilanadi. Tovarning narxi 
shunday belgilanishi kerakki, ya’ni iste’molchilarning uni sotib olishga 
qurbi yetsin. Shu bilan birga, tovarni ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi 
firma ham ma’lum miqdorda foyda olsin. 
Reklama bosqichida firma va tovar haqidagi ma’lumotlarni axborot 
vositalari va turli tadbirlar orqali iste’molchilarga yetkazish amalga 
oshiriladi. To‘g‘ri berilgan reklama tadbiri tovarning sotuv hajmini 
keskin oshirishi mumkin. Firma, tovar va tadbirlar haqidagi rang-barang 
ma’lumotlar radio, televideniye, internet va boshqa aloqa tarmoqlari, 
gazeta va jurnallar, ko‘chalarda o‘rnatilgan ustun va bino devorlaridagi 
lavhalar, e’lonlar, plakatlar orqali iste’molchilar e’tiboriga havola 
etiladi. Tovarning nisbatan arzon narxi, bejirim qadoqlanganligi va tovar 
yorlig‘idagi yozuvlar ham o‘ziga xos reklama hisoblanadi.
Tovarni reklama qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar:

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling