Iqtisodiy xavfsizlik


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana27.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1726132
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Корхона-иқт.хавф-1

Savollar:
1. Bu holda globallashuv va integratsiya qanday jarayonlar tasvirlangan?
2. Globallashuv va integratsiya jarayonlari Evropa Ittifoqi va Liviya 
iqtisodiyotlarining o'zaro ta'sirini qanday tushuntiring.
3. Xalqaro sanoat kooperatsiyasi Evropaning iqtisodiy siyosatiga qanday ta'sir 
qiladi?
4. Liviya iqtisodiyotiga sarmoyalarning Evropa Ittifoqi mamlakatlari uchun 
ahamiyati nimada?
5. Globallashuv jarayonlari jahon iqtisodiy munosabatlarini tartibga 
solishning yangi mexanizmlarini shakllantirishga qanday ta'sir qiladi?
Keys: Hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun kurash 
Maqsad: olgan bilimlarni amaliy vaziyatda foydalanish 
Keys bilan ishlash bosqichlari
- talabalarni ish matni bilan tanishtirish;
- ishlarni tahlil qilish;
- ish muhokamasini, muhokamani, taqdimotni tashkil etish;
- munozara ishtirokchilarining bahosi;
- munozara natijalarini sarhisob qilish.
Topshiriqni bajarish: guruh bilan ishlashga mo’ljallangan, amaliy mashg'ulot 
darsida
Bajarish muddati: 30 daqiq
Kirish. 
“Mafkuraviy 
jarayonlarning 
umumbashariy 
va 
mintaqaviy 
ko‘rinishlari” mavzusi “Milliy istiqlol g‘oyasi” fanidan muammoli vaziyatlarni hal 
etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotda Keysga asoslangan o‘qitish texnologiyasi 
asosida ishlab chiqilgan.
XX 
asr so‘ngida ro‘y bergan ulkan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, ikki qutbli 
dunyoning barham topishi natijasida nisbiy muvozanatning buzilishi jahonning 
mafkuraviy manzarasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Inson qalbi va ongini egallash 
uchun kurash xilma-xil 
g‘oyalar bilan qurollangan, turli manbalardan 
oziqlanadigan mafkuralarning asosiy maqsadiga aylanmoqda.
Bugungi kunda odamzod ma’lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning 
manfaatlarigagina xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan, turli 
ma’nomazmundagi mafkuraviy kuchlarning ta’sirini doimiy sezib yashamoqda.


Hozirgi zamonda inson ongi va qalbini egallashga qaratilgan harakatlar 
haqidagi bilimlarni o‘quvchilar ongiga singdirish, muammoli vaziyatlarni hal etish 
bo‘yicha amaliy mashg‘ulotda Keysga asoslangan o‘qitish texnologiyasining 
asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu texnologiya amaliy vaziyatlarni hal etish 
jarayonida o‘rganilgan o‘quv mavzusi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashga, 
muammolarni tahlil qilish va qirralarni yakka tartib yoki guruhlarda qabul qilish 
ko‘nikmalarini egallashga, ijodiy va o‘rganish qobiliyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq 
va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda qarorlarni 
mustaqil qabul qilishga va o‘z-o‘zini nazorat qilishga yordam beradi.
Ushbu keys - o‘quvchilarni Markaziy Osiyoda ro‘y berayotgan mafkuraviy 
jarayonlar haqida mustaqil fikrlash, erkin tafakkurni shakllantirish asosida yovuz 
g‘oyalarga qarshi javob bera olish, “O‘zbekiston - yagona Vatan” degan 
tushunchani shakllantirish bilan birga jamiyat taraqqiyotida uchraydigan to‘siqlarni 
engishga imkon yaratadi. Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun 
mavzu bo‘yicha o‘quvchilar dunyoning mafkuraviy manzarasi va globallashuv 
jarayonlari haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur.
Keys-stadidagi asosiy muammo dunyo mafkuralari o‘rtasida bo‘layotgan 
axborot jangi vamafkuraviy immunitetni kuchaytirish - yoshlar ongini zararli 
g‘oyalardan himoya qilish omili.
Vatanimizning butun kuch-qudrati, yaratuvchilik iste’dodi yurtimizni yanada 
ravnaq toptirish, tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, shu muborak zaminda 
yashayotgan barcha insonlar uchun farovon hayot poydevorini yaratishga 
qaratilgan. SHu bilan birga, bugungi tajovuzkor millatchilik, shovinizm, 
neofashizm, irqchilik va diniy ekstremizm kabi zararli mafkuralar taraqqiyotga 
moslashib, yangi shakllarda bosh ko‘tarmoqda. Masalan, qo‘shni davlat 
Afg‘oniston hududida uya qurib olgan diniy ekstremistik kuchlar bunga misol 
bo‘la oladi.
Diniy ekstremizm dinni niqob qilib olib, zo‘ravonlik asosida konstitutsion 
tuzumga tajovuz qiluvchi, uni o‘zgartirishga urinuvchi jinoyatkor hatti-harakatdir. 
U bugungi kunda ko‘plab mintaqa va mamlakatlarda uchrab turibdi. Hozirgi 
davrda mafkuraviy jarayonlar o‘ziga xos qator xususiyatlar kasb etmoqda. Bunda 
mafkuraviy 
jarayonlarning, 
bir 
tomonidan, 
demokratiyalashuvi, 
insonparvarlashuvi, ya’ni fikrlar xilmaxilligi va rang-barang siyosiy kuchlarning 
tolerantligi namoyon bo‘lmoqda. Ikkinchi tomondan mafkuraviy jarayonlar 
siyosiylashish, inson va jamiyat hayotining barcha sohalariga umumiy ta ’sir 
ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lmoqda. Uchinchidan, mafkuraviy jarayonlarning 
milliy davlatlar chegarasida qolib ketmaslik, globallashuv, integrallashuv va 
differensiallashuv kabi xususiyatlari ko‘zga tashlanmoqda. Bugungi kunning 
mafkuraviy manzarasiga ijtimoiy jarayonlarning globallashuvi ham kuchli ta’sir 
ko‘rsatmoqda.. Bu hol axborot tarqatish tizimining, jumladan, internet 
tarmog‘ining butun er yuzini qamrab olishi bilan ham bog‘liqdir. Endilikda 
dunyoning bir burchagida qandaydir yangilik paydo bo‘lsa, u darhol mafkuraviy 
maqsadlarga bo‘ysundirilgan holda, butun jahonga tarqaladi.
Masalan, dunyoning biron-bir mintaqasida texnik sabab yoki tabiat hodisalari 
natijasida baxtsizlik sodir bo‘lsa, bir mafkuraviy markaz o‘ziga dushman bo‘lgan


boshqa markazni ayblashga tushadi. YA’ni “bu fojiada falon markazning qo‘li 
bor”, deb butun dunyoga jar soladi. Bu jarayonda qaysi markazning axborot 
tarqatish imkoniyati ko‘p bo‘lsa, odamlarga nima ta’sir etishini, ular nimaga 
muhtoj ekanini kim oldindan yaxshiroq bilsa, dastlab o‘sha kuch ularning qalbi va 
ongiga o‘z nuqtai nazarini singdiradi va axborot jangida engib chiqadi. Shuning 
uchun bugungi kunda dunyodagi turli kuch va markazlar o‘rtasida axborot jangi 
etakchi o‘ringa chiqmoqda. Aslida turli mafkuralar ba’zi odamlarning soddaligidan 
foydalanib, mana shunday kurashlar orqali siyosiy maqsadlarni ko‘zlaydi, ya’ni 
jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo‘lib olishga urinadi. Masalan, 
vahhobiylar sobiq ittifoq hududidagi musulmon xalqlarning mustabid tuzum 
davrida ancha vaqt diniy ma’rifatdan uzilib qolganidan foydalanib, dinni o‘rgatish 
bahonasida o‘zlarining zararli g‘oyalarini odamlarning qaldi va ongiga 
singdirmoqchi bo‘ldi. Bu hol bizning mintaqamizda, xususan, O‘zbekiston 
hududida ham ko‘zga tashlandi. Lekin o‘zining qadimiy an’analariga, mumtoz 
qadriyatlariga ajdodlarining boy merosi va ma’naviyatiga ega bo‘lgan xalqimiz 
bunday “da’vat”larga uchmadi, milliy va umumbashariy qadriyatlar, mustaqil 
taraqqiyotimiz tajribalari va bugungi sivilizatsiya yutuqlari asosida o‘z mafkurasini 
ishlab chiqishga kirishdi. Bunday xavf-xatarga qarshi turish uchun xalqimizda, 
avvalo, yosh avlod qalbida mafkuraviy immunitetni shakllantirish taqozo etiladi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling