Iqtisodiy xavfsizlik


-MAVZU: KORRUPSIYA - XUFYONA IQTISODIYOTNING


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/17
Sana27.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1726132
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Корхона-иқт.хавф-1

6-MAVZU: KORRUPSIYA - XUFYONA IQTISODIYOTNING 
ASOSIY KO‘RINISHI. XALQARO VA MILLIY IQTISODIY 
XAVFSIZLIK, UNING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI.
Keys “O’zbekistonning tashqi iqtisodiy xavfsizligi”
Maqsad: olgan bilimlarni amaliy vaziyatda foydalanish 
Keys bilan ishlash bosqichlari
- talabalarni ish matni bilan tanishtirish;
- ishlarni tahlil qilish;
- ish muhokamasini, muhokamani, taqdimotni tashkil etish;
- munozara ishtirokchilarining bahosi;
- munozara natijalarini sarhisob qilish.
Topshiriqni bajarish: guruh bilan ishlashga mo’ljallangan, amaliy mashg'ulot 
darsida
Bajarish muddati: 30 daqiqa 
Berilgan vaziyat
Tashqi iqtisodiy faoliyat iqtisodiyotning eng tez o’zgaruvchan qismi bo’lgani 
har bir davlatning erkin savdo siyosati doimiy ravishda unga moslashtirib 
borilishini taqozo qildi.
Iqtisodiyot nazariyasiga ko’ra, soliq yuki - bu umumlashtiruvchi ko’rsatkich 
bo’lib, soliq yig’imlari umumiy summasining yalpi milliy mahsulotga nisbati bilan 
aniqlanadi.
Amerikalik iqtisodchi A.Lafferning soliq yuki to’g’risidagi “egri chiziq” 
nazariyasining iqtisodiy mohiyati shundaki, unga ko’ra, soliq yukining pasayishi 
xususiy sektorning investitsiya faoliyatiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Soliqlar 
miqdorining oshishi xufiyona iqtisodiyotning o’sishiga olib keladi. Oqibatda 
olingan daromaddan byudjetga soliq tushumi kamayadi.
Ushbu mutaxassisning qayd etishicha, soliq yukining darajasi 30 foizgacha 
bo’lganda davlat byudjetining daromad qismi yaxshi (qulay) shakllanadi.
O’zbekistonda xufiyona iqtisodiyotning ko’lami YalMga nisbatan 40-50 foiz 
orasida o’zgarib turadi. Jahon banki ma'lumotlariga ko’ra, dunyoda xufiyona 
iqtisodiyotning o’rtacha darajasi 17,2 foizni tashkil qiladi. Ammo bu ko’rsatkich 
turli mamlakatlarda farq qiladi. Masalan, eng past ko’rsatkich Shveytsariyada 8,6 
foiz, Xitoyda 12,9 foiz, Rossiyada 43,6 foiz bo’lib, bu borada eng yuqori 
ko’rsatkich Boliviyada 66,4 foizni tashkil etadi.
Klassik nazariyachilar namoyandasi bo’lgan Adam Smitning fikricha, soliq 
yukining pasayishidan davlat ko’proq yutadi. Ya'ni soliq yuki pasayishi bilan 
xo’jalik sub'ektlarida ko’proq mablag’ qoladi, ularni ishlab chiqarishga, 
kengaytirishga sarflash asosida yanada ko’proq daromad olinadi va byudjetga 
qo’shimcha daromad tushadi.
Mamlakatimizda soliq yuki yildan yilga pasayib bormoqda, jumladan, sof 
soliq yuki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1991 yilda 45 foiz, 2000 yilda 40 foizni 
tashkil qilgan bo’lsa, 2014 yilga kelib 20 foizni tashkil qildi.


Ekspertlarning fikriga ko’ra, Prezidentimizning 2018 yil 29 iyundagi 
“O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi 
to’g’risida”gi farmoni qabul qilinishi natijasida mehnatga haq to’lash fondiga 
umumiy soliq yuki 2019 yilda 30 foizgacha pasayishi kutilmoqda.
So’nggi yillarda bojxona to’lovlari so?asida ham sezilarli o’zgarishlar amalga 
oshirilmoqda. Jumladan, 2017 yil 1 oktyabrdan boshlab qo’llanilishi belgilangan 
bojxona boji bo’yicha yangi stavkalar joriy etilishi natijasida bojning o’rtacha 
arifmetik hisobi amaldagi 16 dan 6,5 foizga yoki 2,5 barobarga pasaygan bo’ls a, 
aktsiz solig’iga tortiladigan 2 ming 700 ta tovar pozitsiyalaridan 1 ming 500 dan 
ortig’iga aktsiz soliq stavkasi “0” stavka miqdorida belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 apreldagi “O’zbekiston 
Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni talablaridan kelib chiqib, import bojxona 
boji hamda aktsiz soliq stavkalari yanada unifikatsiya qilindi.
Natijada joriy yil 1 yanvardan boshlab import tovarlar uchun bojxona bojining 
amaldagi stavkalari qariyb 1,5 barobarga kamaygan bo’lsa, aktsiz solig’iga 
tortiladigan jami 1 ming 530 ta tovar pozitsiyalaridan 778 tasiga aktsiz soliq 
stavkasi “0” stavka miqdorida belgilandi. Natijada 752 ta tovar pozitsiyalari 
bo’yicha 70 foizgacha bo’lgan stavkalar yanada qisqartirildi.
Shu bilan birga, mamlakatimizda mahalliy ishlab chiqarish uchun zarur 
xorijiy uskunalar va butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni olib kirish 
uchun qulay sharoit yaratish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatdosh yuqori sifatli 
tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rahbatlantirish maqsadida bojxona 
to’lovlaridan imtiyozlar berib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning dastlabki 8 oyida undirilan bojxona to’lovlari 9 
milliard 883,8 million so’mni tashkil etgan bo’lsa, tadbirkorlik sub'ektlariga 
bojxona to’lovlaridan berilgan imtiyozlar 39 milliard 504,6 millon so’mdan ortib 
ketdi.
Yuqorida soliq yuki to’g’risidagi fikrlarni hisobga olib shuni aytish 
mumkinki, mamlakatimizga import qilingan tovarlarga nisbatan soliq yuki 
undirilgan boj va soliqlarning jami import tovarlar qiymatiga nisbatini olish 
maqsadga muvofiq. Mazkur hoida asosida mamlakatimizda so’nggi 5 yildagi 
import hajmida soliq yukini tahlil etganimizda, haqiqatdan ham bojxona to’lovlari 
bo’yicha soliq yukining 2014 yilda 17,6 foizdan 2018 yilda 12,7 foizga (qariyb 1,4 
barobar) pasayishi bojxona to’lovlaridan tushumning 2014 yilda 5 714,0 milliard 
so’mdan 2018 yilda 11 487,9 milliard so’mga (yoki 2 barobar) ortishiga sabab 
bo’lgan.
Yuqoridagi tahlillar bojxona to’lovlaridan jami tushumning umumiy import 
hajmiga nisbati bo’yicha hisoblangan. Bu erda e'tibor haratishimiz lozim bo’lgan 
yana bir jihat shundaki, ba'zan ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida ayrim 
xomashyo tovarlari va texnologik asbob-uskunalarga bojxona to’lovlaridan 
imtiyozlar berilishi sababli bojxona to’lovlari tushumi pasaysa-da, mamlakat ichida 
ishlab chiqarish rivojlanishi va kengayishi natijasida ichki soliqlardan davlat 
byudjetiga tushumlar ortishi kuzatiladi.


Oxirgi ikki yilda mamlakatimizda barcha sohalar kabi soliq va bojxona 
sohasida ham tub islohotlar amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2019 yil 26 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasining soliq 
siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni soliq va 
bojxona sohasida olib borilayotgan islohotlarda navbatdagi qadam bo’ldi. Unga 
ko’ra, joriy yilning 1 oktyabridan qo’shilgan qiymat soliqi stavkasi (QQS) 
amaldagi 20 foizdan 15 foizga pasaytirildi.
Bugungi kunda bojxona to’lovlaridan davlat byudjetiga tushumlar tarkibida 
QQSning ulushi 70-75 foizni tashkil etayotganini hisobga olganda, ushbu o’zgarish 
tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarida ko’proq mablag’ qolishiga, bu orqali ishlab 
chiqarishni kengaytirish tufayli yanada ko’proq daromad olishiga imkon yaratdi. 
Albatta, bu sa'y-harakatlar orqali byudjetga qo’shimcha daromad tushib, tizim 
yanada rivojlanadi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling