Iqtisodiy xavfsizlik
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Корхона-иқт.хавф-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- USLUBIY QOLLANMA TO SH K EN T 2022
- E.Ergashev Amaliy m ashg‘ulotni tashkil etish boyicha uslubiy qollanm a institut o ’quv- uslubiy Kengashining 2022 yil d 9
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “IQTISODIY XAVFSIZLIK ” KAFEDRASI M.CH.MURODOVA “KORXONA IQTISODIY XAVFSIZLIGI” FANIDAN AMALIY MASHG'ULOTNI TASHKIL ETISH BOYICHA (vaziytli masalalar yechish shaklida) USLUBIY QO'LLANMA TO SH K EN T 2022 - M .Ch.M urodova “Korxona iqtisodiy xavfsizligi” fanidan amaliy m ashg‘ulotlarni o ’tkazish b o ’yicha uslubiy qo’llanma. - Т.: TMI, 2022 yil. T a q riz c h ila r: Asqarova M.T I.A.Bakiyeva. TDIU, “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish” kafedrasi mudiri, i.f.n,dotsent. TMI, “Iqtisodiyot” kafedrasi, prof.v.b. i.f.n., dotsent. “K orxona iqtisodiy xavfsizligi” fanidan amaliy m ashg‘uIotlami tashkil etish va ulami baholash bo’yicha uslubiy qo'llanm a kafedra (2022 yil dagi X -sonli) majlisida muhokama etilib, foydalanishga tavsiya etilgan. E.Ergashev Amaliy m ashg‘ulotni tashkil etish bo'yicha uslubiy qo'llanm a institut o ’quv- uslubiy Kengashining 2022 yil d 9 dagi i - s o n l i yig’ilishida ko ’rib chiqilgan va tasdiqlangan. O ’quv S.M ehmonov KIRISH Pandemiya sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirish milliy va mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlik alohida o’ringa ega bo’lib, uning holati turli ijtimoiy-iqtisodiy qarorlar qabul qilishda, hamda turli sohalarda iqtisodiy xavsizlik jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash majburiyatini oshiradi. Bizga ma’lumki, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash har bir davlat uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning dolzarbligi uning milliy va mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlik, barqarorlikni ta’minlash masalalari, jahon hamjamiyatining zamonaviy sharoitlarida asosiy tahdid va iqtisodiy tizimdagi har qanday o’zgarishlar turli xavf-xatar va tahdidlarning namoyon bo’lishi bilan birga kechadi. Shuning uchun milliy va mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, unda bo’ladigan tahdidlarning oldini olish masalasi yuzga keladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo’yicha mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan, o’z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to’g’ri aniqlab, taxlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassisllarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. Bu metodning nomi inglizcha “case-study” so’zlaridan olingan. Bunda “case” - yashik, quti, gilof, jild, “study” - o’rganish, tadqiq qilish, ilm bilan shug’ullanish, o’quv fani, saboq olish, o’qish ma’nolarini bildiradi. Bu metod haqida inglizcha aytiladigan “case - true life”, ya’ni “keys - haqiqiy hayot” iborasiga ko’ra keys - real hayotning «bir parchasidir». Shunga ko’ra bu metodni “amaliy holatlarni o’qitish metodi” deb ham ataladi. Keys-stadi metodi bo’yicha o’rganilayotgan har bir muammo yoki mavzu yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar rejasi, ularni bajarish tafsiloti, natijalar va xulosalar yig’indisi alohida keysni tashkil qiladi. Bu metod ta’lim jarayonida hayotiy vaziyatlardan foydalanishga qaratilgan. Bu esa, hozirgi kunlarda ta’lim sohasidagi dolzarb bo’lgan muammolardan hisoblanadi. Ushbu muammoni hal qilish imkonini berishi bu metodning alohida ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatib turibdi. Shu sababli G’arb mamlakatlaridagi ta’lim muassasalarida keys-stadi metodidan, ya’ni keyslardan foydalanish o’quv rejasining 25 % ini tashkil qiladi. Shu munosabat bilan ta’lim muassasalarida hayotiy vaziyatdan foydalanishning ahamiyati haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz. T a’lim jarayonida hayotiy vaziyatdan foydalanishning dolzarbligi: Keys-stadi ta’lim metodini turli holatlarni o’rganishda qo’llash - hayotdan olingan odatdagi vaziyatlarni o’rganishni tashkil etish yoki sun’iy yaratilgan vaziyatlarga asoslangan holda ta’lim oluvchilardan tegishli muammolarning maqsadga muvofiq yechimlarini izlashni talab qilishga qaratilgan ta’lim jarayonidan iborat. Bu metod ta’lim oluvchilarga mavzuga tegishli hayotiy vaziyatni tashxis qilish, farazlarni ifodalash, muammolarni aniqlash, qo’shimcha axborotlarni yig’ish, farazlarga aniqlik kiritish va muammolarni echish hamda ularni bajarishning aniq bosqichlarini loyihalash bo’yicha amaliy faoliyatlarini modellashtirish imkonini beradi. Muayyan hayotiy vaziyatlarga bag’ishlangan keyslardan foydalanish ta’lim jarayonini haqiqiy hayot bilan bog’laydi. Keysni ko’rib chiqishda ta’lim oluvchilar ta’lim olish jarayonini yaratadilar. Shu jarayondagi o’zaro harakatda ularning haqiqiy fikr almashish holatlari kelib chiqadi. Keys ta’lim oluvchilarga tahlil qilish, qiyoslash yo’llarini qidirish va muammoni echish erkinligini beradi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling