Iqtisodiy xavfsizlik


Keys “Shaxs iqtisodiy xavfsizligi'


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana27.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1726132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Корхона-иқт.хавф-1

Keys “Shaxs iqtisodiy xavfsizligi'
Maqsad: olgan bilimlarni amaliy vaziyatda foydalanish 
Keys bilan ishlash bosqichlari
- talabalarni ish matni bilan tanishtirish;
- ishlarni tahlil qilish;
- ish muhokamasini, muhokamani, taqdimotni tashkil etish;
- munozara ishtirokchilarining bahosi;
- munozara natijalarini sarhisob qilish.
Topshiriqni bajarish: guruh bilan ishlashga mo’ljallangan, amaliy mashg'ulot 
darsida
Bajarish muddati: 30 daqiqa 
Berilgan vaziyat
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi uning shaxsiy farovonligi, boyligi darajasidan, 
jamiyat va davlat miqyosida tutgan o’rnidan qat'iy nazar har bir inson hayot 
faoliyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi 
shaxsning ijtimoiy jihatdan rivojlanishi, kamol topishi va hayotiy manfaatlarining 
kafolatli himoyalanishini ta'minlaydigan holatidir. Shu boisdan shaxsning iqtisodiy 
xavfsizligi 
har 
bir 
inson 
uchun 
hayotda 
muvaffaqiyat, 
farovonlikka 
erishganligining hamda jamiyatda barqaror mavqega ega bo’lganligining muhim 
ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligining ob'ekti shaxsning o’zi, uning huquq va 
burchlari, ayniqsa, iqtisodiy sohadagi manfaatlari hisoblanadi.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligining sub'ektlari quyidagilar hisoblanadi:
- shaxs, ya'ni har bir insonning o’zi. Bunga sabab inson hayot faoliyatiga 
rahna, xavf soluvchi tahdidlarning asosiy qismi sub'ektiv tavsifga ega bo’lib, ularni 
shaxsning o’zi bartaraf etishi mumkin;
- jamiyat. Jamiyatning ijtimoiy institutlari shaxsning ba'zi huquqlarining davlat 
hokimiyati va boshqaruvi organlarining aralashuvisiz ham kafolatli amalga 
oshirilishini ta'minlash imkoniyatiga ega bo’ladi;
- davlat. Davlat o’zining har bir fuqarosini mamlakat hududida va undan 
tashqarida ham himoya qilishni kafolatlaydi.
Shaxs manfaatlari, xavfsizligiga tahdidlar ko’p qirrali bo’lib, ular eng umumiy 
tarzda quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- shaxsning o’z oldiga noto’g’ri maqsadlarni qo’yishi, uni belgilashda xatoga 
yo’l qo’yishi;
- boshqa, tashqi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar tahdidi;
- ichki ijtimoiy-iqtisodiy tizimda vujudga keladigan tahdidlar;
- tabiiy tavsifdagi tahdidlar.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligining tarkibiy elementlari (komponentlari) va ularga 
xavf soluvchi 
tahdidlarning 
birmuncha keng 
qamrovli 
klassifikatsiyasi
O.A.Stepicheva, V.V.Chernova, M.A.Kotelnikovalar tomonidan ishlab chiqilgan. 
Ular shaxsning iqtisodiy xavfsizligining oziq-ovqat va uy-joy bilan ta'minlanish, 
aholini takror ishlab chiqarish, huquqbuzarlik, sog’liqni saq’lash, ekologiya, 
mehnat munosabatlari, madaniyat va ta'lim, axborot bilan ta'minlanish, daromadlar


bo’yicha tabaqalanish va moliyaviy xavfsizlik sohalaridagi shakllarini hamda 
ularning har biriga xavf soluvchi tahdidlarni 
tavsiflaganlar. 
Masalan, 
mualliflarning fikricha, oziq-ovqat ta'minotidagi shaxsning iqtisodiy xavfsizligiga 
asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha iste'molning haqiqiy holatining me'riy 
miqdoriga mos kelmasligi hamda ocharchilik, ya'ni oziq-ovqatlarga aholining 
ko’pchilik qismining iqtisodiy jihatdan ega bo’la olmaslik tahdidlari mavjud. 
Aholini takror ishlab chi?arish jarayonlaridagi shaxsning iqtisodiy xavfsizligiga 
aholi umumiy sonining kamayishi, ular sonida boqimandalar, ishlab chiqarishda 
band bo’lmagan aholi ulushining ko’payishi, ajralishlar va abortlarning hamda 
alkogolizmga (ichkilikka) huruj qo’ygan aholi sonining ko’payishi tahdidlar 
hisoblanadi
Topshiriqni bajaring.
1. Quyida berilgan jadvalni tahlil qiling

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling