Iqtisodiy xavfsizlik


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana27.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1726132
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Корхона-иқт.хавф-1

Savollar:
1. Sizning fikringizcha ushbu maqolada muallif qanday muammoni ko‘tarib 
chiqqan?
2. Maqolada muammoni tasdiqlovchi qanday dalillar mavjud?
3. Vaziyatdagi beparvolik, loqaydlik tufayli vujudga kelgan salbiy illatlarni 
ajratib oling hamda ushbu muammoning kelib chiqish sababi nimada deb uylaysiz?
4. Muallif o‘z maqolasida muammoni oldini oldish yo‘llarini qanday bayon 
etgan?
5. Sizning fikringizcha ushbu muammoni qanday echish mumkin?
3-MAVZU: REAL SEKTOR MAMLAKAT IQTISODIY 
XAVFSIZLIGINING ASOSI. INVESTITSIYALARNING IQTISODIY
XAVFSIZLIKDAGI ROLI
Maqsad: olgan bilimlarni amaliy vaziyatda foydalanish


Keys bilan ishlash bosqichlari
- talabalarni ish matni bilan tanishtirish;
- ishlarni tahlil qilish;
- ish muhokamasini, muhokamani, taqdimotni tashkil etish;
- munozara ishtirokchilarining bahosi;
- munozara natijalarini sarhisob qilish.
Topshiriqni bajarish: guruh bilan ishlashga mo’ljallangan, amaliy mashg'ulot 
darsida
Bajarish muddati: 30 daqiqa 
Berilgan vaziyat
Subsidiya (lot. subsidium — yordam, nafaqa, qo‘llab-quvvatlash) — davlat 
byudjeti, mahalliy byudjetlar mablag‘lari yoki maxsus fondlardan jismoniy va 
yuridik shaxslarga, mahalliy organlarga, boshqa davlatlarga beriladigan pul 
mablag‘i yoki natural shaklidagi yordam. Mablag‘lar ko‘rinishidagi aniq manzilli 
subsidiyalar, bevosita subsidiyalar, soliq yoki boshqa imtiyozlarni joriy etish 
bilvosita subsidiya deb ataladi. Subsidiyalar davlat tomonidan qaytarib olmaslik 
sharti bilan ajratiladi. Subsidiyalar iqtisodiyotni diversifikatsiyalash (tarkiban 
o‘zgartirish), eksportimportni muvozanatlab turish, fantexnika yangiliklarini 
o‘zlashtirishni yo‘lga qo‘yish, milliy sanoatni o‘stirish, ayrim hududlarni 
rivojlantirish, konversiya va boshqa maqsadlarda ajratiladi. Jahon bozoridagi 
narxni ushlab turish uchun bozorga qo‘shimcha tovarlarni chiqarmaslik zarur 
bo‘lganda davlat o‘z tovarlarini zaxiraga o‘tkazib turgan firmalarga subsidiya 
berib, tovarlarni saqlab turish harajatlarini qoplaydi. Davlatning iqtisodiy 
dasturlarida ishtirok etadigan korxonalar ham subsidiyaoladi.
A davlat bir yilda 70 ta yengil sport samolyotini ishlab chiqaradi. Ulardan 20 
tasi ichki iste'molga, 50 tasi esa eksportga chiqariladi. Erkin savdo sharoitlarida 1 
ta samolyotning bahosi - 6000 doll. Hukumat tarmoqni rag‘batlantirish maqsadida 
har bir samolyotning qiymatidan 15% miqdorida subsidiya ajratadi. Natijada 
samolyotning ichki narxi 6450 doll.gacha oshdi, eksport narxi esa 5550 doll.ga 
kamayadi. Eksport hajmi 70 ta samolyotgacha o‘sdi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling