Islomiyat tarixidir


Millatning ma’naviy tarbiyasi barchamizning vazifamizdir


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/29
Sana23.05.2020
Hajmi0.97 Mb.
#109398
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Payg'ambarlar tarixi islomiyat tarixidir


1. Millatning ma’naviy tarbiyasi barchamizning vazifamizdir. Alloh taolo qissada bayon etishicha, zolim 
Fir’avn qavmining orasida, doimiy ravishda ulardan haqorat, zulm, zo‘ravonlik ko‘rib, ezilib, qo‘rqib kelgan bani 
Isroil qavmi erkin, farovon hayotdan uzoq, erkin fikr yuritish qobiliyatidan mahrum, axloqan tuban bo‘lishib, ular 
uchun yaxshilik bilan yomonlikning farqi qolmagan edi. Shuning uchun Alloh taolo bu qavmni qayta tarbiyalash 
uchun ularga Muso va Horun (a.s.)larni tarbiyachi payg‘ambar sifatida yubordi. Ularni o‘z haqqini taniydigan, 
qo‘rqmas, jasoratli, mard bo‘lish uchun Muso (a.s.) boshchiliklarida jihod qilib, «Muqaddas yerga» kirishga 
Alloh taolo amr etdi. Ammo qalbi vahima va qo‘rquv bilan limmo-lim to‘lgan, kimga bo‘lsa boshini egib, o‘zini 
hokisor tutib, itoat etishga o‘rganib qolgan qavm dushman bilan jang qilishga, ularga qarshi qurol ko‘tarib 
hujum qilishga yuragi dov bermadi va payg‘ambarga e’tiroz bildirishib: 
 اﻮُﺟُﺮْﺨَﻳ ْنِﺈَﻓ ﺎَﻬْﻨِﻣ اﻮُﺟُﺮْﺨَﻳ ﻰﱠﺘَﺣ ﺎَﻬَﻠُﺧْﺪَﻧ ْﻦَﻟ ﺎﱠﻧِإَو َﻦﻳِرﺎﱠﺒَﺟ ﺎًﻣْﻮَﻗ ﺎَﻬﻴِﻓ ﱠنِإ ﻰَﺳﻮُﻣ ﺎَﻳ اﻮُﻟﺎَﻗ
 َنﻮُﻠِﺧاَد ﺎﱠﻧِﺈَﻓ ﺎَﻬْﻨِﻣ
)
٢٢
(
 
Aytdilar: «Ey Muso! U yerda bahaybat (zolim) qavm bor. Ular u yerdan chiqmagunlaricha, biz u yerga 
sira kirmaymiz. Agar u yerdan chiqsalargina, biz kiruvchilardirmiz». (Moida, 22.)
 
 
«Jabbor bir qavm bilan biz jang qilmaymiz. Sen Robbing bilan borib jang qil», - deyishdi. 
Alloh taolo qavmning Baytul muqaddasga kirish uchun tayyor emasligini aytib, itoatsizlik qilganlari 
sababidan, ularning boshlaridan biroz issiq-sovuq, qiyinchilik o‘tkazib, bu qiyinchilik birinchidan ularning 
itoatsizlik qilganlari uchun jarima bo‘lsa, ikkinchidan ularni mustaqillikka o‘rgatish va bu mustaqillik ulug‘ ne’mat 
ekanligidan ogoh etishni iroda qildi va ularni qirq yil Tiyh vodiysida sargardonlikka duchor qildi: 
 َﻦﻴِﻘِﺳﺎَﻔْﻟا ِمْﻮَﻘْﻟا ﻰَﻠَﻋ َسْﺄَﺗ ﻼَﻓ ِضْرﻷا ﻲِﻓ َنﻮُﻬﻴِﺘَﻳ ًﺔَﻨَﺳ َﻦﻴِﻌَﺑْرَأ ْﻢِﻬْﻴَﻠَﻋ ٌﺔَﻣﱠﺮَﺤُﻣ ﺎَﻬﱠﻧِﺈَﻓ َلﺎَﻗ
)
٢٦
(
 
«Alloh dedi: «Albatta, u (Baytul muqaddas) endi ular uchun qirq yilga kirishi taqiqlangandir. Yer yuzi bo‘ylab 
sarsonlikda yuradilar. Sen (bu kabi) fosiqlar qavmi uchun qayg‘urma!» (Moida, 26.)
 
 
Alloh taolo  Bani Isroilni qirq yil Tiyh vodiysida sarson qildi, sinadi, osmondan bedana kabob va halvo 
tushirib ham sinadi, bulut bilan soya solib, issiqdan najot berib ham, o‘zi bilan muloqotga chaqirib, bevosita 
ovozini eshittirib ham sinadi, buzoqqa sig‘inganlarni bir-birlarini o‘ldirtirib ham sinadi, xullas bir joyda qo‘nim 
topmadilar, ko‘chib yurdilar, qasr-bog‘lar barpo qilolmadilar, ular uchun anhor va daryo to‘la suvlar yo‘q edi, 
ular uchun mevalari g‘arq pishgan bog‘lar yo‘q edi. Misrdan qochib chiqqan va Baytul muqaddasga kirish 
amrini buzgan kishilarning birortasi qolmadi, ularning barchasi hasratda sochilib ketdi, hatto payg‘ambarlari 
Horun (a.s.) ham, Muso (a.s.) ham Baytul muqaddas yo‘lini topolmasdan olamdan o‘tib ketdilar. Bu muqaddas 
shaharga kirish baxtini Alloh taolo yangi payg‘ambar Yusha’ ibn Nun (a.s.) boshchiliklaridagi bani Isroilning 
sargardonlikda dunyoga kelgan va ko‘paygan yangi avlodiga nasib etdi. Ular sargardonlikda dunyoga kelib, 
hayot kechirib, bir joyda qo‘nim topish, o‘zlariga mustaqil bo‘lish qanday baxt ekanligining qadriga yetadigan 

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
127
bo‘lganlari uchun Alloh ularga bu mustaqillikni berdi va bani Isroil uzoq muddat Baytul muqaddas va atroflarini 
yashnatib, obod qilishib, payg‘ambarlariga itoat va Allohga shukr qilishib yashay boshladilar. 
Alloh taolo o‘zbek xalqini ham yetmish yil sinovda tutdi, ajdodlarimiz bir necha marta qatag‘onga uchradi, 
qancha-qancha olimlarimiz, ziyolilarimiz, tadbirkorlarimiz, imon-e’tiqodli din peshvolarimiz qurbon bo‘ldilar. Ona 
yerimizning behisob boyliklari talon-taroj etildi. Bog‘lar kesildi, daryolar, ko‘llar va dengiz suvi quritildi. Ota-
bobolarimiz mustaqillik ne’matini orzu qilib, unga erisholmasdan, ko‘zlari bilan ko‘rolmasdan armon bilan 
olamdan o‘tib ketdilar. O’sha mash’um davrdan xalqimizga juda katta zarar – ma’naviy zarar meros bo‘lib 
qoldi. Xalq imon-e’tiqoddan uzoqlashdi. Halol-haromning chegarasi buzildi. Kishilar o‘rtasida mehr-oqibat 
yo‘qoldi, muruvvat qolmadi. Aroqxo‘rlik, fohishalik, qimorbozlik, o‘g‘irlik, sudxo‘rlik, poraxo‘rlik, zo‘ravonlik 
kuchaydi. Bu illatlarning barchasi xalqimiz uchun sinov edi. 
Alloh taolo mustaqillik ne’matini bergandan so‘ng, xalqimiz erkin nafas ola boshladi va istiqlol nashidasini 
sura boshladilar. Ammo o‘tmishdan qolgan sarqit va asoratlardan xalqimizni qutultirish, ko‘p asrlik ota-
bobolarining diniga, imoniga, axloqiga qaytarish uchun hali ko‘p ish qilinishi lozim bo‘ladi. 
«O’z istiqlol va taraqqiyot yo‘limiz, - deb yozgan edi I.A.Karimov mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq,  - bu gul 
bilan qoplangan yo‘l emas, totalitarizm merosidan xalos bo‘lish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan ziyon-
zaxmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo‘lidir». (I.Karimov. Asarlar. 1-jild, 359-bet.)
 
 
O’zbekiston prezidenti I. A. Karimov bu borada mustaqillikning dastlabki yillaridayoq jon kuydirib gapirgan 
va xalqning tarbiyasi uchun muhim bo‘lgan «ma’naviyat» masalasini ko‘ndalang qo‘ygan edi. Ma’naviyatni esa 
prezident shunday ta’riflagan: 
«Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki 
olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuchni 
tasavvur qilaman». (M.Inomnazarov. Milliy ma’naviyatimiz asoslari. TIU nashriyoti. Toshkent. 2001. 3-bet.)
 
 
Mustaqillikka erishganimizga o‘n yildan ortib ketdi. Bu davrda mamlakatimiz siyosiy jihatdan ham, iqtisodiy 
jihatdan ham juda katta muvaffaqiyatlarga erishdiki, ularni televidenie va radio orqali har kun kuzatib 
bormoqdamiz, takrorga hojat yo‘q. Ammo ma’naviy jihatdan hali juda orqadamiz. Ma’naviyatning ham ba’zi 
jihatlari, masalan ilmu fan, san’at, madaniyat va maorif masalalarida ancha ilgarilash bor. Ammo ta’lim-tarbiya, 
odob-axloq masalalarida anchagina kamchilik mavjud. Yoshlar orasida aroqxo‘rlar, buzuq yo‘llarga kiruvchilar, 
fohishalar, giyohvandlar, xiyonatchilar, guruhbozlar ko‘payib ketgan. Yoshlarning bu jihatlarini sozlashda 
asosan diniy tarbiyaga kuch berilishi kerak. Chunki, xalq orasida: «Xudodan qo‘rqmagandan qo‘rq!» - degan 
maqol bejiz aytilmagan. Insonni hamisha yaxshilikka chorlab turuvchi, hech kim «rahmat» demasa ham 
yaxshiligini davom ettirishiga turtki bo‘luvchi narsa bu uning imonidir, xudo albatta uning yaxshiligini mukofotsiz 
qoldirmasligiga chin qalbidan bo‘lgan ishonchidir. Bunday odam: «Yaxshilikni daryoga qil, daryo bilmasa baliq 
bilur, baliq bilmasa xoliq (yaratuvchi) bilur», -
 degan maqolga amal qiladi va ezgu ishida davom etadi. 
Yomonlikdan esa, birov uni uyaltirmasa yoki qo‘rqitmasa ham, o‘zining imoni unga: «Alqasosu minal haq 
(ekkaningni olasan!)» -
 deb tanbeh berib turadi va yomonlikdan, jinoyatdan saqlanadi. 
Shuning uchun, insonlar ma’naviyatini yuksaltirishda quyidagi takliflarni o‘rtaga tashlash mumkin: 
1. Xalq orasida diniy ta’lim-tarbiyani kuchaytirish lozim, buning uchun faqat masjidlarda qilinadigan 
ma’ruzalar kamlik qiladi, chunki masjidlarga kam odam yig‘iladi, keladiganlari ham o‘zining ozmi-ko‘pmi to‘g‘ri 
yo‘lini topib olganlar keladi. Har bir mahallada haftada bir marta faqat rasmiyatchilik uchungina emas, 
muntazam ravishda diniy suhbatlar, savol-javoblar kechasi uyushtirilishi kerak. 
2. Televidenie va radioda diniy ko‘rsatuvlar sonini ko‘paytirilishi va har xil ulamolar suhbatini uyushtirilishi, 
Din peshvolari bilan ochiq muloqotlar, savol-javoblar tashkil etilishi kerak. Mavzular ham rang-baranglashtirilib, 
hozirgi dolzarb mavzular – turli nopokliklarning zarari, ulardan saqlanish haqida ochiqroq gapirilishi lozim.  
3. Oliygohlarda, maxsus va o‘rta maktablarda dinimizning asosi bo‘lgan Qur’oni karim va Payg‘ambarimiz 
(s.a.v.)ning hadislari, ulardan chiqadigan hukmlarni o‘qitish muntazam rejaga kiritilishi kerak. Chunki, Qur’oni 
karim va Hadis ham diniy, ham dunyoviy ilmlar konidir. Butun olamga tatigilik kashfiyotlar va ilmiy meroslar 
qoldirgan hamyurt allomalarimizning ilmu fan taraqqiyotidagi xizmatlarida, yuksak ma’naviyatimizning 
yulduzlariga aylanishlarida Qur’on va Hadis qo‘shqanot bo‘lganligi sir emasdir. 
4. Televidenieda ko‘rsatilayotgan, yoshlarning ma’naviy tarbiyasiga salbiy ta’sir o‘tkazadigan film va 
seriallarni, ichkilikbozlikni, kashandalikni targ‘ibot qiluvchi reklamalarni to‘xtatish kerak.  
5. Shaharning serqatnov ko‘chalariga o‘rnatilgan, kashandalikni targ‘ib etuvchi reklama lavhalari o‘rniga 
yurtimiz erishgan muvaffaqiyatlarni ko‘rsatuvchi, shahrimiz jamolini ko‘z-ko‘z qiluvchi rasmlar qo‘yilsa, ular 
ma’naviy tarbiya uchun xizmat qilardi. 
2. Har kim ekkanini o‘radi. Alloh taolo Muso (a.s.) qissalarida va boshqa o‘tgan payg‘ambarlarning 
qissalarida ham zulmkorlarga qanday muomala qilganini bayon etadi. Zulmkorga bildirmasdan qarshi zulm 
qilish ham zulmdir. Shuning uchun Alloh taolo zolim emas, hech kimga bildirmasdan, tasodifan  jazo 
yubormaydi. Ko‘rib o‘tganimizdek, avval payg‘ambarlari orqali ogohlantiradi, tavba va imon keltirishlariga, 

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
128
zulmdan voz kechishlariga imkon beradi. Zulm va tajovuzlari Allohga qarshi bo‘lganidan keyingina, Alloh ularni 
jazolaydi. Bunday misollarni o‘tgan payg‘ambarlar: Nuh, Hud, Solih, Shu’ayb, Lut va boshqalar misolida ko‘rib 
o‘tdik. Agar qavmlar Allohning ogohlantirish imkoniyatidan foydalansalar, qilmishlariga tavba etsalar va 
zulmdan qo‘l tortsalar, Alloh taolo ularning tavbasini qabul qiladi va jazodan najot beradi. Bunday voqe’ani 
Yunus (a.s.)ning qavmlari misolida ko‘rib o‘tdik. 
Qur’oni karim bizlarga ana shu o‘tmish payg‘ambarlar haqida qissa qilib berar ekan, ulardan ibrat olishga, 
zulm va tajovuzdan qochishga, har bir amalni Alloh roziligi yo‘lida qilishga da’vat etadi: 
 ﱠﺪَﺷَأ ْﻢُه اﻮُﻧﺎَآ ْﻢِﻬِﻠْﺒَﻗ ْﻦِﻣ اﻮُﻧﺎَآ َﻦﻳِﺬﱠﻟا ُﺔَﺒِﻗﺎَﻋ َنﺎَآ َﻒْﻴَآ اوُﺮُﻈْﻨَﻴَﻓ ِضْرﻷا ﻲِﻓ اوُﺮﻴِﺴَﻳ ْﻢَﻟَوَأ
ﻷا ﻲِﻓ اًرﺎَﺛﺁَو ًةﱠﻮُﻗ ْﻢُﻬْﻨِﻣ
 ٍقاَو ْﻦِﻣ ِﻪﱠﻠﻟا َﻦِﻣ ْﻢُﻬَﻟ َنﺎَآ ﺎَﻣَو ْﻢِﻬِﺑﻮُﻧُﺬِﺑ ُﻪﱠﻠﻟا ُﻢُهَﺬَﺧَﺄَﻓ ِضْر
)
٢١
(
 
«Axir, ular yer yuzida sayr qilishib, o‘zlaridan avval o‘tgan, (imonsiz ketgan) kimsalarning oqibatlari 
qanday bo‘lganini ko‘rsalar bo‘lmaydimi?!»... Bas, Alloh ularni gunohlari sababli ushladi va ular uchun 
Allohdan o‘zga biror saqlovchi bo‘lmadi». (G’ofir, 21.)
 
  
Alloh taolo Muhammad(s.a.v.)ning ummatlariga ham hidoyat yo‘lini ochiq-oydin ko‘rsatib qo‘ygan. Ularni 
toqatidan ortiq biror amal va ibodatga zo‘rlamaydi: 
َﻓ
 ُﻩَﺮَﻳ اًﺮْﻴَﺧ ٍةﱠرَذ َلﺎَﻘْﺜِﻣ ْﻞَﻤْﻌَﻳ ْﻦَﻤ
)
٧
(
 ُﻩَﺮَﻳ اًّﺮَﺷ ٍةﱠرَذ َلﺎَﻘْﺜِﻣ ْﻞَﻤْﻌَﻳ ْﻦَﻣَو
)
٨
(
 
«Bas, kimki dunyoda zarra miqdorida yaxshilik qilgan bo‘lsa, (Qiyomat kuni) uni ko‘radi. Kimki zarra 
miqdorida yomonlik qilgan bo‘lsa, uni ham ko‘radi» (Zalzala, 7-8.)
  
- deyishlik bilan yomonlikni oshkora 
ham, maxfiy ham qilmaslikni ta’kidlaydi. Alloh uchun maxfiy narsaning o‘zi yo‘q. U dildagini ham, qo‘ldagini 
ham aniq bilib turuvchidir. Undan kichkina narsani ham yashirib bo‘lmaydi: 
ﺎَﻬﱠﻧِإ ﱠﻲَﻨُﺑ ﺎَﻳ
 ﻲِﻓ ْوَأ ِتاَوﺎَﻤﱠﺴﻟا ﻲِﻓ ْوَأ ٍةَﺮْﺨَﺻ ﻲِﻓ ْﻦُﻜَﺘَﻓ ٍلَدْﺮَﺧ ْﻦِﻣ ٍﺔﱠﺒَﺣ َلﺎَﻘْﺜِﻣ ُﻚَﺗ ْنِإ 
 ٌﺮﻴِﺒَﺧ ٌﻒﻴِﻄَﻟ َﻪﱠﻠﻟا ﱠنِإ ُﻪﱠﻠﻟا ﺎَﻬِﺑ ِتْﺄَﻳ ِضْرﻷا
)
١٦
(
 
«(Luqmon dedi): «Ey o‘g‘ilcham, shubha yo‘qki, agar isiriq urug‘idek (yaxshi yoki yomon amal 
qilinadigan) bo‘lsa, bas,u(amal) biror xarsang tosh ichida yo osmonlarda yoki yer ostida bo‘lsa, o‘shani 
ham Alloh keltirur. Zero, Alloh latif va ogoh zotdir». (Luqmon, 16.)
 
  
Demak, har bir inson o‘z ishini bilib qilishi, yomonlik, kufr va zulmdan saqlanishi, amalini ham, niyatini ham 
sof qilishi zarur. Shundagina, u halokat va falokatdan amonda bo‘ladi. 
3. Shirin so‘z bilan ilon inidan chiqar. Muso (a.s.)ning qissalarida shirin so‘z bilan da’vat qilishga alohida 
e’tibor qaratilgan.  Chunki, Muso va Horun (a.s.)lar da’vat uchun borayotgan qavm ham, ularning boshlig‘i 
Fir’avn ham takabbur, buning ustiga zolim va jabbor kimsalardir. Dabdurustdan ularning g‘azabiga 
uchramaslik, maqsadlarini oxirigacha aytib olish, shu bilan birga zolim va jabborlardan farqli o‘laroq, o‘zlarining 
iymonli, hayoli va odobli ekanlarini namoyish etish uchun muloyimlik va shirinsuxanlik juda zarur edi. Shuning 
uchun Alloh taolo Muso va Horun (a.s.) larga shunday amr etdi: 
 ﻰَﻐَﻃ ُﻪﱠﻧِإ َنْﻮَﻋْﺮِﻓ ﻰَﻟِإ ﺎَﺒَهْذا
)
٤٣
(
َﻟ ﻻْﻮَﻗ ُﻪَﻟ ﻻﻮُﻘَﻓ
 ﻰَﺸْﺨَﻳ ْوَأ ُﺮﱠآَﺬَﺘَﻳ ُﻪﱠﻠَﻌَﻟ ﺎًﻨِّﻴ
)
٤٤
(
 
«Ikkingiz Fir’avnning oldiga boringiz, chunki u «Men-xudoman» deb haddidan oshdi. Bas, unga 
yumshoq so‘z so‘zlangiz! Shoyad, u eslatma olsa yoki (halok bo‘lishidan) qo‘rqsa!» (Toha, 43-44.)
 
 
Da’vatni muloyim qilish, barchaga barobar ochiq chehrali bo‘lish, kechirimlilik qilish payg‘ambarimiz 
(s.a.v.)ning ulug‘ sifatlari va fazilatlaridan edi. Alloh taolo U zotga ham ummatlarini «mav’izai hasana» bilan 
da’vat qilishga buyurgan edi: 
ِﺑ َﻚِّﺑَر ِﻞﻴِﺒَﺳ ﻰَﻟِإ ُعْدا
 ِﺔَﻨَﺴَﺤْﻟا ِﺔَﻈِﻋْﻮَﻤْﻟاَو ِﺔَﻤْﻜِﺤْﻟﺎ
 
«(Ey Muhammad), Rabbingizning yo‘li (dini)ga hikmat va chiroyli nasihat bilan da’vat qiling!». (Nahl, 
125.)
 
Musulmon kishi faqat dinga da’vat etayotganidagina emas, balki har qachon oilasi, qo‘shnilari, 
qarindoshlari, hamkasblari orasida shirin so‘z va ochiq chehrali bo‘lishi lozim. Axir, aytadilar-ku: 
Shirin so‘z bilan ilon inidan chiqar, 
Yomon so‘z bilan musulmon dinidan chiqar. 
4. Ilm talab qilishlik har bir musulmon erkak va ayolga farzdir. Qissada Muso (a.s.) Allohning g‘ayb 
ilmidan nasiba bergan bir solih odam bilan uchrashish uchun safar qilganlari, u odamni topganlaridan so‘ng, 
o‘zlari ulug‘ payg‘ambar bo‘lsalarda, unga: 

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
129
«Sizga bildirilgan bilimdan, menga ham to‘g‘ri yo‘lni ta’lim berishingiz uchun sizga ergashsam 
maylimi?» - deb yolvorib so‘raganlari va Alloh muyassar etganicha ilm olib qaytganlari haqida bayon etiladi.  
Alloh taolo insoniyatni yaratgan kundan boshlab, unga ilm tufayli fazl berdi. Shuning uchun barcha zamon 
va makonda yashagan barcha millatga ham Alloh taolo bilmaganini o‘rganish, bilganini boshqalarga 
o‘rgatishga buyurdi. Inson bir joyda qotib qolmasligi uchun o‘z ustida ishlashi, zamon bilan hamnafas bo‘lib, 
yangiliklardan ogoh bo‘lib turishi, imkoniyati bo‘lgan ilmni umrining oxirigacha ham o‘rganishi  lozim.  
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar: «Ilmni beshikdan to qabrgacha o‘rganing!». 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning hadislarida «ilm»  so‘zi dunyaviy ilmga ham, diniy ilmga ham barobar 
ishlatilgan. Xususan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning quyidagi: 
«Ilmni Xitoyga borib bo‘lsa ham o‘rganinglar!» 
«Ilm-hikmatni o‘rgan! Uning qanday idishdan chiqishi senga zarar qilmaydi», 
singari muborak so‘zlari 
ilmdan murod har ikki ilm ekanligini tasdiqlaydi. Ahli ilm bilan ilmsiz kishilarning Allohning huzurida barobar 
emasligi xususida ham Qur’oni karimda ko‘plab oyatlar mavjuddir. Bizlarga ibrat shuki, inson bor umrini 
bilmagan narsasini o‘rganishga sarf qilsin. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytganlaridek: «Ilm o‘rganuvchi yoki ilm 
o‘rgatuvchi bo‘l! Uchinchisi bo‘lmaginki, u go‘ngqo‘ng‘izdir!» 
4.4. ILYOS (A.S.)    
Ilyos (a.s.) Horun (a.s.)ning uchinchi avlod nabirala ridir. Nasab ulamolari Ilyos (a.s.)ning to‘liq nomlarini 
Ilyos an-Nashabiy ibn al-Ozor ibn al-Iyzor ibn Horun ibn Imron deb keltiradilar. Alloh taolo Ilyos (a.s.)ni 
Damashqning g‘arbida joylashgan Ba’labakka aholisiga payg‘ambar qilib yubordi. Ilyos (a.s.) qavmlarini 
Allohning yagonaligiga imon keltirish va muqaddas kitob – Tavrotga amal qilishga da’vat qilganlar. Ilyos (a.s.) 
da’vat qilgan qavm hozirgi kunda Isroilda yashayotgan yahudiylar edi. Bu qavm o‘sha paytda «Ba’l» ismli 
butga sig‘inishar edi. Ba’zi rivoyatlarda «Ba’l» ayol kishining ismi ekanligi aytiladi. (Ibn Kasir.Qisasul-anbiyo. 
Qohira. Dorul-manor. 345-bet.) 
Xalqning e’tiqodi buzilgan, axloqi juda tubanlashgan edi. Tavrotga amal qilishni 
unutgan, ko‘ngillariga nima kelsa tap tortmas edilar. Ular kechqurun Ba’l xotin buti yoniga sham yoqishni ulug‘ 
savob deb bilardilar. Alloh taolo o‘z kalomida aytadi: 
 َﻦﻴِﻠَﺳْﺮُﻤْﻟا َﻦِﻤَﻟ َسﺎَﻴْﻟِإ ﱠنِإَو
)
١٢٣
(
 َنﻮُﻘﱠﺘَﺗ ﻻَأ ِﻪِﻣْﻮَﻘِﻟ َلﺎَﻗ ْذِإ
)
١٢٤
(
 ﻼْﻌَﺑ َنﻮُﻋْﺪَﺗَأ
 َﻦﻴِﻘِﻟﺎَﺨْﻟا َﻦَﺴْﺣَأ َنوُرَﺬَﺗَو
)
١٢٥
(
 َﻦﻴِﻟﱠوﻷا ُﻢُﻜِﺋﺎَﺑﺁ ﱠبَرَو ْﻢُﻜﱠﺑَر َﻪﱠﻠﻟا
)
١٢٦
(
 ْﻢُﻬﱠﻧِﺈَﻓ ُﻩﻮُﺑﱠﺬَﻜَﻓ
 َنوُﺮَﻀْﺤُﻤَﻟ
)
١٢٧
(
 َﻦﻴِﺼَﻠْﺨُﻤْﻟا ِﻪﱠﻠﻟا َدﺎَﺒِﻋ ﻻِإ
)
١٢٨
(
 ﺎَﻨْآَﺮَﺗَو
 َﻦﻳِﺮِﺧﻵا ﻲِﻓ ِﻪْﻴَﻠَﻋ
)
١٢٩
(
 َﻦﻴِﺳﺎَﻳ ْلِإ ﻰَﻠَﻋ ٌمﻼَﺳ
)
١٣٠
(
 َﻦﻴِﻨِﺴْﺤُﻤْﻟا يِﺰْﺠَﻧ َﻚِﻟَﺬَآ ﺎﱠﻧِإ
)
١٣١
(
 ﺎَﻧِدﺎَﺒِﻋ ْﻦِﻣ ُﻪﱠﻧِإ
 َﻦﻴِﻨِﻣْﺆُﻤْﻟا
)
١٣٢
(
 
«Ilyos ham, albatta, payg‘ambarlardandir. Qaysiki, o‘z qavmiga degan edi: «(Allohdan) 
qo‘rqmaysizlarmi?! Sizlar yaratuvchilarning yaxshisini qo‘yib, Ba’l nomli butga sig‘inyapsizlarmi? 
Sizlarning Rabbingiz va avvalgi ota-bobolaringizning ham Rabbini qo‘yib-a?!»  Bas, (Ilyosni) 
yolg‘onchiga chiqardilar. Bas, albatta, ular (do‘zaxga) hozir qilinuvchilardir, illo, Allohning ixlosli 
bandalarigina  (hozir bo‘lmaslar). Biz keyingi avlodlar orasida u (Ilyos) haqida (go‘zal maqtovlar) 
qoldiraylik. Ilyosga Salom! Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz! Darhaqiqat, u 
Bizning mo‘min bandalarimizdandir». (Vas-soffot.123-132.)  
Ilyos (a.s.) yahudiylarga: «Ba’ldan voz keching. Yakkayu yagona Allohga sig‘ining, Unga ibodat qiling», - 
deb nasihat qildilar. Agar Ba’ldan voz kechmasalar, Allohga qaytmasalar qattiq azob bo‘lishini aytdilar. Lekin 
Alloh qalblarini muhrlab qo‘ygan qavm payg‘ambarlariga quloq solmadilar, uni o‘ldirmoqchi bo‘ldilar. 
Ilyos (a.s.) qavmlaridan qochib, tog‘dagi g‘orlarda umr o‘tkazdilar. 
Ka’bul ahborning rivoyat etishicha, Ilyos (a.s.) tog‘ ostidagi g‘orda o‘n yil istiqomat qildilar, rizqlarini qarg‘alar 
keltirardi. Alloh taolo o‘sha zamon podshohini halok etdi va uning o‘rniga solih odam podshoh bo‘ldi. Ilyos 
(a.s.) g‘ordan chiqib, qavm huzuriga  keldilar, podshohni da’vat etdilar. Podshoh va qavm islomni qabul qildi. 
Ammo qavmdan o‘n ming kishi islomni qabul etmagani uchun podshoh ularni qatl ettirdi. 
Ibn Abud-dunyoning rivoyatida, Ilyos (a.s.)ning g‘ordagi hayotlari faqat qirq kun bo‘lgani aytiladi. 
Vahb ibn Munabbah aytadi: «Ilyos (a.s.)ning qavmlari takzib qilib, u zotga ko‘p ozorlar yetkaza 
boshlaganidan keyin Alloh taolo Ilyos (a.s.)ni vafot ettirishni iroda qildi. Ilyos (a.s.)ning huzurlariga osmondan 
olov rangli bir hayvon tushdi. Unga mingan zahoti Ilyos (a.s.)da qanot paydo bo‘ldi, nurdan libos kiygizildi, uni 
taom va sharob lazzatidan xalos qilindi, Ilyos (a.s.)da ham farishtalik, ham insonlik, ham osmoniylik, ham yerlik 
xususiyati paydo bo‘ldi. Payg‘ambarlikni al-Yasa’ ibn Axtubga vasiyat qilib, o‘zlari osmonga chiqib ketdilar.» 

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
130
Abu Bakr al-Bayhaqiy rivoyat etishicha, Anas ibn Molik (r.a.) dedilar: «Biz Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan safarga 
chiqqan edik. Bir joyda dam olish uchun to‘xtadik. Shu payt, vodiydan bir odamning: «Allohim, meni o‘zing gunohini 
kechirgan, rahmat qilib ummatga yuborgan payg‘ambaring Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridan qilgin!» - degan nidosi 
eshitildi. Men vodiyga chiqib, ovoz kelgan tarafga bordim. Ro‘paramda bo‘yi uch yuz gaz (Bir gaz yetmish sm ga teng)
 
(taxminan ikki yuz ellik metr) keladigan bahaybat odam o‘tirar edi. U menga: «Sen kimsan?» - deb savol qildi. Men: «Anas 
ibn Molik, Alloh Rasulining xodimiman» - deb javob qaytardim. «U qaerda?» - deb so‘radi. Men  Rasululloh (s.a.v.)ga 
ishora qildim. U dedi: «Unga mendan salom aytgin va deginki: «Sizga birodaringiz Ilyos salom yubordi». Men Rasululloh 
(s.a.v.)ning huzurlariga qaytib kelib, Ilyosning xabarini berdim. Rasululloh (s.a.v.) Ilyosning oldiga keldilar va ikkovlari 
uchrashib, bir-birovlari bilan quchoqlashib ko‘rishdilar. Keyin yonma-yon o‘tirib suhbatlashdilar. Ilyos dedilar: «Ey 
Allohning rasuli, men bir yilda faqat bir marta taom yeyman. Bugun mening taom yeydigan kunim, siz bilan iftor qilaman». 
Shu payt osmondan dasturxon tushdi. Unda non va pishirilgan baliq bor edi. Ikkovlari tanovul qildilar, menga ham 
taomdan berdilar, keyin birga asr namozini o‘qidik. Keyin ikkovlari xayrlashdilar va osmondan bir bulut tushib, Ilyos (a.s.)ni 
olib chiqib ketdi». (Ushbu hadis to‘qilgan hadis bo‘lib, Ibn Al-Javziy uni “Mavzu’ot”da keltirgan.)
 
 
Ushbu hadisni an-Naysoburiy «Mustadrak»ida Imom Buxoriy va Imom Muslimdan deb keltirgan. Holbuki, bu 
hadis to‘qilgan, yolg‘on hadisdir. Qolaversa, uning mazmuni sahih hadisga munosib kelmaydi, balki zid keladi. 
Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda, janob Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Alloh taolo Odam 
(a.s.)ni oltmish gaz qilib yaratgan. Shundan buyon uning zurriyoti to hozirgacha kichrayib borishda davom 
etmoqda.» 
Mazkur hadisda: «Ilyosning yoniga Muhammad (s.a.v.) keldilar» - deyilgan. Xolbuki, bu haqiqatga mos 
kelmaydi, Chunki Ilyos (a.s.) oxirgi zamon payg‘ambari huzuriga borishlari lozim edi. 
Hadisda, Ilyos (a.s.)ning bir yilda bir marta ovqat yeyishlari aytilgan, holbuki, Vahb ibn Munabbah rivoyat qilgan avvalgi 
hadisda: «Ilyos (a.s.)dan yeyish-ichish lazzati olib qo‘yildi» - deyilgan yoki yana bir hadisda, Xizr va Ilyos bir yilda bir bor 
zam-zam suviga qonib olishlari aytilgan. Xulosa shuki, Ilyos (a.s.) haqlarida aytilgan yuqoridagi hadislarning barchasi bir-
biriga muxolif, botil, yolg‘on, to‘qilgan hadislardir. (Ibn  Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. Dorul-manor. 346-347-bet.) 
Xizr (a.s.) kabi Ilyos (a.s.)ning haqlarida ham isroiliy rivoyatlar juda ko‘p to‘qilgan. Yuqorida keltirganimiz, 
Xizr (a.s.) va Ilyos (a.s.)ning Baytul muqaddasda uchrashib, Ramazon ro‘zasini birga tutishlari, ikkovlari birga 
Makkaga hajga borishlari, zam-zam suvidan bir yilga kifoya qiladigan darajada qonib ichishlari, har yili 
Arafotda uchrashishlari va shunga o‘xshash rivoyatlarning hammasi isroiliy – to‘qilgan rivoyatlardir.  
Ammo Abu Bakr ibn Abud-dunyo shunday bir hadisni keltirganki, unday xolatning sodir bo‘lishiga aql bovar 
qiladi, odam ishonadi. Chunki, bunday holat ko‘p odamlarda sodir bo‘ladi, o‘sha holatga tushgan odamlar: 
«Men Xizrni ko‘rgan bo‘lsam kerak, Ilyosni ko‘rgan bo‘lsam kerak, shunday gumon qildim» - deydilar. Quyidagi 
rivoyatda ham shunga o‘xshash voqea bayon etiladi:  
«Sobit aytadilar: «Biz Mus’ab ibn Umayr (r.a.) bilan birga «Savodul Kufa»da edik. Men bir devorning 
orqasiga o‘tib, namoz boshladim. Namozning rakatlariga zam sura qilib, «G’ofir» surasining boshidan qiroat 
qildim: 
 ﻢﺣ
)
١
(
 ِﻢﻴِﻠَﻌْﻟا ِﺰﻳِﺰَﻌْﻟا ِﻪﱠﻠﻟا َﻦِﻣ ِبﺎَﺘِﻜْﻟا ُﻞﻳِﺰْﻨَﺗ
)
٢
(
 ِبﺎَﻘِﻌْﻟا ِﺪﻳِﺪَﺷ ِبْﻮﱠﺘﻟا ِﻞِﺑﺎَﻗَو ِﺐْﻧﱠﺬﻟا ِﺮِﻓﺎَﻏ
 ُﺮﻴِﺼَﻤْﻟا ِﻪْﻴَﻟِإ َﻮُه ﻻِإ َﻪَﻟِإ ﻻ ِلْﻮﱠﻄﻟا يِذ
)
٣
(
 
«Ha, mim. (Ushbu Qur’on) qudratli va bilimli Alloh (tomonidan) nozil qilingan Kitobdir. U gunohni 
mag‘firat qiluvchi, tavbani qabul qiluvchi, azobi qattiq va ehson egasidir. Undan o‘zga iloh yo‘q. 
Qaytishlik faqat Uning O’zigadir». (G’ofir, 1-3.)
 
  
Mening orqamga xachirga mingan, ustiga yamaniy libos tashlagan bir odam kelib, men «U gunohni 
mag‘firat qiluvchi» deganimda, u: «Ayt!: «Ey gunohlarni kechiruvchi, mening gunohimni kechir!» - dedi. Men: 
«tavbani qabul qiluvchi» - deganimda, u: «Ayt!: «Ey tavbalarni qabul qiluvchi, mening tavbamni qabul et!» - 
dedi. Men: «azobi qattiq» - deganimda, u: «Ayt!: «Ey azobi qattiq, meni azoblamagin!» - dedi. Men: «ehson 
egasi» - deganimda, u: «Ayt!: «Ey ehson egasi, menga rahmatingdan ehson et!» - dedi. Men namozni tugatib, 
orqamga qarasam, haligi odam yo‘q edi. Men devor orqasidan chiqib, tashqaridagi odamlardan: «Xachir 
mingan, yamaniy libosga o‘rangan odamni ko‘rdingizlarmi?» - deb so‘radim. Ular hech kimni ko‘rmaganlarini 
aytishdi. Keyin: «Bu bizga ko‘rinmay, senga ko‘rinib, Allohdan tilak so‘rashni o‘rgatgan kishi Ilyos (a.s.) 
bo‘lsalar kerak» - deyishdi. 
Ilyos (a.s.) ketganlaridan keyin Alloh ularning yeriga yomg‘ir yog‘dirmadi, qattiq issiq bo‘ldi, qavm ochlikdan 
o‘la boshladi. Odamlar o‘limtiklarni yeyishga ham majbur bo‘lishdi. So‘ngra bu baloning sababi Ilyos (a.s.)ga 
ishonmaganliklari ekanligi ma’lum bo‘ldi va  Ilyos (a.s.)ni qidirib topishib, unga tavba qildilar. Alloh taolo 
duolarini ijobat qildi va ulardan baloni ko‘tardi. 
Yahudiylar balodan qutulgan va farovonlikka erishganlaridan keyin avvalgi holatlarini unutdilar, bergan 
so‘zlaridan qaytdilar va kofir bo‘ldilar. 

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
131
Ilyos (a.s.) ularga nasihat qilaverib charchadilar, o‘rnilariga amakivachchalari Alyasa’ni qoldirib, o‘zlari 
tanholikka chekindilar. 
4.5. ALYASA’ (A.S.) 
Alyasa’ (a.s.) ham yahudiylarning tarbiyasi va islohi uchun ko‘p urindilar. Alyasa’ning nasablari haqida Ibn 
Ishoq: «Alyasa’ ibn Axtub edi» - deydi. 
Ibn Asokir esa o‘zining «Tarix»ida: «Alyasa’ bu Al-Asbot ibn Adiy ibn Shutlam ibn Afroim ibn Yusuf ibn 
Ya’qub ibn Ishoq ibn Ibrohim al-Xalildir» - deydi. 
Ba’zi olimlar: «Alyasa’ Ilyos (a.s.)ning amakivachchalari edi. Ba’labakka podshohidan tog‘da yashirinib 
yurgan paytlarida hamroh bo‘lganlar. Ilyos qavmga qaytganlarida Alyasa’ ham birga kelganlar. Ilyos (a.s.) 
osmonga ko‘tarilib ketganlaridan so‘ng, Alyasa’ o‘rinlariga payg‘ambar bo‘lib qoldilar» - deyishadi. 
Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi: 
 َﻦﻴِﺤِﻟﺎﱠﺼﻟا َﻦِﻣ ﱞﻞُآ َسﺎَﻴْﻟِإَو ﻰَﺴﻴِﻋَو ﻰَﻴْﺤَﻳَو ﺎﱠﻳِﺮَآَزَو
)
٨٥
(
 َﺲُﻧﻮُﻳَو َﻊَﺴَﻴْﻟاَو َﻞﻴِﻋﺎَﻤْﺳِإَو
 َﻦﻴِﻤَﻟﺎَﻌْﻟا ﻰَﻠَﻋ ﺎَﻨْﻠﱠﻀَﻓ ﻼُآَو ﺎًﻃﻮُﻟَو
)
٨٦
(
 
       «Zakariyo, Yahyo, Iyso va Ilyosni ham hidoyat qildik. Barchalari solih bandalardandir. Ismoil, Alyasa’, Yunus 
va Lutni ham hidoyat qildik va barchalarini butun olamlardan afzal qildik». (An’om, 85-86.)
 
 
َو ِﻞْﻔِﻜْﻟا اَذَو َﻊَﺴَﻴْﻟاَو َﻞﻴِﻋﺎَﻤْﺳِإ ْﺮُآْذاَو
 ِرﺎَﻴْﺧﻷا َﻦِﻣ ﱞﻞُآ
)
٤٨
(
 
«Yana Ismoil, Alyasa’ va Zul Kiflni eslang! Barchalari yaxshi kishilardandir». (Sod,  48.)
 
  
Adashgan qavm to‘g‘ri yo‘lni tan olmadi. Alyasa’ (a.s.)ning mo‘‘jizalariga ishonmadi, aksincha isyon qilib, 
inkor yo‘lini tutishdi. Natijada, ularga Alloh taolo zolim bir qavmni yuborib, Bani Isroil yana xorlikka tushdi. 
Ilyos (a.s.) va Alyasa’ (a.s.)ning boshqa payg‘ambarlar kabi hidoyatga erishganlari va solihlardan 
bo‘lganliklari Allohning nazdida maqbul insonlar ekanligini bildiradi.     
 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling