Jumaqul Amonov 1905-1973


Download 304.5 Kb.
bet27/28
Sana17.06.2023
Hajmi304.5 Kb.
#1522619
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Искандари Дарбандий давоми

Iskandar Mirzo
Afsonai dil”, “Qatraboron”


Odamizot hamchun mehmon meoyadu meravad, ma’rifatash ba misoli sohibxona memonad
XXX.
Tashnagoni adolat hargiz ser naxohand shud, to dame ki odamizod nachot yobad az duro’g’.
XXX
Dar asari betag’oi, g’ussa xo’rda man qalamro tag’o guftam, to dar nabardi zindagi pushtu panohi man shavad.
XXX
Modaron ishqro ato kunad, dilbaron ishqro ado kunad.
XXX
Faqat Oftob shohidi omadani raftani most, harchand ba kase harfe namego’yad.
XXX
Qabriston ham andar masal mamlakati buzurgest, ammo na shoh dorad, na gado.
XXX
Bo aqli digaron kor tavon kard, vale bo poyi dagron nametavon raft.
XXX
Ba rostivu pokii man se nafar shahodat dihad: yake modar, digar oftob, seyum suxan.
XXX
Bo sadoi odamizod zeb dorad in chahon, varna oftob siyah po’shad dar motami zamini gung.
XXX
Modar raftu moro ba xudo supurd, dilbar omad, moro ba obu havo supurd.
XXX
Hech dare chun darvozai suxan boz naboshad, xech umre chun umri suxan daroz naboshad.
XXX
Zindagi nonavishta kitob dorad, neku badi in chahon hisob dorad.
XXX
Ey oshiqoni xushgil, az hama pesh xonai chashmro g’orat kuned, xonai dil xudbaxud vayron meshavad.
XXX
Ba ma’nii in nukta hech namerasam: odamon posboni Zaminand, yo Zamin xostgori odamon.
XXX
Oftob ham dar masal oshiqi shaydo budaast, ro’yu mo’yi qullahoro bo’saboron mekunad.
XXX
Har lahza dar xonai dil Darbandake mesozam, bar xoru xasash chumla chahon mebozam.

Darbandiylar yodnomasi” kitobi hoshiyasida


Yer yuzining ko’p joylarida “yopiq eshik” ma’nosidagi Darband nomini uchratish mumkin. Rossiya Federatsiyasi janubidagi Dog’iston respublikasidagi shahar, Eron poytaxti – Tehron shahri Sa’dobod parki shimolidagi tuman, Kirmon va Luriston viloyatlaridagi shaharlar, Gelon viloyatidagi arxeologik bir makon, Tojikiston Respublikasi Nurobod tumani markazi nomi ham Darband. Shervonning shimolida va hozirgi Dog’iston janubida joylashgan Darband shahri xonlik poytaxti bo’lgan. Shervonshohlar sulolasi uchunchi avlodini darbandiylar deb atashgan ekan.


Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan Darband qishlog’i ham tarixiy makonlardan biridir. Qadimda imperiyalar va mamlakatlar chegaralari tutashgan joylarni Darband deb atashgan ekan. Darband qishlog’ining geografik joylashuvi, topilgan tarixiy ashyolar, safarnomalarda Darband Temir darvozasi haqida ham yozilgani bu fikrni isbotlaydi. Afsuski, Darband tarixi hartomonlama o’rganilmagan. Faqat fidoyi pedagog – Palvon Shoimov imkonlari yetgan darajada material tӯplab, “Darband – qadimiy makon” nomli kitobni nashr qilganlar. Qadimda Darband temirchilik, kulolchilik rivojlangan va bir nechta qӯrg’onlari bor shahar bӯlgan. Bu hudud tarixini o’rganish uchun nashr etilgan bir kitobda berilgan ma’lumotlar kamlik qiladi, albatta. Hatto Darband devorlari kushoniylar davlati davrida qurilgan degan fikrlar ham bor. Shuning ӯz o’tmishi haqida to’liqroq tasavvurga ega bo’lishni xohlaydigan yoshlarga yangi tadqiqot ishlarini taqdim etish zarurligi yaqqol nazarga tashlanmoqda.
Darbandiylarning obro’yli farzandlaridan biri Rahmatullo Tag’oev say-harakatlari bilan nashrga tayyorlanayotgan “Darbandiylar yodnomasi” kitobi bu qishloq ahlining yaqin o’tmishini o’rganishda muhim manba bo’lishi shubhasizdir. Kitobni nashrga tayyorlash ishida taniqli shoir, yozuvchi, tarjimon va xalq ichidan chiqqan, tirik entsiklopediya sifatini olgan Iskandar Mirzoning ham xizmatlari beqiyos. Umrini yashab o’tgan darbandiylarni yodga olish uchun yozilgan minglab sahifalarni o’qib chiqish, tahrirqilish, nashrga tayyorlar metin iroda, sabr va fidokorlikni talab etadi.
Biz globallashuv va shiddatli texnologik taraqqiyot davrida yashayapmiz. Bu davr ijobiy tomonlari bilan birga salbiy jihatlarga ham ega. Bu davrda o’z ona tili, milliy madaniyati, o’tmishi va o’z qadriyatlarini unutgan kishilar manqurt yo zombiga aylanib qolishlari hech gap emas. Ajdodlari meros qilib qoldirgan qadriyatlarni ko’z qorachig’idek asragan , uni eslab turgan, qadriga yetgan xalqlar o’z farzandlarini munosib tarbiyalash va ularga mislsiz meros qoldirish imkoniga ega bo’ladilar.
Kitobda jannatmakon bu go’shaning notakror tabiati, mard va mehmondo’st xalqini vasf etganlar marhum darbandiy shoirlar va yozuvchilar – Izzatullo Kenjaev, Palvon Shoimov, mashhur satiranavis – Ahmadshoh Mahmadshoh, olim va madaniyat arbobi –Hasan Muhammadiev, darbandiylar lahjasini ilmiy jihatdan tadqiq qilgan X. Hamroqulov va boshqa ijodkorlar haqidagi ma’lumotlar hamo’rin olganligi ham e’tiborga molikdir.
Xayrli bir ishga qo’l urgan Rahmatullo Tag’oev va Iskandar Mirzoning kelgusidagi ishlariga omadlar tilab qolamiz.


Download 304.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling