Jurnalistika fakulteti


Tilshunosligimizda Grammatik kategoriyaning oʻrganilishi


Download 52.42 Kb.
bet3/11
Sana11.02.2023
Hajmi52.42 Kb.
#1188659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ergasheva Kumush. 318

1.2Tilshunosligimizda Grammatik kategoriyaning oʻrganilishi

Grammatik kategoriyalar tilshunosligimizda keng miqyosda olimlarimiz


tomonidan o‘rganilgan. Xususan, R. Sayfullayeva, N. Mahmudov, A. Nurmonov, Sh. Shoabdurahmonov, M. Asqarova, D. Lutfullayeva, A. G‘ulomov, H. Jamolxonov, B. Mengliyev, kabi olimlarimiz tomonidan
o‘rganilgan. Ularning xulosalararidan kelib chiqqan holda o‘zbek tilshunosligida
grammatik kategoriyalarning tasnifi va tasnifi bilan yaqindan tanishib chiqamiz. Grammatik kategoriyalar umumiy hodisa sifatida xususiy hodisalarda mavjud
bo‘ladi, xususiy hodisalar umumlashmasi asosida yuzaga keladi. O‘zbek
tilshunosligida grammatik kategoriyalarning qanday vositalar va usullar bilan
ifodalanishi tadqiq etilgan. Lug‘aviy ma’no ifodalash xususiyati faqatgina
mustaqil so‘z turkumlariga xos bo‘lib, boshqa so‘zlar bunday xususiyatga ega
bo‘lmaydi: gul – o‘simlik nomi, yaxshi –belgi-xususiyat, ikki –miqdor, sekin –
holat, bormoq –harakat ma’nolari. So‘zlarni turkumlarga birlashtiruvchi asosiy
xususiyatlardan biri ularning grammatik ma’nolaridir. Grammatik ma’no –
so‘zlarning turkumga oidlikdan kelib chiqadigan ma’nosi hisoblanadi. Grammatik ma’no ifodalash xususiyati barcha so‘zlarga xos bo‘lib, bunday
ma’no bir turkumga oid so zlarda umumiy bo‘ladi va ularning asosiy
birlashtiruvchi belgisi sanaladi. Grammatik ma’no, asosan, ma’lum Grammatik
shakllar orqali ifodalanadi. Masalan, otlarda ko‘plik ma’nosini -lar affiksi, fe’llarda bo‘lishsizlik ma’nosini -ma affiksi ifodalaydi. So‘zlar asos holatida ham
grammatik ma’no ifodalashi mumkin. Bunday holatda grammatik ma’no nol
shakl orqali ifodalangan bo‘ladi. Masalan, otlarda birlik shakli – kitob, fe’llarda
bo‘lishlilik – bor kabi. Grammatik kategoriya tushunchasi haqida professor A. Hojiyev grammatik kategoriya haqida shunday deydi: Grammatik kategoriya –
asosida yotuvchi ma’nosiga ko‘ra birlashuvchi formalar sistemasi.1―Grammatik
kategoriyaning odatda ikki turi farqlanadi:
1) morfologik kategoriya; 2) sintaktik
kategoriya. Grammatik ma’no va grammatik shaklning birikuvidan vujudga kelgan umumiy tushunchalarni ifodalovchi tildagi xususiyatlar grammatik
kategoriya deb yuritiladi.11
, deya izoh beriladi. A. Abduazizovning “Tilshunoslik
nazariyasiga kirish” nomli kitobida Kategoriya tushunchasi (grekcha kategoria)
narsalarga tegishli xususiyatlar ma’nosini ifodalaydi. Grammatik kategoriya bir
yo‘la grammatik ma’no va grammatik shaklni qamrab oluvchi tushuncha bo‘lib, turli tillarda o‘z xususiyatlari bilan farq qiladi. Grammatik kategoriyaga bir-biriga
qiyosan olinadigan ikki va undan ortiq grammatik ma’no va grammatik shaklning
birligi deb ta’rif berish mumkin. Grammatik kategoriya loaqal ikkita grammatik
ma’noni o‘z ichiga oladi. Masalan, otlarga tegishli birlik va ko‘plik shakllarini
qiyoslash mumkin. Bitta grammatik ma’no hech vaqt grammatik kategoriyaga
ega bo‘la olmaydi.12 Bundan tashqari grammatik kategoriyaga bir qancha tilshunoslar tomonidan ta’riflar berilgan.
Masalan: M. Mirzayev, S. Usmonov, I. Rasulovlarning “O’zbek tili” darsligida grammatik kategoriyaga quyidagicha ta’rif berilgan. “Bir sistemani tashkil qiluvchi grammatik hodisalarning yig‘indisi grammatik kategoriya deyiladi [2.75.]. So‘zlarning so‘z turkumlariga gruppalanishi, shuningdek, har bir so‘z turkumining xarakteri bir xil bo‘lgan grammatik formalar tizimi – grammatik son egalik, kelishik, mayl, zamon, nisbat va boshqalar – grammatik kategoriyalardir.
Masalan: kitob, kitobning, kitobni, kitobga, kitobda, kitobdan formalari bir kategoriya’ni, ya’ni kelishik kategoriyasini tashkil qiladi. Chunki ularning hammasi otning fe’lga (ba’zan boshqa otga) tobeligini ifodalaydi”.
Fe’lning o‘qidi, o‘qiydi, o‘qimoqda formalari, boshqa ma’nolaridan tashqari, harakatning nutq so‘zlanib turgan vaqtiga munosabatini ifodalaydi. Shuning uchun ular umumiy ravishda fe’lning zamon kategoriyasi deyiladi.
U. Tursunov, J. Muxtorov, Sh. Rahmatullayevlarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kitobida grammatik kategoriya to‘g‘risida aytilgan fikrlarni ko‘rishimiz mumkin. “O’zaro bir – biriga zid qo‘yilgan va qiyosan olingan grammatik ma’nolar tizimi va ularga xos ifoda vositalari – grammatik shakllar sistemasi grammatik kategoriya deyiladi.[3.245.] Grammatik kategoriyalar umumiy hodisa sifatida xususiy hodisalarda mavjud bo‘ladi, xususiy hodisalar umumlashmasi asosida yuzaga
keladi”. Demak, son kategoriyasi birlik va ko‘plik ma’nolarini ifodalovchi shakllar tizimidan, egalik kategoriyasi birinchi shaxs – so‘zlovchi, ikkinsi shaxs – tinglovchi, uchinchi shaxs – o‘zgalar va shularning miqdori ma’nolarini ifodalovchi shakllar sistemasidan iborat. kategoriyalarda tilning o‘ziga xos xususiyati ochiq namoyon bo‘ladi. Masalan: rus tili (ayrim boshqa tillar uchun) xos grammatik jins kategoriyasi turkiy tillarda, jumladan, o‘zbek tilida yo‘q; rus tilida sifatlarga kelishik kategoriyasi xos, o‘zbek tilida sifat, odatda, turlanmaydi.
Ikki va undan ortiq tillarni qiyoslashda tipologik kategoriyalardan foydalanamiz. Tipologik kategoriya tipologik ma’no va tipologik formalar bilan ifoda etiladi.
Tipologik ma’no tipologik kategoriya’ning mazmun planini tashkil qiladi. Tipologik ma’no bu morfologik, leksik va sintaktik birliklarning o‘zaro munosabati natijasida hosil qilingan umumiy abstrakt lingvistik ma’nodir. Tipologik ma’no turli yarusli bo‘lib, uni ifoda etishda tilning turli yaruslari bevosita ishtirok etadi. U ikki yoki undan ortiq tillar sistemasi asosida tuziladi. Tipologik ma’no grammatik va leksik ma’nolarni o‘z ichiga oladi va o‘rganilayotgan tillar sistemalari uchun
umumiy ma’no hisoblanadi. Tipologik forma tipologik ma’noni ifodalovchi qiyoslanayotgan tillarning turli yarus birliklaridir. Tipologik formaning invarmatlari turlicha bo‘lib, ular morfologik, leksik va sintaktik birliklar bilan ifodalanadi. Tipologik formani ifodalovchi vositalar morfologik yarusda segment va suppasegment morfemalardan, leksik yarusda so‘z yasovchi affikslardan, va mustaqil leksik birikmalardan, sintaktik yarusda esa so‘z birikmalari va gaplardan tashkil topadi. Tipologik formaning an’anaviy grammatik formadan farqi shundaki, grammatik forma faqat morfologik yarus birligi bilan chegaralanib qo‘yiladi. Tipologik formani shartli ravishda “forma” deb ataymiz. Chunki sintaktik yarusda u forma emas, balki butun bir konstruksiyadir. Tipologik forma kanstituyentlari bir – biri bilan turli distrubutiv aloqada bo‘ladi.
Bu formalarning belgilanishi turli tillarda turli xil bo‘ladi. Ba’zi tillarda ularning morfologik markeri yoki dominantasi (belgilovchi element), boshqa tillarda esa sintaktik dominantasi yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Ingliz va o‘zbek tillarida namuna sifatida quyidagi tipologik kategoriyalarni ko‘rsatish mumkin.[4.128.]
1. Tipologik ko‘plik yoki plurallik kategoriyasi;
2. Tipologik rod kategoriyasi;
3. Zamon yoki temporallik kategoriyasi;
4. Modallik kategoriyasi;
5. Nisbat yoki nisbatlik kategoriyasi;
6. Aspektuallik kategoriyasi;
7. Komparativlik yoki qiyoslash kategoriyasi;
8. Aniqlik yoki noaniqlik kategoriyasi va boshqalar.
Nechta tipologik kategoriya borligi hozirgacha to‘la aniqlangani yo‘q, ammo nazariy va amaliy grammatikalarda berilishicha: Shunday qilib, grammatik kategoriyaga R. Sayfullayeva, B. Mengliyev [2009] “Hozirgi o‘zbek
adabiy tili” nomli darsligida quyidagicha ta’rif berilgan. Bir umumiy grammatik ma’no ostida birlashuvchi, shu asosda bir – birini taqazo va bu umumiy ma’noning parchalanishi asosida inkor qiluvchi shakllar tizilish grammatik kategoriyasi deyiladi.[1.165.]

_____________________________


11Hojiyev A. “Lingvistik terminlarning izohli lug`ati”. Toshkent. 1985. 78b.
12 A. Abduazizov. “Tilshunoslik nazariyasiga kirish”-T.: “Sharq” , 2010. 165-b



Download 52.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling