K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Download 1.67 Mb.
bet73/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Lizing to‘lovi - lizing shartnomasining muhim elementi bo‘lib, lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchiga to‘lanadigan qarz summasini bildiradi. Moliyaviy lizingda lizing to‘lovi o‘z ichiga lizing ob’ektining qiymati va lizing beruvchining foydasi summalarini oladi. Operativ lizingda lizing to‘lovi lizing beruvchining shartnomada ko‘rsatilgan foyda summasidan iborat bo‘ladi. Lizing beruvchi oladigan foyda summasi lizing ob’ekti bo‘yicha hisoblanadigan amortizatsiya harajatlari, ta’mirlash harajatlari, mol-mulk solig‘i harajatlari, shuningdek lizing summasidan olinadigan QQS summalarini to‘liq qoplashi, shuningdek unga ma’lum darajada sof daromad keltirish talabiga javob berishi lozim.
Moliyaviy lizing hisobi.


Lizing oluvchida. Lizing oluvchi moliyaviy lizing bo‘yicha quyidagilarni hisobini yuritadi:
1.Lizing ob’ektini lizing shartnomasida ko‘rsatilgan qiymatda balansga qabul kiladi
Debet 0310 « Lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar»
Kredit 7910 «To‘lanadigan uzoq muddatli lizing»
2.Yil oxirida to‘lanadigan lizing majburiyatini uzoq muddatli qismdan joriy qismini joriy majburiyatlarga o‘tkazadi ( har yili )
Debet 7910 «To‘lanadigan uzoq muddatli lizing»
Kredit 6910 « To‘lanadigan lizing»


3.Joriy yil uchun lizing foizi to‘lovini hisoblaydi:
Debet 9690 « Moliyaviy faoliyat buyicha boshka harajatlar»
Kredit 6920 « To‘lanadigan foizlar»
5.Lizing majburiyatining joriy kismi va foiz to‘lovini to‘lanishini hisobga oladi:
Debet 6910 «To‘lanadigan lizing», 6920 «To‘lanadigan foizlar»
Kredit 5110 « Hisob-kitob schyoti» yoki boshqa pul mablag‘lari schyotlari
6.Lizingga olingan mol-mulk bo‘yicha amortizatsiya (eskirish ) summasini
hisoblaydi:
Debet 2010 «Asosiy ishlab chikarish», 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
2510 «Umumishlab chiqarish harajatlari», 9410 «Sotish
harajatlari , 9420 «Boshqaruv harajatlari»
Kredit 0299 « Lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar eskirishi»
7.Lizing muddati tugagach, lizing mulkini asosiy vositalarga olinishini hisobga oladi:

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling