Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat arxiv uz


Download 213.33 Kb.
bet2/5
Sana09.03.2023
Hajmi213.33 Kb.
#1255108
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat

-reaksiyaga kirishayotgan moddalarning kontsentratsiyasiga;
-haroratga;
-reaksiyaga kirishayotgan moddalarning tabiatiga (faollanish energiyasi);
-moddalarning maydalanish darajasiga (geterogen reaksiyalarda);
-har hil turdagi nurlanishlarga (rentgen nuri, quyosh nuri, ultrabinafsha va infraqizil nurlanishlar);
-katalizatorning ishtirokiga;
-bosimga (agar reaksiyada gazlar ishtirok etsa).
Demak, kimyoviy reaksiya tezligi shunchalik katta bo’ladi: agar aktivlanish energiyasi qanchalik kichik bo’lsa, kontsentratsiya, bosim, harorat qancha katta bo’lsa, hamda moddalar qanchalik maydalangan bo’lsa yoki katalizator hamda biron bir nurlanish ta’sir ettirilsa, kimyoviy reaksiya tezligi shunchalik katta bo’ladi.
Kimyoviy kinetikaning asosiy postulati, massalar ta’siri qonuni
Reaksiya tezligining kontsentratsiyaga bog’liqligi massalar ta’siri qonuni bilan ifodalanadi:
“O’zgarmas haroratda kimyoviy reaksiyalarning tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalar kontsentratsiyalarining ko’paytmasiga to’g’ri proportsionaldir”.
Masalan: A+B=C reaksiyasi uchun massalar ta’siri qonuni: υ=kCA·CB
Demak, tezlik doimiysi-K dastlabki moddalar kontsentratsiyalari birga teng bo’lgandagi reaksiya tezligidir. Shuning uchun K solishtirma tezlik deb ham ataladi. Tezlik doimiysi (K) reaksiyaga kirishayotgan moddalar kontsentratsiyalariga bog’liq emas, aksincha reaksiyaga kirishayotgan moddalar tabiatiga va reaksiyaning borish sharoitiga (t, p, kat) bog’liq bo’ladi. Berilgan sharoitda borayotgan aniq reaksiya uchun tezlik doimiysi doimiy kattalikdir.
Agar reaksiyada n-ta molekula ishtirok etayotgan bo’lsa, masalan; aA+bB=cC+dD bu reaksiya uchun massalar ta’siri qonuni ifodasi:
bo’ladi, ya’ni stexiometrik koeffitsientlar kontsentratsiya darajasiga ko’tariladi.

Bu tenglamalardagi
2
CA, CB va CN2 va C H2 reaksiyaga kirishayotgan moddalarning molyar kontsentratsiyalari.
Agar reaksiyaga kirishuvchi moddalar gazlar bo’lsa, massalar ta’siri qonunini gazlarning bosimlari orqali ham ifodalash mumkin:

Yuqorida bayon qilinganlarning hammasi bir jinsli gomogen reaksiyalar uchun qo’llaniladi.
Geterogen reaksiyalarda tezlik ta’sir etuvchi moddalar yuza sirtlarining tegib turish kattaligiga proportsional bo’lganligi uchun, geterogen reaksiyalarning kinetik tenglamasi, faqat gomogen faza kontsentratsiyasi bilan ifodalanadi:



Masalan:
yoki

Reaksiya tezligining haroratga bog’liqligi
1000C va kamroq haroratda boradigan reaksiyalar uchun tajribada quyidagi qoida topilgan. Ko’pchilik hollarda harorat har 100C ga oshganda kimyoviy reaksiya tezligi o’rtacha 2-4 marta ortadi. Bu qoidaga Vant-Goff qoidasi deyiladi. Uning matematik ifodasi:
t2-t1



t2, t1 -t1 va t2 haroratga muvofiq tezliklar.
γ=2- 4 kimyoviy reaksiya tezligining harorat koeffitsienti.
Reaksiyaning borish vaqti tezlikka teskari proportsional bo’lgani uchun Vant-Goff qoidasini yozish mumkin:
, bu erda 1 va 2 -t2 va t1haroratga muvofiq

reaksiyaning borish vaqti.
Harorat koeffitsienti γ-juda keng harorat oralig’ida doimiy bo’lmaydi. Ko’pchilik reaksiyalar uchun 1000C dan yuqori haroratda u kamayadi.
Shunday reaksiyalar borki, ularning tezliklari haroratga bog’liq emas, ularda harorat koeffitsientlari juda yuqori bo’ladi. Shuning uchun VantGoff qoidasi absolyut emas. Ammo ma’lum harorat intervallarida ko’pchilik reaksiyalar ushbu qoidaga bo’ysinadi. Haroratning ortishi bilan kimyoviy reaksiyalar tezligining keskin ortishini faollanish nazariyasi tushuntiradi, bunga muvofiq kimyoviy reaksiyani ortiqcha energiyaga ega bo’lgan aktiv molekulalar vujudga keltiradi. Faollanish energiyasi qanchalik katta bo’lsa, reaksiya shunchalik sekin boradi.
3. Kataliz va katalizatorlar

Kimyoda kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirishning keng tarqalgan usullaridan biri katalizdir.
Reaksiya tezligini katalizatorlar selektiv ta’siridan o’zgarishiga kataliz deyiladi.
Kimyoviy reaksiya tezligini o’zgartiradigan, lekin o’zi kimyoviy reaksiya natijasida ham sifat, ham miqdoriy jihatdan o’zgarmaydigan moddalarga katalizatorlar deyiladi. Katalizatorlar reaksiyaga kirishuvchi moddalardan birortasi bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib oraliq moddalar hosil qiladi va reaksiya oxirida o’zi qaytariladi.
Katalizatorlarning reaksiya tezligini o’zgartirishiga sabab, reaksiyani faollanish energiyasini kamaytiradi.
A + B = AB
Faollanish energiyasi katta bo’lgani uchun bu reaksiya tezligi juda sekin yoki amalda nolga teng bo’lsin. Bu reaksiya uchun boshqa uchinchi modda K topilsinki, u reaksiya uchun olingan moddalardan birortasi bilan birikib faollanishi kichik bo’lgan oraliq modda hosil qilsin. Masalan:
A + K → A K → AK(1)
AK B modda bilan ham oson birika olsin:
AK + B → AK B → AB + K (2)
1-chi va 2-chi tenglamalarni qo’shib:
A + B = AB ni olamiz, ya’ni reaksiya natijasida K-katalizator o’zgarishsiz qoladi. Demak, katalizator kimyoviy jarayonda oraliq bosqichlarda ishtirok etadi. Hamma katalizatorlar uchun umumiy bo’lgan narsa, ular hamma vaqt reaksiyani faollanish energiyasini o’zgartiradi.
Fazoviy belgilarga qarab kataliz gomogen va geterogen katalizga bo’linadi.
Gomogen katalizda reaksiyaga kirishuvchi moddalar va katalizator bir hil agregat holatda bo’ladi, ular orasida yuza sirt chegaralari bo’lmaydi.
Masalan: A(gaz) + B(gaz) + K(gaz) → yoki
A(S) + B(S) + K(S) → (S-suyuqlik)
Ko’rinib turibdiki, gomogen katalizda katalizator va reaksiyaga kirishuvchi moddalar bir hil gaz yoki suyuq fazani tashkil qiladi. Bu holda katalizator va ta’sir etuvchi moddalar orasida yuza sirt bo’linish bo’lmaydi. Gaz va suyuq fazali katalitik jarayonlar juda ko’p sonlidir. Gazli-kataliz reaksiyalari zanjir mexanizm va molekulyar mexanizm bo’yicha boradi. Misol uchun CO ni O2 bilan suv bug’lari katalizatori ishtirokida borishini ko’raylik.
Quruq CO va O2 aralashmasi quyidagi sxema bo’yicha ta’sirlashadi:
CO+O2→CO2+O*+35,4 kJ. Hosil bo’lgan atomar kislorod zanjirni uzilishiga olib keladigan reaksiyaga kirishadi:
O*+ CO + X → CO2 + X + 517,2 kJ
O + O2 + X → O3 + X + 104,5 kJ O3 + CO → CO2 + O2 + 420,5 kJ
bu erda X-3-chi jism (masalan, idish devori) o’ziga ortiqcha energiyani oladi.
Shunday qilib, tizimda zanjirning uzilish ehtimolligi uning davom etish ehtimolligidan kattadir.
Agar bu tizimga ozgina suv bug’lari yuborilsa, u katalizator vazifasini bajaradi, aktiv markazni yuzaga keltiradi va zanjir osonlik bilan tarmoqlanadi:
O*+ H2O → OH*+ OH*+ 55,1 kJ

Download 213.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling