Kirish (doktorlik dissertatsiyasining annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarblig


Download 4.69 Mb.
bet1/29
Sana01.11.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1737073
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
24.10.2023


KIRISH
(doktorlik dissertatsiyasining annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi. Jahonda qurilish tarmog‘ining rivojlanishi bilan birga, turar-joy binolarini issiqlikdan himoya qilish uchun issiqlik izolyasiyalash materiallaridan foydalanish va ularning samaradorligini oshirish, mahalliy mineral va sanoat xom ashyosi asosidagi qurilish materiallari va buyumlari sifatiga, arzonligiga talab va sanoat miqyosida ishlab chiqarish zarurati ortib bormoqda. Bu borada, jumladan qurilish materiallari sohasida qurilish tannarxini pasaytirish imkonini beruvchi sanoat chiqindilari asosidagi yangi turdagi ekologik toza materiallardan foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni samarali qo‘llash, yangi qurilish materiallari va ularning mavjud texnologiyasini takomillashtirish va bu orqali yuqori fizik-mexanik xossalari bilan ajralib turuvchi gipsli kompozitsion materiallar va buyumlar turlarini ishlab chiqish, ularning fizik-mexanik va fizik-kimyoviy xossalarini yanada yaxshilash masalalari yetakchi o‘rinni egallaydi. Shu jihatdan mahalliy xomashyo asosidagi sifatli gips bog‘lovchilarining kimyoviy qo‘shimchali tarkiblari va ularni ishlab chiqarishning energiya tejamkor texnologiyalarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jahonda so‘ngi yillarda chop etilgan adabiy manbalarning tahlili gipsli kompozitsion buyumlarni ishlab chiqarish, ularning issiqlik saqlash qobiliyatini oshirishga yo‘naltirilgan ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilayotganini ko‘rsatdi. Jumladan, yuqori sifatli gipsli kompozitsion buyumlar ishlab chiqarishda to‘ldiruvchilarni tanlash, issiqlik saqlash xususiyatlarini oshirish va tannarixini kamaytirishda turli modifikatsiyalovchi qo‘shimchalardan oqilona foydalanishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari mavjud. Shunga bog‘liq ravishda, gipsli kompozitsion buyumlarni ishlab chiqarishda tarkibida gips birikmalari bo‘lgan sanoat chiqindilari, mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslardan foydalanish, ularni ishlab chiqarishning energiya tejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish vazifasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Respublikamizda bugungi kunda iqtisodiyot, ijtimoiy soha va qurilish industriyasiga energiya tejovchi texnologiyalar va muqobil energiya manbalarini keng joriy etish, mahalliy va ikkilamchi xomashyodan, ishlab chiqarishdan samarali foydalanish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, jumladan, “milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyotda energiya va material sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejamkor texnologiyalarni keng tadbiq qilish” vazifalari belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni bajarishda tarkibida gips birikmalari bo‘lgan sanoat chiqindilari va turli modifikatsiyalovchi qo‘shimchalardan oqilona foydalanish orqali sifatli gipsli kompozitsion buyumlar ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish hozirgi davrdagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4198-sonli “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘risida”gi, 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-sonli “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘risida”gi, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni “2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi to‘risida”gi qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling