Kirish (doktorlik dissertatsiyasining annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarblig


Download 4.69 Mb.
bet3/29
Sana01.11.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1737073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
24.10.2023

Tadqiqotning maqsadi tarkibida gips birikmalari bo‘lgan farfor-fayans va sanitar-texnik buyumlar ishlab chiqaruvchi keramika sanoati korxonalarida ishlatiladigan gips qoliplari chiqindilaridan yuqori sifatli gips bog‘lovchilarini olish va ular asosida marmar va travertin pardozbop plitalari ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan chiqindilarni qo‘shib, devorbop kompozitsion buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
tarkibida gips birikmalari bo‘lgan farfor-fayans va sanitar- texnik buyumlar ishlab chiqaruvchi keramika sanoati korxonalarida ishlatiladigan gips qoliplari chiqindilarining fizik-kimyoviy tarkiblarini o‘rganish va ulardan gips bog‘lovchisini olishning optimal usulini ishlab chiqish;
marmar va travertin sanoati chiqindilarining fizik-kimyoviy tarkiblari va xossalarini o‘rganish, hamda ulardan gipsli kompozitsion materiallar uchun to‘ldiruvchi sifatida foydalanishni ilmiy asoslash.
olingan gipsli kompozitsion materiallarining fizik-kimyoviy xossalariga plastiklashtiruvchi kimyoviy qo‘shimchalarning ta’sirini o‘rganish;
olingan gipsli kompozitsion materiallarining strukturasini shakllanish jarayonini tadqiq qilish;
olingan gipsli kompozitsion materiallarining fizik-mexanik va issiqlik saqlash xususiyatlariga g‘ovaklashtiruvchi vositalarni ta’sirini o‘rganish;
olingan gipsli kompozitsion materiallari texnologiyasini ishlab chiqarishga joriy qilish.
Tadqiqotning ob’ekti sifatida gipsli kompozitsion materiallari olingan.
Tadqiqotning predmeti tarkibida gips birikmalari bo‘lgan farfor-fayans va sanitar- texnik buyumlar sanoati korxonalarida ishlatiladigan gips qoliplari chiqindilari va tarkibiga marmar va travertin sanoati chiqindilarini qo‘shib olingan gipsli kompozitsion materiallarining fizik-mexanik, texnik, iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlash hisoblanadi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda zamonaviy fizik-kimyoviy usullar, jumladan rentgen nurlari difraksiyasi va differensial termik analiz usullari, matematik modellashtirish va tajriba natijalarini tahlil qilish usullari qo‘llanildi.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling