Kirish (doktorlik dissertatsiyasining annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarblig


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi


Download 4.69 Mb.
bet2/29
Sana01.11.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1737073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
24.10.2023

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot Respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining “Energetika, energiya va resurs tejamkorlik” ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Jahon amaliyotida gipsli kompozitsiyalarni modifikatsiyalash, issiqlik tejamkorligini oshirishning ilmiy asoslari ko‘plab chet el davlatlari olimlari - Yu.M.Bajenov, A.T.Baranov, S.A.Gusenkov, A.S.Kolomaskiy, I.T.Kudryashev, A.A.Laukaytis, V.A.Martqnenko, U.K.Maxambetova, L.V.Morgun, SH.M.Raximbayev, V.A.Pinsker, Yu.V.Puxarenko, G.P.Saxarov, L.B.Svatovskaya, I.B.Udachkia, T.A.Uxova, Yu.D.Chistov va boshqalarning ilmiy asarlarida yoritilib, ushbu masalalarni hal qilishga katta hissa qo‘shganlar.
Respublikamizda qurilish materiallari sohasidagi yetakchi olimlari- A.T. Djalilov, A.B. Ashrabov, E.U. Qosimov, N.A. Samigov, A.A. To‘laganov, A.I. Adilxo‘jaev, B.A. Asqarov, X.A. Akramov, A.A. Toxirov, S.A. Xodjayev,
N. Abbasxonov, X.X. Komilov, M.U. Karimov, Z.M. Sattorov, I.I Kasimov, S.J.Razzoqov, A.I.Xamidov, А.H.Alinazarov, A.M.Raximov, B.Sh.Rizayev va boshqalar yurtimizda qurilish materiallari ishlab chiqarish va ulardan foydalanish madaniyatini rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shib kelishgan va ma’lum yutuqlar hamda muhim ilmiy natijalarga erishganlar.
O‘tkazilgan tadqiqotlar tahlili, gipsli kompozitsion materiallar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha yetarlicha rivojlanganligini ko‘rsatadi. Biroq, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida Respublikamizda mahalliy xom ashyolardan gipsli kompozitsion buyumlari olishda yetarlicha imkoniyatlar mavjud bo‘lsada, tadqiqotlar izchil olib borilmagan. Shu bois tarkibida gips birikmalari bo‘lgan sanoati chiqindilaridan gipsli bog‘lovchilar va ular asosida olingan issiq tejamkor kompozitsion materiallarning strukturasi va xususiyatlarini o‘rganish hozirgi kundagi dolzarb vazifalardan biridir .
Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya tadqiqoti Farg‘ona politexnika instituti, “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqarish kafedrasining “Mahalliy sanoat chiqindilari (Farg‘ona sanoat zonasi misolida) asosida samarador qurilish materiallari va konstruksiyalarini olish, ularning fizik-mexanik xususiyatlarini o‘rganish va takomillashtirish” mavzusi bo‘yicha olib borilgan amaliy loyiha doirasida bajarilgan.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling