Kirish (doktorlik dissertatsiyasining annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarblig


Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati


Download 4.69 Mb.
bet5/29
Sana01.11.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1737073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
24.10.2023

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati mahalliy xom ashyolar asosida olingan, polimer-mineral kimyoviy qo‘shimchalar qo‘shilgan gipsli kompozitsion materiallar bo‘yicha ilmiy nazariyalar, ularning tarkibi, fizik-mexanik va kimyoviy xususiyatlarini tahlil qilishdan iboratdir.
Ishning amaliy ahamiyati tarkibida gips birikmalari bo‘lgan gips qoliplari, marmar, travertin sanoat chiqindilari va superplastifikator qo‘shimchalar kiritilgan gipsli kompozitsion materiallar texnologiyasi takomillashtirilgan va ishlab chiqarishga joriy qilingan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Tadqiqotlar natijalari Farg‘ona viloyatidagi "NEW BUILDING-BRICKS" MCHJ xususiy korxonasida devorbop bloklar ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2023-yil “27” sentyabrgi 05/15-1928-son ma’lumotnomasi). 12 m3 hajmda issiqlik saqlovchi gazogips bloklari ishlab chiqarildi. 1m3 kompozit gazogips blokning iqtisodiy samaradorligi korxonada ishlab chiqarilayotgan gazbetonga nisbatan iqtisodiy samaradorligi 82302,73 so‘m yoki ≈ 16% arzon ekanligini ko‘rsatgan. Bir kunda 1000 dona blok ishlab chiqarilsa, korxonaning kunlik foydasi 2729,77x1000 = 2729775 so‘mni tashkil etgan.
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tadqiqot natijalari 3 ta xalqaro va 3 ta Respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida muhokama etilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 13 ta ilmiy ish, shundan 2 ta monografiya hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy jurnallarda 4 ta, shu jumladan 2 ta maqola xorijiy jurnalda nashr qilingan.
Dissertatsiya tarkibi va hajmi. Dissertatsiya tarkibi kirish, to‘rtda bob, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat bo‘lib, dissertatsiyaning hajmi 1 betni tashkil etdi.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling