Kirish qismi Hozirgi vaqtda Yerning biosferasida 0 mingdan ortiq zamburug`lar, 23 ming yo`sinlar, ming paporotniklar, 640 ochiq urug`li va 200 mingdan ortiq yopiq urug`li o`simlik turlari uchraydi


Download 464.62 Kb.
bet2/12
Sana19.02.2023
Hajmi464.62 Kb.
#1213922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
OLIY TA’LIM, FA-WPS Office

Hozirgi kun ma’lumotlariga ko`ra, O`rta Osiyo hududida 11-12 ming gulli o`simliklar turi, 3,4-4000 atrofida zamburug`lar, 3,8-4000 atrofida suvotlar va 400 dan ortiq yo`sinlarning turlari tarqalgan. O`zbekistonda 4200 ta yuksak o`simliklarning turi tarqalgan. O`rta Osiyo bo`yicha quyi va yuksak o`simliklarning umumiy turlar soni 20000 ni tashkil etadi. Yer yuzida flora turiga eng boy hudud bu tropik mintaqa hisoblanadi. U yerlarda gulli o`simliklarning 120 mingdan ortiqroqdir. Amazonka tekisliklarida 50 mingdar ortiq, Shimoliy Amerikada 17000, Yevropada 12000 turlar aniqlangan. Malayziya florasi ham turlarga juda boy joy bo’lib,u yerda 40000 ga yaqin o`simlik turi uchraydi. 5

I Bob 1.1Chinnigulkabilar kichik ajdodi (sinfi) — Caryophyllidae Mazkur ajdodcha 3 ta qabila, 19 ta oila, 650 tacha turkum va 11500 taga yaqin turni birlashtiradi. Bu sinfcha vakillari bir yillik, ko'p yillik o'tlar, yarimbutalar, butalar yoki kichikroq daraxtlardan iborat. Yog'ochligining naychalari oddiy perforatsiyali. Gullari ikki jinsli yoki bir jinsli, gul qismlari halqa (sikl) tarzida joylashgan. Ginetsey (mevachi) apokarp yoki sinkarp. Murtagi to'g'ri yoki egilgan. Chinnigulkabilar qadimgi ayiqtovonlarning ayrim vakillaridan kelib chiqqan, deb taxmin qilinadi. Taraqqiyot jarayonida deyarli barcha turlari ancha quruq iqlimli sharoitlarda o'sishga moslashgan, ammo ularning ayrim turlari o'rmon, o'tloq va baland tog'-yaylov mintaqalarida ham tarqalgan. Hozirgi vaqtda bu ajdodchaning 3 ta qabilasi borligi qayd etilgan: Chinnigulnamolar (Caryophyllales), Toronnamolar (Polygonales), Karmanamolar (Plumbaginales). Bulardan Chinnigulnamolar qabilasi bir qator belgilariga ko'ra boshqalariga nisbatan soddaroq tuzilgan. 6

1.2Chinnigulnamolar qabilasi — Caryophyllales Qabila 17 ta oilani o'z ichiga oladi. Uning turlari o‘t, buta va daraxtlardan iborat. Barglari oddiy, butun, navbatlashib yoki qaramaqarshi, ba’zan halqa holida joylashgan, aksariyat yonbargsiz. Gullari turli xil to'pgullarda joylashgan, ikki jinsli, ba’zan bir jinsli, aktinomorf, 4—5 a ’zoli, gulqo'rg'oni ikki qavat, ba’zan gultojsiz, changchilari 5—10 ta yoki ko'p. Urug'chisi sinkarp-mcvachi barglari qo'shilib o'sgan, ba’zan qisman apokarp, tugunchasi ustki, yarim ostki yoki ostki. Mevalari — ko'sakcha. Kronkvist sistemasiga ko'ra (Cronquist, 1957), Chinnigulnamolar filogenetik jihatdan Dillcniyanamolarga bog'lanadi va hatto Ayiqtovonnamolardan kelib chiqqan bo'lishi ham chtimol deb ko'rsatiladi. Bu fikrni Л. L. Taxtadjyan ham tasdiqlaydi. Olimning fikricha, Chinnigulnamolar qabilasi 17 oilani birlashtiradi. Shulardan Chinniguldoshlar, Kaktusdoshlar va Sho'radoshlar oilasiga mansub turlar O'zbekistonda ancha keng tarqalgan. 7


Download 464.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling