Klinik laboratoriya tashxisi
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eritrotsitlar
- Bakteriyalar
- 2.4. Nazorat savollari
Leykotsitlar
Normada najasda bir ko‘ruv maydonida 0 – 5 leykotsitlar aniqlanadi. Leykotsitlarning ko‘payishi quyidagi xolatlarga xos: − ichaklardagi yallig‘lanish jarayoni (dizenteriya, yarali kolit, ichak sili); − paroproktal abssess yorilishi; − o‘sma parchalanishi. Eritrotsitlar Normada bir ko‘ruv maydonida 0 – 2 ta eritrotsit aniqlanishi mumkin. Ichakningyuqori qismlaridan qon ketganda eritrotsitlar parchalangan yoki soya ko‘rinishida topiladi. O‘zgarmagan eritrotsitlar quyidagi xolatlarda aniqlanadi: − bavosil; − yarali kolit; − yo‘g‘on ichak o‘smaning parchalanishi; − orqa teshikda yoriqlari. Kristallar Najasda quyidagi kristallarni aniqlash mumkin: 1. Kalsiy oksalat kristallari konvertga o‘xshash bo‘lib, ko‘p miqdorda sabzavotlar ko‘p iste’mol qilinganda, me’da kislotaligi past bo‘lganda aniqlanadi. 2. Trippelfosfat kristallari chirish dispepsiyasida kuzatiladi. 3. SHarko – Leyden kristallari allergik yallig‘lanish, gelmentozlardaeozinofillar bilan birga aniqlanadi. 48 4. Xolesterin kristallari ichakka o‘t bilan birga tushadi, romb yoki parallelogramm ko‘rinishida bo‘ladi va diagnostik ahamiyatga ega emas. 5. Gematoidin kristallari ichakdan qon ketgandan keyin aniqlanadi. Bakteriyalar Normada ichakdagi massada saprofit mikroflorako‘p miqdorda aniqlanadi. Saprofit mikroflora asosan ichak tayoqchasi va bifidobakteriyalardan iborat bo‘lib,himoya, vitamin hosil qilish, xazm qilish kabi organizm uchun muxim faoliyatlarni bajaradi. Ichak mikroflorasining o‘zgarishi va patologik mikroflora rivojlanishi disbakterioz deyiladi. Disbakterioz ko‘pgina ichak kasalliklarida va antibiotiklar qabul qilingandan so‘ng kelib chiqishi mumkin. 2.4. Nazorat savollari: 1. Najas tahlilini o‘tkazish? 2. Najasining fizik xususiyatlari? 3. Najasning mikroskopiyasi? 4. Najasining kimyoviy xususiyatlari? 5. Najasda yashirin qonning aniqlash usullari? 6. Najasda gelmintoz laborator tashxisi usullari? 7. Najasda sodda hayvonlar laborator tashxisi usullari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling