Klinik laboratoriya tashxisi


Nonne - Apelt reaktsiyasi


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

Nonne - Apelt reaktsiyasi.Sinov probirkasiga 0,5 ml to'yingan ammoniy sulfat 
quyib, unga 0,5 ml likvor qo'shiladi.Natija 2-3 daqiqadan so'ng aniqlanadi.Musbat 
reaktsiya bo’lganda suyuqliklar orasida oqish halqa paydo bo'ladi.Oqishhalqa paydo 
bo'lganda probirka chayqatiladi va xiralik baxolanadi 
Natijalarni ifodalash uchun "4 plyus" tizimidan foydalanadi: 
• loyqa4 (++++) 
• kuchlixiralik 3 (+++) 
• o’rtachaxiralik 2 (++) 
• kuchsiz oqarish 1 (+) 
Pandi reaktsiyasi. 
Soat stakaniga 1 ml karbol kislotasining to'yingan eritmasiqora qog'ozga qo'yiladi 
va chetiga 1-2 tomchi likvorsolinadi.Musbat natija bo'lsa, reaktivning likvorbilan 
birlashgan joyida oq bulut paydo bo'lib, xiralashgan joyga aylanadi.Natijalarni ifodalash 
uchun "4 plyus" tizimidan foydalanadi: 
• loyqa 4 (++++) 


60 
• kuchli xiralik 3 (+++) 
• o’rtachaxiralik 2 (++) 
• kuchsiz oqarish 1 (+) 
4.3. Likvorni mikroskopik tekshirish 
Likvorning 
hujayra 
tarkibini 
o'rganish 
likvorni 
tekshirishning 
muhim 
qismidir.Mikroskopik tekshirish asab tizimining yallig'lanish kasalliklari, insultlar, 
o'smalari va boshqa patologik jarayonlarini tashxislashda muhimdir. 
Aniq natijaga erishish uchun likvorolingandan so'ng 30 minut ichida hujayralarni, 
keyin hujayra elementlarining farqlanishini va agar kerak bo'lsa, qizil qon tanachalari 
sonini hisoblash kerak.
Leykositlar.Bo'yoq uchun Samson reagentidan foydalanadi.Samson reagenti qizil 
qon hujayralarini yo'q qilib, oq qon hujayralarini saqlab qoladi. Likvor 10-15 
minutbo'yaladiva undagi hujayralar 2-3 soat davomida o'zgarmaydi.Qizilqon tanachalari 
yo'q 
qilinganidan 
keyin 
mikroskop 
vaGoryaev 
kamerasi 
yordamida 
likvordagileykotsitlar soni hisoblanadi.Leykotsitlarmikroskopning kichik o'lchamida 
(10 ob’ektiv, 10 okulyar) butun kamera bo'yicha hisoblanadi. Pleotsitoz 200 × 10
6
/l dan 
ko’p bo'lsa, kamera yarmi hisoblanadi va natija 2 ga ko'paytiriladi, pleotsitoz 1000 dan 
ortiq bo'lsa, katta qatorlarning bir qatori hisoblanib, natija 5 ga ko'paytiriladi. Goryaev 
kamerasida 3 marta xisoblanadi va natija 0,4 ga ko’paytiriladi xamda 1 mkl (× 10
6
/l) 
dagi elementlar aniqlanadi. 
Eritrositlar.Likvordagi qizil qon hujayralari soni Goryaev kamerasida 
xisoblanadi.Buning uchun qon aralashgan likvor9:1 nisbatda natriy xloridning izotonik 
eritmasida suyultiriladi. Olingan suyuqlik yaxshilab aralashtiriladi, Goryaev kamerasiga 
to'ldiriladi va80 ta kichik kvadratlarda qizil qon hujayralari sanaladi. 1 mkl 
likvortarkibidagi qizil qon hujayralari soni quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
X=A x 4000 x 10 / 80 = A x 500 


61 
bu erda A - 80 kichik kataklardagi qizil qon hujayralari soni, 1/4000 - bu kichik 
kvadratning hajmi, 10 - likvorning suyultirilishi, 80 - kichik kvadratlar soni. 
Agar 1 mkl likvorda680-700 eritrosit bo'lsa, uning rangi makroskopik o'zgaradi, 
2000 qizil qon tanachalari bo’lsa pushtirang, 4000-5000 qizil qon tanachalari 
bo’lsagemorragik likvorgaaylanadi. 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling