Klinik laboratoriya tashxisi


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

Balg‘am xarakteri 
SHilliq balg‘am nafas yo‘llari kataral yalig‘lanish kasalliklarida kuzatiladi. 
Seroz balg‘am o‘pka shishida kuzatiladi. 


63 
SHilliq – yiringli balg‘am bronxit, zotiljam, bronxoektatik kasallik, silda 
kuzatiladi. 
Yiringli balg‘am yiringli bronxit, abssess, gangrenada kuzatiladi. 
Qonli balg‘am o‘pka infarktida, o‘smalarda, o‘pka jaroxatida va b. kuzatiladi. 
Balg‘am konsistensiyasi 
Balg‘am konsistensiyasi shilliq miqdori va shaklli elementlar miqdoriga bog‘liq 
bo‘lib, suyuq, quyuq va qovushqoq bo‘lishi mumkin. 
Balg‘am mikroskopiyasi 
Balg‘am mikroskopiyasida quyidagi elementlar ko‘riladi: 
1. Xujayraelementlari. 
2. Elastik tolalar. 
3. Kristallar. 
4. Balg‘ambakterialflorasi. 
5. Glistlar. 
YAssi epiteliy balg‘amda kam miqdorda uchraydi. YAssi epiteliy miqdori ko‘ruv 
maydonida 25 tadan oshishi materialni so‘lak bilan aralashganligini anglatadi. 
Xilpillovchi silindrik epiteliy – balg‘amda uchraydi va xalqum, traxeya va 
bronxlardan ajraladi. 
Atipik xujayralar nafas olish a’zolari yomon sifatli o‘smalari parchalanib
balg‘amga tushganda aniqlanadi. 
Leykotsitlar ko‘p miqdorda uchrashi kuchli yalig‘lanishda, shilliq-yiringli yoki 
yiringli balg‘amda aniqlanadi. 
Eozinofillar bronxial astma, eozinofil zotiljam, o‘pkani gijja bilan zararlanishi, 
o‘pka infarktida aniqlanadi. 
Eritrotsitlar ko‘p bo‘lishi qonli balg‘amda aniqlanadi. 
Alveolyar makrofaglar bronx-o‘pka surunkali kasalliklarida ko‘p miqdorda 
aniqlanadi. 
Elastik tolalar o‘pka to‘qimasining parchalanishi oqibatida paydo bo‘ladi: sil, 
abssess, exinokokkoz, o‘pka o‘smalari. 


64 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling