Klinik laboratoriya tashxisi


Metilen ko‘ki bilan bo‘yash texnikasi


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

Metilen ko‘ki bilan bo‘yash texnikasi: 
1. 
Surtma quritiladi va fiksatsiyalanadi; 
2. 
1% metilen ko‘ki eritmasi bilan 1 minut bo‘yaladi; 
3. 
Oqar suvda yuviladi va quritiladi;
4. 
YOg‘li immersiya bilan mikroskopiya qilinadi 
Agar “xujayra ichi diplokoklari” aniqlansa, tashxisni tasdiqlash maqsadida Gram 
usulida bo‘yaladi. Bunda gonokokklar och qizil rang, ya’ni gram manfiy bo‘yaladi, 
gram musbat kokklar esa binafsha rangga bo‘yaladi. 
Gram usulida bo‘yash texnikasi: 
1. Surtma quritiladi va fiksatsiyalanadi; 
2. Gensianviolet bilan 1 minut bo‘yaladi; 
3. Lyugol eritmasi 30 sekund bo‘yaladi; 
4. Spirtga bilan asfalt rang bo‘lguncha ushlanadi; 
5. 1% neytral qizilbilan 1 minut bo‘yaladi; 
6. Preparat yuviladi va quritiladi; 
7. YOg‘li immersiya bilan mikroskopiya qilinadi 
Bakteriologik tekshiruv. Material assit-agar muxitiga ekiladi va usib chiqqan 
kultura baxolanadi. Ekma antibakterial preparatlar qo‘llanilgach 5-7 kundan so‘ng 
qilinadi.
Gram usulida atipik mikroskopik gonokokklarni aniqlash tashxis qo‘yish uchun 
etarli bo‘lmaydi va bakteriologik tekshirish gonoreyani aniq tashxislashga imkon 
yaratadi. 
Zamonaviy va aniq tashxis polimeraz zanjirli reaksiya (PZR) orqali qo‘yiladi. 
Serologik usullar gonoreyani tashxislashda ahamiyatga ega emas. 
6.2. Trixomoniaz laborator diagnostikasi 


68 
Trichomonas vaginalis jinsiy yo‘l bilan yuqadigan, peshob ajratish va jinsiy 
a’zolarni zararlovchi trixomoniaz kasalligini chaqiradi. Trixomoniaz barcha davlatlarda 
keng tarqalgan. Kasallikning yashirin davri 2-3 kundan bir oygacha (o‘rtacha 10 kun). 
Vaginal trixomonada shaklini o‘zgartiruvchi bir xujayrali sodda jonivordir. 
O‘lchamlari o‘sish sharoitiga qarab turlicha 13-18 mkm dan 30-40 mkm.gacha. Vaginal 
trixomonada yadrosi ekssentrik joylashgan, uzunchok shaklda bo‘lib, xujayraning yadro 
joylashgan uchidan 5 ta xivchinlari chiqib turadi. 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling