69
Oq treponema optimal yashash sharoiti odam organizmida 37°S. SHuning uchun
deyarli doim jinsiy yo‘l bilan yuqadi.
Zaxm diagnostikasi
Zaxm diagnostikasi quyidagilarga asoslangan:
− Mikroskopik: sifiloma, limfa tugunlar punktatidan qo‘zg‘atuvchini
aniqlash;
− Vasserman reaksiyasi (RW+).
Oq treponema anilin bo‘yoqlarida bo‘yalmaydi,
shuning uchun qora maydonda
nativ preparatlarda aniqlanadi. Buning uchun buyum oynasiga iliq fiziologik eritma
tomiziladi, petlya bilan yangi
olingan material solinadi, aralashtiriladi va qora
maydonda mikroskopiya qilinadi.
Oq treponema spiral shaklga ega bo‘lib, uzun tanasi 8 - 14 buramalardan iborat.
U 4 xil xarakatga ega:
oldinga xarakat, kontraktil (to‘lqinsimon), mayatniksimon,
rotatsion.
Do'stlaringiz bilan baham: