Klinik laboratoriya tashxisi
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bakterial flora
Korallsimon tolalar surunkali kasalliklarda aniqlanadi, masalan, kavernoz silda.
Kurshman spirallari bronxlar obstruktiv kasalliklarida paydo bo‘ladi: bronxial astma, obstruktiv bronxit, o‘pka o‘smalari. SHarko – Leyden kristallari–eozinofillar parchalanish maxsuloti bo‘lib, bronxial astma, o‘pka eozinofil infiltratlari, o‘pka gijjalariga xos. Zamburug‘ mitseliysi bronx-o‘pka tizimining zamburug‘li zararlanishida paydo bo‘ladi. Bakterial flora. Ko‘p miqdorda kokk va batsillalarni aniqlash bakterial infeksiyadan dalolat beradi. 65 6-BOB. JINSIY YO‘L BILAN YUQUVCHI KASALLIKLAR LABORATOR DIAGNOSTIKASI Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklar – kasalangan bemordan jinsiy yo‘l orqali juftiga yuqadigan kasalliklar guruxidir. Xozirgi vaqtda 30 dan ortiq transmissiv seksual kasalliklar ma’lum. Eng ko‘p uchraydigan va xavfli xisoblangan jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklar quyidagilardir: 1.Bakterial kasalliklar: − Gonoreya − Zaxm − Xlamidioz − Bakterial vaginoz va b. 2. Sodda xayvonlar – trixomoniaz, xilomastiks 3. Virusli kasalliklar: − Gerpes (oddiy, genital) − Sitomegalovirus (5 turi) − Papilloma virus infeksiyasi − Odam immun tanqislik virusi − Gepatit V va S viruslari va b. Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklar er sharidagi eng keng tarqalgan kasalliklar guruxidan biridir. Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklar ko‘proq rivojlanayotgan davlatlarda uchraydi. JSTT ma’lumotlariga ko‘ra kuniga bir milliondan ortiq odamlar jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklar bilan kasallanadi. Bir yilda 449 milliondan ortiq odamlar jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklarni yuqtiradi (zaxm, gonoreya, xlamidioz va trixomoniaz). Ayrim jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklar belgilarisiz kechadi, birok ayol va erkaklarda bepushtlik sababi bo‘ladi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling