Klinik laboratoriya tashxisi
Polimeraz - zanjirli reaksiya
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gepatit V virusi yuqish yo‘llari
- Umumiy qon taxlili
2. Polimeraz - zanjirli reaksiya
RNA-HEVmusbat, ya’ni Gepatit E virusi RNK si aniqlanadi. 7.3. Virusli gepatit V laborator diagnostikasi Virusli gepatit V – gepatit V virusi chaqiruvchi o‘tkir yoki surunkali infeksion kasallik bo‘lib, jigar gepatotsitlari immunologik jaroxatlanishi, jigar transaminazalari oshishi va og‘riq, dispeptik, intoksikatsion va xolestatik sindromlar bilan xarakterlanadi. Gepatit B global muammo bo‘lib, dunyoda taxminan 350–400 mln. odam surunkali gepatit B virusi bilan zararlangan, 500 mln. odamlarda klinikasiz tashuvchilik bor (JSST gepatit to‘g‘risida Global dokladi, 2017 y.). Surunkali gepatit V asoratlari tufayli xar yili taxminan 1,0 -1,5 mln. odam vafot etadi.Xar yili HBV bilan 50 mln. 75 odam kasallanadi. Gepatit V bilan kasallangan, HbS-antigen tashuvchi onalardan tug‘ilgan 90% chaqaloqlar virusni yuqtiradi. Gepatit V virusi – DNK-tutuvchi Hepadnaviridae oilasiga mansub virusdir. Virus antigen strukturasi quyidagicha: 1)yuza («avstraliya», surface) antigeni, NVsAg virus lipoproteid qobig‘ida joylashgan; 2) yadroviy (sore)antigeni, NVsAg virionlar nukleokapsidida, gepatotsitlar yadrosida yoki perinuklear soxasida aniqlanadi; 3)NVeAgvirusDNK-polimerazasi faolligini belgilaydi va virus replikativ faolligini ko‘rsatadi. NVeAg 3–4 xaftadan ortiq aniqlanishi kasallik surunkali bosqichga o‘tganligini bildiradi. Infeksiya manbai kasallangan bemorlar va virus tashuvchilardir. Gepatit V virusi yuqish yo‘llari: 1.Parenteral (nosteril in’eksiya ninalari, operativ amaliyot, tishni davolatish, qon va qon preparatlari quyish, gemodializ, endoskopik tekshirish, tatuirovkalar, quloq teshish, manikyur); 2. Jinsiy yo‘l; 3. Vertikal – onadan homilaga; 4. Zararlangan shilliq qavatlar va teri orqali.Gepatit V ga yuqori kontagiozlik xos - zararlangan shilliq qavatlar va teri orqali yuqishi uchun 0,0001 ml qondagi virus ham etarli. Virus xona xaroratida o‘z patogenligini 7 kun saqlab qoladi.– 20°S xaroratda 10 yilgacha saqlanadi.100°S xaroratda 5 minutda parchalanadi.Zardob oqsillari bo‘lganda virus rezistentligi oshadi.Formalin, efir, xloramin ta’sirida tezda inaktivatsiya bo‘ladi. Virus gepatotrop bo‘lganligi uchun organizmga kirgach gepatotsitga fiksatsiya bo‘ladi va xujayra ichiga kiradi.Gepatotsitlarda virus DNKsi replikatsiya bo‘ladi va gepatotsitlarda immun agressiya nishoni bo‘lgan HBsAg, HBeAg, HBcorAg sintezi boshlanadi. Xujayra ichida virus ko‘payadi, gepatotsit yuzasiga va qonga chiqadi. Natijada qo‘zg‘atuvchiga qarshi immunologik reaksiyalar rivojlanadi. Ko‘p miqdorda 76 virus chiqishi natijasida gepatotsitlar sitolizi va jigar parenximasining massiv jaroxatlanishi kuzatiladi. Ayrim xollarda organizmda immunitet shakllanib, qo‘zg‘atuvchidan qutilish va tuzalish kuzatilsa, aksar xollarda kasallik surunkali bosqichga o‘tadi. Virusli gepatit V laborator diagnostikasi. 1. Umumiy qon taxlili: og‘ir xolatlarda leykotsitlar kamayishi, limfotsitlar oshishi, trombotsitlar kamayishi kuzatiladi. 2. Umumiy peshob taxlili: peshob to‘q rangda, o‘t kislotalari va bilirubinga reaksiya musbat. 3. Umumiy najas taxlili: najas rangsiz, najasda sterkobilin yo‘q yoki kam bo‘ladi. 4. Bioximik qon taxlili: - umumiy va bog‘langan bilirubin oshadi; - alanintransferaza (ALT) va aspartattransferaza (AST) fermentlari oshadi; - xolestaz markyorlari – ishqoriy fosfataza, gamma glutamil transferaza oshishi - timol sinamasi oshadi; - sulema sinamasi kamayadi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling