73
3. Nurlanish gepatiti
4. Autoimmun gepatit
A (HAV) va E (HEV) viruslari jigarda faqat siklik kechuvchi o‘tkir yalig‘lanish
jarayonini chaqiradi.Gepatit V (HBV), S (HCV) va D (HDV) uchun o‘tkir va surunkali
jarayon xos. Gepatita G (HGV)virusi ahamiyati o‘rganilmoqda.
7.1. Virusli gepatit A laborator diagnostikasi
Gepatit A o‘tkir enterovirusli infeksiya bo‘lib, gepatita A virusi keltirib chiqaradi
va fekal-oral yuqish mexanizmiga ega. VGA inkubatsion davri 2-6 xafta va kasallik
o‘rtacha 40 kun atrofida davom etadi. Gepatit A virusi genomi RNK dan iborat.
Erta belgilari grippni eslatadi: xarorat oshishi, qusish va ich ketishi, tanada og‘riq,
o‘ng qovurg‘a ostida og‘irlik. Kasallikdan so‘ng umrbod immunitet hosil bo‘ladi.
Kasallikka qarshi emlash bo‘lib, 2 marta 6-12 oy oralab qilinadi.
Tashqi muxitda quruqlikda gepatit Avirusi 7
kungacha, namlikda 3-10
oygacha
saqlanadi.Kaliy
permanganat, xlor tutuvchi
dezinfeksiya vositalari,
formalinda virus
butunlay dezaktivatsiya bo‘ladi. 60
0
S xaroratda 12 soat saqlanadi.Qaynatilganda 5
minutda parchalanadi, – 20 dan – 70 gradusgacha xaroratda esa yillab saqlanadi.
Virusli gepatit A laborator diagnostikasida ahamiyatli:
Do'stlaringiz bilan baham: