Klinik laboratoriya tashxisi


Sintetik jarayonlar etishmovchiligi sindromi


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

Sintetik jarayonlar etishmovchiligi sindromi 
Sindrom quyidagilar sintezi kamayishi bilan xarakterlanadi: 
xolinesteraza 
− qon ivish omillari (protrombin) 
− transport oqsillar (albumin) 
− lipoproteidlar (LPONP, LPVP) 
− o‘t kislotalar 
Sindrom odatda farmpreparatlar (sitostatiklar, estrogenlar, insektitsidlar va b.) 
toksik ta’siri sifatida namoyon bo‘ladi: 
Virusli gepatitlar laborator diagnostikasi 
Virusli gepatitlar – gepatotrop viruslar chaqiruvchi infeksion kasalliklar guruxi 
bo‘lib, 
jigar 
to‘qimasi 
yalig‘lanishi, 
umumiy 
toksik 
belgilar, 
sariqlik, 
gepatosplenomegaliya va boshqa jigardan tashqari belgilar bilan namoyon bo‘ladi. 
1888 yilda prof. S.P.Botkin virusli gepatit A infeksion nazariyasini taklif etgan. 
Gepatitlar klassifikatsiyasi 
1. Virusli gepatitlar: 
- Enteral gepatitlar (fekal-oral yuqish mexanizmi) 
Gepatit A (Botkin kasalligi) 
Gepatit E 
- Parenteral gepatitlar: 
Gepatit B(zardob gepatiti) 
Gepatit C 
Gepatit D(delta-infeksiya, gepatit δ) 
Gepatit F 
Gepatit G 
2. Toksik gepatit 


73 
3. Nurlanish gepatiti
4. Autoimmun gepatit 
A (HAV) va E (HEV) viruslari jigarda faqat siklik kechuvchi o‘tkir yalig‘lanish 
jarayonini chaqiradi.Gepatit V (HBV), S (HCV) va D (HDV) uchun o‘tkir va surunkali 
jarayon xos. Gepatita G (HGV)virusi ahamiyati o‘rganilmoqda. 
7.1. Virusli gepatit A laborator diagnostikasi 
Gepatit A o‘tkir enterovirusli infeksiya bo‘lib, gepatita A virusi keltirib chiqaradi 
va fekal-oral yuqish mexanizmiga ega. VGA inkubatsion davri 2-6 xafta va kasallik 
o‘rtacha 40 kun atrofida davom etadi. Gepatit A virusi genomi RNK dan iborat. 
Erta belgilari grippni eslatadi: xarorat oshishi, qusish va ich ketishi, tanada og‘riq, 
o‘ng qovurg‘a ostida og‘irlik. Kasallikdan so‘ng umrbod immunitet hosil bo‘ladi. 
Kasallikka qarshi emlash bo‘lib, 2 marta 6-12 oy oralab qilinadi. 
Tashqi muxitda quruqlikda gepatit Avirusi 7 kungacha, namlikda 3-10 oygacha 
saqlanadi.Kaliy permanganat, xlor tutuvchi dezinfeksiya vositalari, formalinda virus 
butunlay dezaktivatsiya bo‘ladi. 60 
0
S xaroratda 12 soat saqlanadi.Qaynatilganda 5 
minutda parchalanadi, – 20 dan – 70 gradusgacha xaroratda esa yillab saqlanadi. 
Virusli gepatit A laborator diagnostikasida ahamiyatli: 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling