Klinik laboratoriya tashxisi


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

5. Immunoferment analiz: 
− HBsAg musbat bo‘ladi va gepatit B virusi yuza antigeni infeksiyalanish 
darajasini ko‘rsatadi; 
− HBeAg – yadro «e»-antigeni DNK-polimeraza faolligini belgilaydi va virus 
replikativ faolligini ko‘rsatadi; 
− HBcAg - yadro «core» antigeni virusning jigardagi replikativ faolligini 
ko‘rsatadi va faqatgina jigar bioptatlari va autopsiyasida aniqlanadi; 
− anti-NVs (total) – HBcAg ga umumiy antitelolar GV retrospektiv diagnostikasi 
va noma’lum gepatitlarda aniqlanadi; 
− IgM anti-NVs (NVsAb IgM) – yadro antigeniga M antitelolar o‘tkir infeksiyani 
aniqlash, surunkali GV da HBV replikatsiyasi va faolligini ko‘rsatadi; 


77 
− anti-NVe (HBeAb) - «e» antigenga antitelolar rekonvalessensiya boshlang‘ich 
bosqichini bildiradi; 
− anti-HBs (HBsAb) – o‘tkazilgan infeksiya yoki emlashdan keyingi antitelolarni 
ko‘rsatadi. 
6. Polimeraz – zanjirli reaksiya:
HBV-DNA musbat, ya’ni gepatit virusi DNK si aniqlanadi. 
Differensial diagnostika. 
Sariqlik oldi davrda 
− o‘tkir respirator infeksiyalar; 
− oshqozon-ichak infeksiyalari (gastrit, gastroenterit, gastroenterokolit); 
− revmatik yoki boshqa turdagi poliartrit. 
Sariqlik davrida 
• 
virusli gepatit A, S, D, E 
• 
autoimmun gepatit
• 
toksik gepatit 
• 
mexanik sariqlik 
• 
infeksion mononukleoz 
• 
iersinioz 
• 
leptospiroz va b. 
gepatitV da emlash sxemasi 
Emlash kursi 3 ta emlashdan iborat: 
Standart (0-1-6). 
1 - doza – belgilangan kun 
2 - doza 1 oydan so‘ng 
3 - doza 6 oydan so‘ng 
● SHoshilinch (0-1-3).
1 - doza – belgilangan kun 
2 - doza 1 oydan so‘ng 
3 - doza 3 oydan so‘ng 


78 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling