Klinik laboratoriya tashxisi


 Virusli gepatit D laborator diagnostikasi


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

7.4. Virusli gepatit D laborator diagnostikasi 
Virusli gepatit D- parenteral yuqish mexanizmiga ega, o‘tkir yoki surunkali 
virusli infeksiya bo‘lib, jigar zararlanishi bilan xarakterlanadi hamda virus replikatsiyasi 
gepatit V virusi bor bo‘lgandagina amalga oshadi. 
Gepatit Binfeksiya mavjudligida gepatit D infeksiya qo‘shilishi superinfeksiya 
deyiladi.Bir vaqtda ham gepatit B,ham gepatit D infeksiya yuqishi koinfeksiya deyiladi. 
Kasallik Deltavirus turidagidefekt RNK-genomli virus tomonidan chaqiriladi va 
virusli gepatit V bilan kasallangan bemorlarda uchraydi. Virusli gepatit D 
superkapsidida ko‘p miqdorda HBsAg bor. Virusli gepatit D komponentlari sintezi 
uchun virusli gepatit V HBsAg ishtirok etadi. YUza HBsAg gepatit D virusini 
gepatotsitlarga kirishini va gepatotroplikni ta’minlaydi.
Kasallik o‘tkir kechadi va jigarni zararlaydi, surunkali kechish esa jigar sirroziga 
olib keladi. Gepatit V dan emlanish gepatit D dan ham asraydi. 
Gepatit D asosan Janubiy Evropa, SHimoliy Afrika, YAqin SHarq, markaziy va 
janubiy Amerikada ko‘p uchraydi. Gepatit Dvirusi bilan 5% HBsAg tashuvchilar (17 
mln. odam) zararlangan. 
Virus manbai — bemor odam yoki virus tashuvchi. YUqish yo‘li gepatit V bilan 
bir xil - parenteral. Vertikal yuqish yo‘lida onadan homilaga gepatit D virusi 
o‘tishidir.Inkubatsion va sariqlik oldi davri qisqa - 3-5 kun.
D virus virusli gepatit V genomi bilan birlashiba gepatit V virusi sintezi va 
replikatsiyasini kuchaytiradi. Gepatit V va gepatit D viruslari patologik jarayonni 
jadallashtiradi va o‘tkir jigar etishmovchiligi rivojlanishi yoki surunkali gepatit 
rivojlanishiga olib keladi.
Virusli gepatit laborator diagnostikasi. 
Virusli gepatit Dva virusli gepatit V da umumiy qon, peshob, najas taxlili va qon 
bioximik taxlilida o‘zgarishlar bir xil bo‘ladi.Qon bioximik taxlilida odatda AST 
faolligi ALT faolligidan yuqori bo‘ladi, Ritis koeffitsienti 1 dan ko‘p bo‘ladi. 
Virusli gepatit Dmarkerlari immunoferment analiz usulida aniqlanadi: 


79 
IgM anti-HDVkasallik yuqqach 2 xaftadan keyin paydo bo‘lib, virus ko‘payishi 
va kasallik avj olishidan darak beradi; 
IgG anti-HDVgepatitDbilan kasallanish davrida yoki infeksiyadan keyin paydo 
bo‘ladi; 
HDAg gepatit D virusi parchalarining antigenlari bo‘lib, delta virus borligini 
bildiradi; 
HBsAg kasallik inkubatsion davridayoq paydo bo‘ladi; 
Umumiy Anti-HD umumiy G va M antitelolarni aniqlaydi va gepatit D virusi 
bor barcha bemorlarga tavsiya etiladi. 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling