Klinik laboratoriya tashxisi


Polimeraz zanjirli reaksiya


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

Polimeraz zanjirli reaksiya yordamida HDV-RNA – gepatit Dvirusi RNK sini 
aniqlaydi. 
Virusli gepatit Dsurunkali kechish ga o‘tsa qisqa vaqt ichida jigar sirroziga olib 
keladi. 
7.5. Virusli gepatit S laborator diagnostikasi 
Virusli gepatit S – parenteral yuquvchi antroponoz virusli kasallik bo‘lib, odatda 
gepatitning engil, sariqliksiz va subklinik shakllari rivojlanishiga olib keladi. 
VGS 80-90% da surunkali gepatit va 20-30% da jigar sirroziga olib keladi, 10-
20% xolatda 1 yil ichida mustaqil sog‘ayish kuzatiladi. YUqish yo‘llari parenteral 
usulda bo‘lib, gepatit V bilan bir xil. Virusli gepatit S ga qarshi emlash yo‘q.
Gepatit S virusi xona xaroratida 16 soatdan 4 kungacha saqlanadi.Virus 50
0
S ga 
chidamli, biroq xloroform va ultrabinafsha nurlari ta’sirida inaktivatsiyalanadi.
Gepatit Sinfeksiya qo‘zg‘atuvchisi – Flaviviridae oilasidagi RNK-tutuvchi
virusdir. Virusning 6 asosiy genotipi (1-6) va 50 ga yaqin turlari bor.
Dunyoda 170 mln. dan ortiq HCV bilan kasallanganlar bor (JSST). Virusli gepatit 
S manbasi – bemorlar va 150 mln.dan ortiq tashuvchilardir. 
GepatitS virusiorganizmga kirgach, gepatotsitlarda replikatsiya bo‘ladi. Gepatit S 
virusi bevosita jigarga sitopatik ta’siri bilan birga u gepatotsitlarning autoimmun 
jaroxatlanishiga xam olib keladi. Bunga sabab, virus antigen tarkibi gepatotsitlar antigen 


80 
tarkibi bilan bir xil, shu bilan birga gepatotsitlar yuzasida virus RNK yordamida 
sintezlangan virus fragmentlarini ajratadi.
Virusli gepatit S inkubatsion davri - 20-90 kun. Gepatit S gepatit A va V ga 
nisbatan engil va simptomsiz kechadi, biroq juda jiddiy asoratlarga olib keladi. SHuning 
uchun gepatit S «yumshoq qotil» deb ham ataladi. Kam xollarda xarorat oshishi
xolsizlik, ko‘ngil aynishi, qorinda diskomfort, sariqlik va peshob rangi to‘qlashishi xos.
Virusli gepatit S laborator diagnostikasi. 
Virusli gepatit S da umumiy qon, peshob, najas taxlili va qon bioximik taxlilida 
odatda o‘zgarishlar bo‘lmaydi.Kam xolatlarda virusli gepatit V kabi o‘zgarishlar 
kuzatiladi. 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling