71
7-BOB. VIRUSLI GEPATITLAR LABORATOR DIAGNOSTIKASI
Jigar eng katta ichki a’zo bo‘lib, vazni 1,5 kg ni tashkil etadi. Har daqiqada
jigarda 1,5 litr qon filtrlanadi.
Jigar quyidagi faoliyatlarni bajaradi:
− kimyoviy laboratoriya (500dan ortiq kimyoviy reaksiyalar);
−
qonni toksinlardan tozalash;
− o‘t ishlab chiqarish;
− qon ivish oqsilli omillarini ishlab chiqarish;
−
gormonlarni ishlab chiqarish;
− immun tizim.
Jigar kasalliklarida uchraydigan asosiy patologik sindromlar
1.
Sitoliz sindromi
2.
Xolestaz sindromi
3. Gepatotsitlar toksik jaroxatlanishi sindromi
4. Gepatotsitlarda sintetik jarayonlar etishmovchiligi sindromi
5. Mezenximal yalig‘lanish sindromi
Sitoliz sindromi
Sitolizda gepatotsit va uning organellalarining
membranasi butunligi buziladi,
natijada zardobda xujayra ichi fermentlari oshadi:
− sitoplazmatik fermentlar – ALT, AST, LDG5
− mitoxondrial fermentlar – GlDG, AST
Mezenximal – yalig‘lanish sindromi
Eritrotsitlar cho‘kish tezligi, gamma-globulinlar miqdori, o‘tkir faza oqsillari
oshishi va sulema sinamasi kamayishi
Gepatotsitlar toksik zararlanish sindromi
−
Intoksikatsiya mavjud, sitoliz belgilari yo‘q, biroq gepatotsitlar faoliyati
buzilgan
72
− - GT miqdori oshishi - alkogol toksik ta’sirining birinchi belgisidir
− - GT faolligi oshishi, AST faolligi ALT faolligiga nisbatan yuqori bo‘lishi –
jigar massiv jaroxatlanishi belgisidir
Do'stlaringiz bilan baham: