66
Gonoreya (lot. “gone” - urug‘, “rhoia” - oqish) jinsiy yo‘l
bilan yuquvchi
kasalliklar guruxiga kiruvchi infeksion kasallikdir. Gonoreya qo‘zg‘atuvchisi Neisseria
gonorrhoeae – nemis olimi A. Neysser tomonidan 1879 yilda aniqlangan.
Gonokokklar peshob-tanosil a’zolari va ko‘zning yiringli yalig‘lanish kasalligaga
sabab bo‘ladi; shu bilan birga bo‘g‘imlar, endokrin va ekzokrin
bezlar va endokardni
ham zararlashi mumkin.
Etiologiyasi. Neisseria gonorrhoeae – gram manfiy diplokokk bo‘lib, kofe
donalarga o‘xshash shaklga ega: botib turuvchi yuzasi bilan bir biriga qarab turadi.
Gonokokklarjuftkokklardir. Gonokokk uzunligi 1,25 x 1,6 mkm, eni 0,7 x 0,8 mkm.
Diplokokklar orasida tirqish mavjud.
Diagnostikasi. Gonoreya tashxisi faqatgina gonokokklarni
laborator aniqlash
orqali qo‘yiladi. Gonoreya bilan kasallangan bemorlarda
gonokokklar quyidagi
materiallarda aniqlanadi:
−
erkaklarda - uretra, prostata bezisekreti, sperma, to‘g‘ri ichak, xalqumda;
− ayollarda – uretra vabachadonbo‘ynisekreti, to‘g‘riichak yoki xalqumda.
Olingan biologik material olingan joyiga ko‘ra quyidagicha markirovka qilinadi:
«U» - uretra;
«C» - bachadon bo‘yni;
«V» - qin;
«R» - to‘g‘ri ichak;
«F» - xalqum.
SHu bilan birga qo‘zg‘atuvchi bo‘g‘im suyuqliklari va boshqa suyuqliklarda ham
aniqlanishi mumkin.
Sitologik tekshiruv. Gonokokklar leykotsitlar ichida aniqlanadi.
Gonokokklar
leykotsitlar
ichida yashaydi, ayrim vaqtlari xattoki ko‘payadi (endotsitobioz –
xujayra
ichi xayoti). Gonokokklarni yutgan leykotsitlar ham o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Yiring tomchisi buyum oynasiga tomiziladi va 2 surtma tayyorlanadi.
Surtma
quritiladi, fiksatsiyalanadi va Gram usulida va metilen ko‘ki bilan bo‘yaladi.
67
Klinik diagnostik laboratoriyalarda dastlab metilen ko‘ki bilan bo‘yaladi va
“xujayra ichida diplokoklar” mavjudligi tekshiriladi. Bunda leykotsitlar sitoplazmasida
gonokokklar to‘q ko‘k bo‘ladi, leykotsitlar yadrosi esa ko‘k-binafsha rangga bo‘yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: