Klinik laboratoriya tashxisi


 Urogenital xlamidioz laborator diagnostikasi


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

6.4. Urogenital xlamidioz laborator diagnostikasi 
Urogenital xlamidioz - xlamidiyalar chaqiruvchi miinfeksion kasallik bo‘lib, 
urogenital trakt va boshqa a’zolarni zararlab, surunkali kechadi. Statistika bo‘yicha bir 
yilda 100 mln odam urogenital xlamidioz bilan kasallanadi. 
Chlamydia trachomatis - xarakatsiz, kokksimon, grammanfiy xujayra ichi 
mikroorganizmlaridir. Xozirda urogenital xlamidioz eng keng tarqalgan (60% gacha), 
gonokokk bo‘lmagan uretritlar sababchisidir. 
Urogenital xlamidioz diagnostikasi: 
1. Bakteriologik usul; 
2. Polimeraz zanjirli reaksiya (PZR); 
3. Immunoferment analiz (IFA); 
4. Immunoflyuoressensiya (PIF); 
5. Immunoxromatografiya (IX) va fermentativ usul; 
6. Sitologik usul. 


70 
Chlamidia trachomatis xujayra ichi paraziti bo‘lganligi uchun diagnostikasi 
murakkab. Xlamidioz diagnostikasi uchun surtma olinmaydi, kasallangan a’zodan qirma 
olinadi. SHu bilan birga qon, peshob va sperma xlamidiyani tekshirish uchun material 
bo‘lishi mumkin. 
6.5. Gardnerellyoz laborator diagnostikasi 
Gardnerellyoz (bakterial vaginoz) — yalig‘lanishsiz infeksion kasallik bo‘lib, 
vaginal ajralmada laktoflora keskin kamayishi va uni polimikrob anaeroblar va 
gardnerella bilan almashishi bilan xarakterlanadi.
Sog‘lom ayollarda vaginal mikrofloraning 80-95% ini laktobakteriyalar - 
«Doderleyn tayoqchalari» egallaydi. Gardnerella vaginalis bakterial vaginozga sabab 
bo‘luvchi eng patogen mikroorganizmdir. Kasallik jinsiy bo‘lmagan yo‘llar bilan ham 
yuqishi mumkin. 
Gardnerellyoz diagnostikasi mikroskopiyaga asoslangan. 
Xey-Ayson shkalasi bo‘yicha qin tozalik darajasi quyidagicha aniqlanadi: 
0 daraja – epitelial xujayralar bor, bakteriyalar yo‘q; 
I daraja – normal vaginal mikroflora (laktobatsillalar ustun); 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling