Klinik laboratoriya tashxisi


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

Immunofermentanaliz usulida virusli gepatit Smarkerlari aniqlanadi: 
− anti-HSV IgG - gepatit C virusiga qarshi G antitelolari kasallanish yoki 
o‘tkazilgan HCV infeksiyasini bildiradi; 
− anti-HCV core IgM – gepatit C virusi yadro oqsillariga M antitelolar 
kechayotgan infeksiyani bildiradi; 
− anti-HCV core IgG - gepatit C virusi yadro oqsillariga qarshi G antitelolari 
kasallanish yoki o‘tkazilgan HCV infeksiyasini bildiradi; 
− anti-HCV NS - gepatit C virusi nostruktur oqsillariga qarshi antitelolar gepatitS 
surunkali bosqichini anglatadi; 
O‘tkir davrda anti-HCV core IgM va G aniqlanadi, NS4-oqsillariga antitelolar 
bo‘lmaydi. Latent davrda anti-HCV IgM aniqlanmaydi, anti-HCV core IgG va NS4 va 
NS5 ga qarshi antitelolar aniqlanadi. 
Polimeraz zanjirli reaksiya HCV-RNA - gepatit C virusi RNK sini aniqlaydi, 
virus tushgach bir necha kundan 8 xaftagacha paydo bo‘ladi va tuzalgach 12 xaftadan 
so‘ng yo‘qoladi 
 
 


81 
8-BOB. ODAM IMMUN TANQISLIK INFEKSIYASI
LABORATOR DIAGNOSTIKASI. 
Odam immun tanqislik infeksiyasi – odam immun tanqislik virusi(OIV, NIV) 
keltirib chiqaruvchi va uzoq vaqt davomida davriy kechuvchi infeksion kasallikdir. 
Odam immun tanqislik sindromi (OITS) – OIV infeksiyasining terminal davri 
bo‘lib, kasallik yuqqandan keyin uzoq vaqt o‘tgach rivojlanadi va opportunistik 
infeksiyalar, o‘smalar rivojlanishi natijasida o‘limga olib keladi.
Dastlab odam immun tanqislik infeksiyasi1981 yilda 1-martaAQSHda 
ta’riflangan. 1982 yilda OITS (AIDS)tushunchasi paydo bo‘ldi 1983 yilda Robert Gallo 
va Lyuk Montane tomonidan OIV-1 aniqlandi. 1986 yilda Lyuk Montane tomonidan 
OIV-2 aniqlandi. 
Epidemiologiyasi 
OITS epidemiyasi 20 yildan ortiq davom etmoqda. Dunyoda 80 mln. dan ortiq 
odamlar OIV ni yuqtirgan. 35 mln. dan ortiq odam ushbu kasallikdan vafot etgan va 40 
mln. ga yaqin odam OIV infeksiyasi bilan yashamoqda. OIV bilan kasallangan onadan 
tug‘ilgan 430 ming bola nazorat qilinmoqda.Xar yili taxminan 5 mln. odamlar kasallikni 
yuqtiradi.Markaziy va Janubiy Afrika voyaga etgan axolisining 15-20 % OIV yuqtirgan. 
90% OITS bemorlari 20-45 yosh oralig‘ida kasallangan.
Infeksiya manbai: infeksiya yuqtirgan odam.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling