Klinik laboratoriya tashxisi


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

9-BOB. GEMOSTAZ TIZIMI 
Gemostaz – bu biologik tizim bo‘lib, bir tomondan qonning suyuqligini, ikkinchi 
tomondan qon ketishning oldini olish va qon to‘xtatishni ta’minlaydi. 
Gemostaz shartli ravishda 2 ga bo‘linadi: 
1. birlamchi tomir-trombotsitar gemostaz. 
2. Ikkilamchi koagulyasion gemostaz. 
Gemostaz tizimi quyidagi komponentlardan iborat
1. Qon tomir komponenti 
2. Qon ivish xujayra omillari 
3. Qon ivish plazma omillari
 
1. Qon tomir komponenti 
Qon tomirlar devorining jaroxatlanishi faol tromboplastin ajralishiga olib 
keladi.U esa koagulyasion gemostaz boshlanishi uchun turtki xisoblanadi. SHu bilan 
birga qon tomir devoridan ajraluvchi Villebrand omili trombotsitar gemostaz 
faollashishiga olib keladi.
Qon ivish jarayonida dastlab serotonin ta’sirida jaroxatlangan qon tomir 
qisqaradi va qon ketish soxasini kichraytiradi. Geparin esa bevosita ta’sir 
qilivchi antikoagulyant bo‘lib, qon ivishiga qarshi ta’sirga ega. Endoteliy 
yuzasidagi geparin esa qonni suyuq xolda saqlab turish va qon tomir yuzasiga 
qon ivish omillari yopishib qolishidan asrab turadi. SHuningdek, qon tomir 
endoteliy xujayralaridagi antitrombin I, II va III omillari qon zardobida trombin 
va uning faolligi ko‘payib ketishining oldini oladi. 
2. Qon ivish xujayra omillari 
Trombotsitlar gemostatik jarayonning barcha fazalarida ishtirok etadi. 
Trombotsit qon xujayrasi bo‘lib, unda 60 dan ortiq biologik faol moddalar 
mavjud. Ulardan 12 tasi bevosita qon ivish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillardir.
Trombotsitlar quyidagi jarayonlarda ishtirok etadi: 
1. Mikrotomirlar butunligi, rezistentligi va o‘tkazuvchanligini ta’minlaydi. 


96 
2. Adgeziya va agregatsiya faoliyati orqali birlamchi trombotsitar probka 
shakllanishida qatnashadi. 
3. Qon ketish joyiga plazma ivish omillarini olib keladi. 
4. Qon laxtasi retraksiyasini ta’minlaydi. 
Trombotsitlarning adgeziya, agregatsiya va retraksiya faoliyatlari ma’lum. 
Adgeziya trombotsitlarning qon tomirining zararlangan joyiga yopishishidir. 
Zararlangan qon tomir devoridan ajraluvchi Villebrand omili trombotsitlar 
faollashishi va tomir devoriga adgeziyasiga olib keladi. Adgeziya bo‘lgan 
trombotsitlar ham o‘z tarkibidagi Villebrand omilini ajratadi va trombotsitlar 
agregatsiyasiga olib keladi. Agregatsiya – trombotsitlarning bir biriga 
yopishishidir. Hosil bo‘lgan tromb qisqarishini trombotsitlar retraksiyasi 
ta’minlaydi. Retraksiya laxta hosil bo‘lgandan 15 – 30 daqiqidan keyin boshlanib, 30 
daqiqadan 3 soatgacha davom etadi. Hosil bo‘lgan oq trombga leykotsitlar va 
eritrotsitlar ham yopishadi va qizil tromb hosil bo‘ladi. Lekin bu tromb suyuq va 
oquvchan bo‘lib, kichik kalibrli tomirlardan qon ketishini to‘xtata oladi xolos. 
Trombotsitlar tromboplastini va plazma tromboplastini qo‘shilib, faol 
tromboplastin hosil qiladi, uning ta’sirida esa koagulyasion gemostaz 
faollashadi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling