Klinik laboratoriya tashxisi


 Etanol va protaminsulfattestlari


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

10. Etanol va protaminsulfattestlari.
Plazmaga 50% etanol eritmasi yoki 1% protamin sulfat eritmasi qo‘shiladi. Eruvchan 
fibrin monomer komplekslar bo‘lganda gel hosil bo‘ladi va natija musbat deb 
baxolanadi. Musbat natija DVS-sindrom giperkoagulyasiya bosqichida, massiv 
trombozlar va tromboemboliyalarda kuzatiladi. 
 
 
9.3. Gemorragik diatezlar laborator diagnostikasi 
Gemorragik diatez - gemostaz tizimining buzilishi natijasida vujudga kelgan
asosiy belgisi gemorragik sindrom bo‘lgan kasalliklar guruxidir. 
Gemorragik diatezlar klassifikatsiyasi. 


106 
1.Megakariotsitar-trombotsitar sistemadagi uzgarishlar 

Trombotsitopeniya

Trombotsitopatiya 
2.Koagulopatiya 

Gemofiliya A,V,S 

Gipokonvertinemiya, V,III,X,XIII omillar etishmovchiligi 
3.Tomirlar tizimi buzilishi: 

Gemorragik vaskulit 

Randyu-Osler kasalligi. 
Trombotsitopeniya 
Trombotsitopeniya trombotsitlar miqdorining 150x10
9
/l dan kamayishi bilan 
xarakterlanadigan kasallikdir.Trombotsitopeniya tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi: 
1.Tugma trombotsitopeniya 
Tugma trombotsitopeniyada trombotsit membranasi strukturasida defektlar 
bo‘lib, xujayrada energetik jarayonlar buziladi va trombotsitlarning tezda 
parchalanishiga olib keladi
2. Orttirilgan trombotsitopeniya - idiopatik trombotsitopenik purpura (ITP, 
Verlgof kasalligi). 
Idiopatik trombotsitopenik purpurada etiologik omilni aniqlab bo‘lmaydi. ITP da 
taloqda antitrombotsitar antitelolar (IgG) sintezlanadi va u trombotsitlarga birikib
trombotsitlar autoimmun parchalanishiga sabab bo‘ladi. 
3. Simptomatik trombotsitopeniya. 
Simptomatik trombotsitopeniyada trombotsitopeniya boshqa kasalliklarning 
belgisi sifatida paydo bo‘ladi.
Bunga quyidagi kasallik va omillar kiradi:
- mielofibroz; 
- aplastik anemiya
- suyak ko‘migiga o‘sma metastazlari; 


107 
- biriktiruvchi to‘qima tizimli kasalliklari (tizimli qizil bo‘richa, sklerodermiya, 
revmatoidli artrit); 
- psoriaz; 
- sil; 
- malyariya; 
- gepatitlar, jigar sirrozi; 
- nurlanish; 
- medikametoz (sitostatik terapiya, antibakterial terapiya va b.) trombotsitopeniya 
va b. 
Trombotsitlar miqdoriga ko‘ra trombotsitopeniya darajasi quyidagicha: 
1 – daraja. Trombotsitlar miqdori 100 - 75 x10
9
/l. Jarroxlik amaliyoti va 
ximioterapiya kurslarini o‘tkazish qarshi ko‘rsatma xisoblanadi. 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling