108
3. Trombotsitlar faoliyati
Trombotsitlar soni kam bo‘lganligi uchun uning adgeziya,
agregatsiya va retraksiya
faoliyati kamayadi.
4. Koagulogrammada ko‘rsatkichlarida o‘zgarish bo‘lmaydi.
5. Qon ivish vakti normada.
6.
Mielogramma.
Suyak ko‘migi punktatida megakariotsitlar oshgan,
megakariotsitlar ichida
trombotsitar donadorligi kam
7. Dikson sinamasi.
Dikson sinamasi antitrombotsitar antitelolarni aniklash uchun o‘tkaziladi. Antitelolar
miqdori 200 martagacha oshgan bo‘lishi mumkin.
Trombotsitopatiya
Trombotsitopatiya - trombotsitlar adgeziya va agregatsiya
faoliyati buzilishi
bilan xarakterlanadigan kasallik bo‘lib, gemostaz buzilishi va gemorragik sindromga
olib keladi. Trombotsitopatiyada gemorragik diatezlarning 36%
ini tashkil kilib, unda
trombotsitlar miqdori normada bo‘ladi.
Trombotsitopatiya turlari:
1. Tug‘ma trombotsitopatiya.
2. Orttirilgan trombotsitopatiya.
Orttirilgan trombotsitopatiyaga olib keladi:
- og‘ir infeksion kasalliklar;
- gemoblastozlar;
-
mieloproliferativ kasalliklar;
- uremiya;
- jigar sirrozi, o‘smasi;
-
parazitar kasalliklar;
- DVS - sindrom va fibrinoliz faollashishi;
- gormonal o‘zgarishlar (gipo - va distireozlar, gipoestrogeniya va b.);
- nurlanish;
109
- massivgemotransfuziyalar;
- medikamentoz trombotsitopatiya va b.
Klinik ko‘rinishi bo‘yicha trombotsitopeniya va
trombotsitopatiyani bir xil
bo‘lsada, ularni davolash keskin farq qiladi. SHuning uchun trombotsitopatiya
tashxisida laborator diagnostika muxim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: