Klinik laboratoriya tashxisi
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Revmatizm kechishining turlari.
- Revmatizm bilan kasallangan bemorlarni klinik tekshiruv usullari.
Revmatizm tasnifi
Kasallik bosqichlar i YUrak shikastlanishini klinik-anatomik tavsifi Boshka a’zolar Kechishi Qon aylanish holati Faol Birlamchi revmokardit klapanlar nuksonisiz Poliartrit, serozitlar (plevrit, abdominal sindrom) O‘tkir, o‘tkir osti, uzluksiz, retsidivlovchi , latent NO HI HII Faollik 1,2,3 bosqich Klapan nuksonlari bilan kaytuvchi revmokardit revmatizm yurakdagi o‘zgarishlarsiz Xoreya, ensefalit serebral vaskulit, ruxiy asab buzilish- lar, vaskulitlar, nef- ritlar, gepatitlar, pnevmoniyalar, terining zararlanishi, irit, iridatsiklit HUB HIII Nofaol bosqich Revmatik miokardioskleroz, Tireoidit yurakdan tashkari shikastlanish 113 yurak nuqsoni asoratlari Revmatizm kechishining turlari. O‘tkir kechishi bolalarda va o‘rta yoshli odamlarda uchraydi. Isitma 39-40 0 C gacha, yirik bo‘g‘imlarda poliartrit yoki o‘tkir atralgiya, turli joylardagi serozit, yaqqol darajadagi karditlar xarakterli, 2-3 oy davomida tez ortga qaytadi. O‘tkir osti kechishi. To‘lqinsimon isitma avj olish paytida og‘ir kardit poliartrit yoki uning bo‘lmasligi. Davomiyligi 3-6 oygacha og‘irrok kechadi. Boshlang‘ich revmakardit bilan og‘rigan odamlarda kuzatiladi. Kardit torpidli 6 oydan ko‘p davom etadi. Avj olish belgilarsiz. To‘liq remissiyasiz. Revmatizm bilan kasallangan bemorlarni klinik tekshiruv usullari. Klinik ko‘rinishi ko‘p va turli a’zolar biriktiruvchi to‘qimadagi yallig‘lanishli o‘zgarishlarning joylashgan joyiga va revmatik jarayonning o‘tkirligiga bog‘liq bo‘ladi, qoida bo‘yicha kasallik infeksiyani o‘tkazgandan so‘ng 1-2 xaftadan keyin rivojlanadi. Ko‘p xollarda bemorlarga subfebril isitma, holsizlik, terlash paydo buladi. Keyinchalik (1-3 xaftadan keyin) u simptomlarga yangi yurak shikastlanganligini bildiruvchi simptomlar qo‘shiladi. Bemorlar yuragi tez urib ketishiga, yurak sohasida og‘irlik hissi va og‘rik sezilishiga, hansirashga shikoyat qiladilar. Kasallik ba’zan o‘tkir boshlanadi. Umumiy holsizlik, tez charchash, terlash bilan boruvchi remittirlovchi isitma (38-39°) paydo bo‘ladi. Bir vaqtda yoki bir necha kun o‘tib bo‘g‘imlarda og‘rik paydo bo‘ladi. Asosan yirik va o‘rta bo‘g‘imlarda: boldir, tovon, tizza, elka, bilak, panja va tovon bo‘g‘imlar shikastlanishi ko‘pligi, simmetrikligi va uning uchuvchan xarakterli bo‘lish, ya’ni og‘rik bir bo‘g‘imda yo‘qolib, boshqasida paydo bo‘ladi. Revmatik poliartrit odatda havfsiz kechadi: bir necha kundan keyin o‘tkir yallig‘lanishlar yo‘qoladi. Lekin bo‘g‘imlardagi simmilovchi og‘riqlar uzok vaqt saqlanishi mumkin. Bo‘g‘imlardagi yallig‘lanishning yo‘qolishi bemorni tuzalganligini bildirmaydi. Bir vaqtning o‘zida jarayonga boshka a’zolar va birinchi o‘rinda yurak kon tomir tizimi qo‘shiladi, undan tashkari seroz o‘pka, jigar, buyrak, asab tizimi shikastlanishi mumkin. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling