Klinik laboratoriya tashxisi
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiologiyasi
Revmatoid artrit – Biriktiruvchi to‘qimaning tizimli yallig‘lanish kasalligi bo‘lib,
surunkali jadallashuvchi eroziyali destruktivli poliartrit bilan ifodalanadi. Ayollar erkaklarga nisbatan ko‘proq kasallanadi, asosan kasallik yoshlarda va o‘rta yoshlilarda ko‘proq uchraydi. Oxirgi statistik ma’lumotlarga asosan, er yuzidagi aholining 0,8-5% ida kasallik aniqlanadi. Etiologiyasi aniqlanmagan. Patogenezi - Kasallikning vujudga kelishida A va V gurux streptokokklarga, ichak va siydik infeksiyasiga, mikoplazmaga, V-lifotsitda joylashgan va immunoglobulinlar sintezini buzish qobiliyatiga ega bo‘lgan Epshteyn-Barr virusiga ahamiyat berilmoqda. -Irsiy omillar. -Bo‘g‘imning yumshoq to‘qimalaridagi ekssudativ o‘zgarishlar. -Jarayonga tog‘ay to‘qimali bo‘g‘im oldi to‘qimalar qo‘shiladi, fibroz sklerotik o‘zgarishlar rivojlanadi, sinovial pardada granulyasion biriktiruvchi to‘qima (pannus) hosil bo‘ladi va rivojlanadi. Pannus asta sekin tog‘ay va suyak epifizini shikastlaydi, natijada yara (uzur), darcha, tirkish vujudga keladi. Bo‘g‘im bo‘shlig‘ida yopishqoq loyqa sinovial suyuqlik aniqlanadi. -oxirgi bosqichda tog‘ayning emirilishi bo‘g‘im chiqishiga, yarim chiqishiga, ankiloz (xarakatdan qolishi) va bo‘g‘imlar shaklining o‘zgarishiga olib keladi. Revmatoid artritda bo‘g‘imlar shikastlanishi bilan birga doimo biriktiruvchi to‘qimalarva a’zolarning dezorganizatsiyasi kuzatiladi, shuning uchun bu kasallik tizimli kasallik sifatida izoxlanadi. Tasnifi: 1980 yilda revmatologlar jamiyatining plenumida qabul qilingan tasnifda kasallikning 4 klinik turi ifodalanadi: I – asosan bo‘g‘im shakli poli-, oligo- yoki monoartrit ko‘rinishida; II – bo‘g‘im - visseral shakli; III – revmatoid artritning boshqa yoyilgan kasalliklar yoki bo‘g‘im kasalliklari bilan birga kelishi; IV – yuvenil revmatoid artriti 116 Klinika: Kasallikning boshlanishi xar xil bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha u asta – sekin, sust – prolongirlangan, lekin o‘tkir yoki yarim o‘tkir ko‘rinishida rivojlanadi. Kasallikning klinik ko‘rinishida muxim o‘rinni bo‘g‘im sindromi – 85%, qolgan 15 foizini bo‘g‘imdan tashqari (visseral) turi tashkil qiladi. Visseral turining ilk ko‘rinishi qon-tomirlar zararlanishining tarqalishiga (shikastlangan a’zo vaskulitiga) bog‘liq bo‘ladi. Kasallikning boshlanishidagi asosiy belgi – poliartralgiya – yallig‘lanishsiz og‘riq, simmetrik joylashgan mayda (ko‘proq bilak, kaft-panja va falangalararo) bo‘g‘imlar shikastlanishi (50%), qisman yirik bo‘g‘imlar (25%) va monoartrit (25%) vujudga keladi. Og‘riq ertalab va kunning birinchi yarmida kuchliroq bo‘ladi, kechga borib kamayadi. Og‘riq shikastlangan bo‘g‘imlarda o‘zgarmas, doimiy bo‘lib, kasallik rivojlangan sari sekin – asta kuchayib boradi. Amerika revmatologlari uyushmasi taklifiga binoan kasallikning quyidagi asosiy tashxisiy (diagnostik) mezonlari tafovut qilinadi: -Ertalabki bo‘g‘im harakatining chegaralanishi (tangligi) -3 yoki undan ko‘p bo‘g‘imlar artriti -Qo‘l panjalar bo‘g‘imlari artriti -Simmetrik artrit -Revmatoid tugunchalar -Revmatoid omil aniqlanishi -Rentgenologik o‘zgarishlar Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling