117
g/l), S-reaktiv oqsilning (> 5 mg/l) paydo bo‘lishi,
endogen glyukokartikoidlar
miqdorining kamayishi kuzatiladi.
Immunologik o‘zgarishlar kasallik boshlanishida sinovial suyuqlikda ( 2
rasmga
qarang) bo‘g‘im sinovial qobiqlarining plazmatik xujayralari
ishlab chiqaradigan va
Vaaler-Rouz yoki lateks – test sinamalari bilan autotana xosil qiladigan revmatoid omili
(RO) titri ko‘tarilganligi bilan xarakterlanadi va patologik jarayonning faollik darajasi,
kechishi, xamda bo‘g‘imdan tashqari a’zolar shikastlanganligi
holati bilan bevosita
bog‘liq bo‘ladi.
Revmatoid omilni aniqlash. Revmatoid lateks-test
yoki lateks qismchalarida
adsorbsiyalangan
quyonning u-globulini, yoxud Vaaler – Roz reaksiyasida qo‘yning
eritrotsitlarida adsorbsiyalangan u-globulinning inson u-globulini
bilan agglyutinatsiya
reaksiyasi yordamida bemor zardobi tekshiriladi. Natija maksimal zardobni (titri) eritish
bo‘yicha olinadi, bunda rematoid omil aniqlanishi oson bo‘ladi. Sog‘lom
odamda
maksimal titr 1:64 dan oshmaydi.
Ba’zi (20%) bemorlarda kasallikning “seronegativ” turi uchrab, RO topilmaydi.
Rentgenologik revmatoid artritning 4 bosqichi aniqlandi:
I – bosqich (boshlang‘ich) – faqat bo‘g‘im atrofiosteoparozi.
II – bosqich – osteoparoz + bo‘g‘im tirqishini torayishi.
III – bosqich – osteoparoz + bo‘g‘im tolasi torayishi + suyak eroziyasi.
IV – bosqich - III – bosqich belgilari + bo‘g‘im ankilozi.
Do'stlaringiz bilan baham: