Klinik laboratoriya tashxisi
Tizimli qizil yuguruk laborator diagnostikasi
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik
10.4. Tizimli qizil yuguruk laborator diagnostikasi
TQYUda bo‘g‘imlarga nisbatan teri qoplamalari klinik tomonlama ko‘proq shikastlanadi. Asosan “kapalak” simptomi xarakterli yuzning chakka soxasida burun belida. Teri shikastlanishini yuzning va tananing ochiq qisimlikini diffuz eritmasi diskoid yugurik elementlari pemfigoidli toshma va boshqalar bilan nomoyon bo‘lishi mumkin. Diagnostik ahamiyatga ega bo‘lgan ba’zi bemorlarda kaft va panja barmoqlari soxasida teleangiektapik toshmalar paydo bo‘lishi mumkin. 90% bemorlarda seroz qavatlarining asosan plevra va perikardning shikastlanishi kuzatiladi. Plevritlar va perekarditlar ko‘p xollarda quruq, kam hollarda ekssudatli bo‘ladi. Rengentologik avval boshidan o‘tkazgan serozitlar – plevroperikardial bitishmalar yoki plevraning qalinlashganligi aniqlanadi. TQYU da patologik jarayonga ko‘pincha yurak tomir tizimi ham tortiladi. Klinik bu miokardidistrofiyalar miokardit yoki endokardit klapan apparatining shikastlanishi bilan kechishi mumkin. Miokard shikastlanishi yurak sohasidagi og‘riklar, xansirash, taxikardiya shovqinlari, ritm buzilishlarii bilan namoyon bo‘ladi. Periferik qonda leykopeniya, gipoxrom anemiya, ECHT ni oshishi, gemolitik anemiya retikulotsitoz bilan, trombotsitopeniya rivojlanishi mumkin. Disproteinemiya, gammaglobulinlarni oshishi ko‘p sonli yugurik hujayralari aniqlanadi ANF titrlarini va DNK ga antitanalarni oshishi kuzatiladi. Ko‘pchilik bemorlarda jarayonni avj olishi davrida komplemeng darajasi pasayadi, ba’zi xollarda Vassermanning yolgon musbat reaksiyasi aniklanadi. Uning rivojlanishi fosfolipidlarga antigenlarni ishlab 120 chiqarilishini oshishi, eng birinchi navbatda kardiolipinga, chunki u reaksiyaning asosiy antigeni xisoblanadi. Tizimli qizil yugurak omilini aniqlash. Qonda, suyak ko‘migi punktatida, shuningdek ekssudatda qizil yugurak LE xujayralarini aniqlash mumkin. LE xujayralar mikroskopik aniqlanadi, ular neytrofil leykotsitlar bo‘lib, sitoplazmasida bir yoki bir necha gomogen, qizg‘ish-siyohrang hosilalar tutadi. LE xujayralarini topish uchun surtmada leykotsitlar konsentratsiyasini yuqori darajasiga erishiladi, undan keyin Romanovskiy bo‘yicha bo‘yaladi. TQYU bemorlarda LE xujayralarini aniqlash darajasi 40-95% o‘rtasida (3 rasm qarang). 3 rasm: LE xujayralar Tizimli qizil yugurak Laborator ko‘rsatkichlar darajasining o‘zgarishi faollik va yugurik jarayonining kechishini darajasiga bog‘lik. Diagnostika: aniq tashxis qo‘yish uchun Amerika revmatologlar assotsiatsiyasi tashxisiy mezonlaridan foydalaniladi. 1) yuzda eritema paydo bo‘lishi “kapalak” 2) diskoidli toshmalar 3) fotosensibilizatsiya 4) og‘iz bo‘shlig‘ini yaralanishi 121 5) artrit 6) serozit plevrit va perikardit 7) buyraklarning shikastlanishi protekuriya bilan 0.5 g\sutdan yukori. 8) nevrologik buzilishlar epireptiformli tutqanoqlar yoki ksinozlar tipi bo‘yicha. 9) Gematologik buzilishlari qonda leykopeniya, gemolitik anemiya va trombotsitopeniya ko‘rinishida. 10) immunologik buzilishlar musbat testni LE-hujayralarga DNK ga antitanalarni bo‘lishi Vassermaning yolg‘on musbat reaksiyasi bilan namoyon bo‘ladi. 11) ANF titrining oshishi TQYU li kasallar gruhiga bemorni kiritish uchun berilgan. 11 kriteriylardan 4ta va undan ko‘p kriteriylar bo‘lishi kerak. Diagnostik kriteriylar ketma ket yoki bir vaqtning o‘zida kuzatuvning ma’lum bir davrida namoyon bo‘ladi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling