Klinik laboratoriya tashxisi
Tizimli sklerodermiya laborator diagnostikasi
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik
10.3. Tizimli sklerodermiya laborator diagnostikasi
Tizimli sklerodermiya bu biriktiruvchi to‘qimani avj olib boruvchi sklerozi, vazospastik buzilishlar, teri va tayanch-xarakat apparatining o‘ziga xos buzilishlari bilan kechuvchi tizimli kasallikdir. TSDning tarqalganligi 1 mln aholiga 2,7 – 12 odamni tashkil qiladi. Biriktiruvchi to‘qima diffuz kasalliklari guruxi ichida tarqalish darajasi bo‘yicha TQYUdan keyin 2chi o‘rinni egallaydi. Oxirgi yillarda TSD ni uchrash darajasi ortishi kuzatilmoqda. Ayollar erkaklarga nisbatan 5-6 marta ko‘proq kasalanadi. TSD bilan turli yoshdagilar kasallanadi, ammo kasallikning cho‘qqisi 30-50 yoshga to‘g‘ri keladi. Kasallik etiologiya va patogenezi xozirgi vaqtgacha noma’lum. SHu o‘rinda bu kasallik kelib 118 chiqishida viruslarni, jumladan gerpes va retroviruslarni o‘rni xam inkor etilmaydi. Bundan tashqari kasallikni kelib chiqishidan sovqotish, zaxarli moddalar bilan muloqotda bo‘lish, vibratsiya, turli shikastlar, stress, tug‘ruqlar, abortlar, vaksinatsiya va boshqa holatlar xam axamiyatli xisoblanadi. Bemorlarda klinik manifestatsiya namoyoni har xil bo‘lishi mumkin. Bir bemorda Reyno sindromi bilan, boshqa bemorda esa – teri, yana bir bemorda esa bo‘g‘im sindromi bilan namoyon bo‘lishi mumkin. TSDda uchrovchi teridagi o‘zgarishlar o‘zining klinik ko‘rinishi va tarqalishi bo‘yicha turlicha bo‘lishi mumkin. Aksariyat hollarda terining sklerodermik o‘zgarishlari 3 bosqichda kechadi: zich shish, induratsiya va atrofiya. Bemorlarning ko‘pchiligida patologik jarayon kaftlardan boshlanib, u erda simmetrik joylashgan zich og‘riqsiz shish paydo bo‘ladi. Terining zich shishi bir necha oylar va yil davomida kuzatilishi mumkin, bu kasallikni qanday kechishiga asos buladi, keyinchalik asta-sekinlik bilan indurativ bosqichga o‘tadi. Teri zich bo‘lib qoladi, burma hosil bo‘lmaydi, uning giperpigmentatsiyasi paydo bo‘lib, u tarqoq yoki mahalliy ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Jarayonning avj olib borishi bilan TSD bemorlariga xos bo‘lgan yuz tuzilishi – yuz terisining tarang tortilishi, og‘iz atrofida xamirsimon ajinlar, lab, burunning yupqalashishi, og‘iz ochilishining qiyinlashishi, qovoqlarning sklerozlanishi (“sanam chehrasi”) bilan xarakterlanadi. Terining induratsiyasi tarqoq xarakterga ega bo‘lishi ham mumkin, bunday holatda qo‘l va yuzdan tashqari jarayon oyoq, ko‘krak, qorin va belda ham rivojlanadi. Bemorlar o‘zini «sovut» ichidagiday his qilib qoladi. Uzok, surunkali davom etuvchi TSDda induratsiya boskichi terining atrofiyasi bilan almashinishi mumkin. Teri yana harakatchan bo‘lib qoladi, burmaga oson olinadi, papiros qog‘oz ko‘chishini eslatadi. TSD ni surunkali kechishining xarakatli belgisi teleangiektaziyalarning borligidir. Teleangiektaziyalar yuzda, ko‘krakda, belda, oyoq va qo‘l oxirlarida joylashadi va kapillyar tugunlarning va venulalarning kengayishi bilan izoxlanadi. TSD ga yana ko‘pincha Reyno sindromi, vazomotor buzilishlar xos bo‘lib, ular ko‘pchilik bemorlarda kuzatiladi. TSD bilan kasallangan bemorlarda Reyno sindromi xuruji bo‘lmagan 119 holatda, sovuqqa yuqori sezuvchanlik, qo‘l va oyoklarning uvushishi, qo‘l barmoklarini tashqi ko‘rinishlari o‘zgarmagan holda bo‘lishi aniqlanadi. Reyno sindromidan tashqari og‘riklar, havo etishmaslik hissi, bosh aylanishi yoki bosh og‘rig‘i, xushidan ketish xolatlar arterial bosimni oshishi, ko‘rish qobiliyatini yomonlashishi paydo bo‘ladi. Bu simptomatika yurak, o‘pka, buyrak va boshka a’zolar tomirlarini jaroxatlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling