Klinik laboratoriya tashxisi
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik
Gemopoez regulyatsiyasi
Qon yaratish quyidagi omillar bilan boshqariladi: − o’sish omillari - eritropoetin, leykopoetin, trombopoetin; − mikroelementlar, vitaminlar, gormonlar (eritropoetin, tiroksin, androgen, kortikosteroidlar, o’sish gormonlari). O’sish faktorlariga koloniya stimullovchi omillar, interleykinlar va ingibirlovchi omillar kiradi. Deyarli barcha o’sish omillari o’zak hujayralar va kolloniya hosil qiluvchi hujayralarga ta'sir qiladi. Normal eritropoez uchun zarur: 1. Oqsil almashinuvini boshqaruvchi gormonlar (gipofiz somatotrop gormoni, tiroksin va b.) 2. Kaltsiy almashinuvini boshqaruvchi gormonlar (paratgormon, tireokalsitonin) 3. Androgenlar eritropoezni stimullaydi, estrogenlar esa tormozlaydi. 4. Eritropoetin. Eritropoetinning katta qismi buyraklarda hosil bo’ladi. Uning hosil bo’lishi buyrakdagi qon aylanishi va kislorod tanqisligi bilan bog’liq. Eritrotsitlar sonining kamayishi va kislorod parsial bosimining tushishi eritropoetin ishlab chiqarilishi oshishi uchun asosdir. Surunkali buyrak kasalliklarida eritropoetin ishlab chiqarilishi kamayadi. Trombopoetin jigarda sintezlanadi, kolloniya hosil qiluvchi megakariotsitar qator hujayralarining proliferatsiyasi va differensirovkasini, trombotsit hosil bo’lishini kuchaytiradi. 5. Mikroelementlar (temir, mis, rux, selen va b.). Temir gem tarkibiga kirib, gemoglobin sintezi uchun zarur. Organizmda temir tanqisligi alimentar sabablar, oshqozon-ichak kasalliklarida so’rilish buzilishi, temirga ehtiyoj oshishi (homiladorlik, sportsmenlarda), qon ketganda rivojlanadi.Mis eritrotsitlar yyetilishida katta ahamiyatga ega. 130 6. Vitaminlar. Foliy kislotasi, B 12 , B 6 , B 2 va C vitaminlari qon yaratish uchun zarur. Vitamin B 12 va foliy kislotasi eritroblastlarda nuklein kislotalar sintezida ishtirok etadi va ularning proliferatsiyasini kuchaytiradi. 7. Sitokinlar (interleykin 1, 3, 6, 11 va 12, o’sma nekrozi omili) polipotent o’zak hujayralar differensirovkasida ishtirok etadi. Ingibirlovchi omillar gemopoetik hujayralar ishlab chiqarilishini susaytiradi.Bu omillarning yyetishmovchiligi natijasida leykemiya, qonda leykotsitlar oshishi rivojlanadi. Lyeykemiya ingibirlovchi omili monotsit - makrofaglar proliferatsiyasi va differensirovkasini tormozlaydi Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling