132
− normoregenerator yoki regenerator (postgemorragik anemiya) - retikulosit
miqdori normada.
− Giperregenerator (gemolitik anemiyalar) - retikulotsitlar soni keskin oshadi.
5. Etiopatogenetik tasnifi.
− Surunkali kasalliklar anemiyasi: sil, bakterial endokardit, bronxoektatik kasallik,
o’pka absessi, brutsellyoz, pielonefrit, osteomielit, kollagenozlar (tizimli qizil bo’richa,
revmatoidli artrit va b.).
−
Temir tanqislik anemiyasi;
− Megaloblast anemiyalar: vitamin B
12
tanqislik anemiyasi, foliy kislota tanqislik
anemiyasi.
− Gemolitik anemiyalar: tug’ma va orttirilgan.
− Gipo-, aplastik anemiya.
− Metaplastik anemiyalar: leykozlar, xavfli o’smalar metastazlari.
Temir tanqislik anemiyasi
Temir tanqislik anemiyasi eng ko’p tarqalgan bo’lib, anemiyalar ichida 80% ni
tashkil etadi. Temir tanqisligi anemiyasining sitologik belgilari:
1. Periferik qonda:
− Eritrotsit va
gemoglobin kamayishi;
− Eritrotsitlar mikrositozi - (6 mkm va undan kichrayishi);
− Eritrotsitlar gipoxromiyasi - rangining och bo’lishi;
− Eritrotsitlar poykilositozi -shaklining o’zgarishi.
2. Mielogrammada
normoblastik
turdagi
qon
yaratish,
eritroid
qator
giperplaziyasi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: