Klinik laboratoriya tashxisi


 Trombositopoez. Trombosit qator patologiyasi laborator diagnostikasi


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

11.4. Trombositopoez. Trombosit qator patologiyasi laborator diagnostikasi. 
Mashg’ulot maqsasi: trombositopoez bilan tanishish, trombositlar sanash usuli, 
trombositoz, trombositopeniya, qon va suyak ko’migining trombositar qator 
patologiyasini sitologik tekshirishni o’zlashtirish. 
Organizmda 
trombositlar 
shakllanish 
jarayoni 
trombositopoez 
deb 
ataladi.Trombositlarning ona hujayrasi megakariositar hujayra hisoblanadi. 
Megakariositar hujayra elementlari suyak ko’migidagi mieloid oldi hujayralaridan 
hosil bo’ladi, differensiallanadi va yetiladi. Megakariositopoez asosiy stimulyatorlari: 
IL-1, IL-3, IL-4, IL-6, IL-11, kolloniya stimullovchi omillar, eritropoetin, trombopoetin.
Trombositopoez teskari bog’ prinspiga asoslangan: qondagi trombositlar 
ko’payishi trombositopoezni to’xtatadi, trombositopeniya trombositlarning hosil 
bo’lishini stimullaydi. Suyak ko’migida megakariosit hujayra bir qancha morfologik 
differensiya bosqichlaridan o’tadi: megakarioblastlar, promegakariositlar va 
megakariositlar. Megakariositar qator hujayralarining 75-85% ini megakariositlar, 10% 
ini megakarioblastlar, 15% ini promegakariositlar tashkil etadi. 
Megakariosit - gigant poliploid hujayra bo’lib, diametri 60-120 mkm.Megakariosit 
polimorf yadroli, keng, pushti rangli sitoplazmali, trombositlarni saqlovchi katta 
hujayradir. 
Megakariositlarning asosiy vazifasi trombositlarni hosil qilish va ularning sonini 
doimiy saqlashdir. Bitta megakariositdan 5000 gacha trombositlar ajraladi.Normada 60-


136 
70% megakariositlar faol, ya’ni trombositlarni hosil qiladi.Trombositlarning taxminan 
80% qonda, 20 % esa taloqda bo’ladi. Trombositlar 7-8 kun yashaydi. 
Trombosit yadrosiz, 2-4 mkm diametrli hujayra bo’lib, gemostaz va qon ivishda 
ishtirok etadi. Sog’lom odamda trombositlar soni 180-320x10
9
/l. 
Trombositlar yyumaloqva oval shaklda, sitoplazmasi och binafsha rangga 
bo’yalgan gialomer va markaziy pushti - binafsha rangli granulomer qismlardan tashkil 
topgan.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling