Klinik laboratoriya tashxisi


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

Megaloblast anemiya 
Megaloblast anemiyasiga vitamin B
12
va foliy kislota tanqisligi anemiyalari kirib
ularning sitologik belgilari quyidagilar: 
1. 
Periferik qonda: 
− eritrosit va gemoglobin kamayishi; 
− eritrositlar makrositozi (9-12 mkm), megalositozi (12 mkmdan kattalashishi); 
− eritrositlar giperxromiyasi - rangining to’q bo’lishi; 


133 
− eritrositlar poykilositozi -shaklining o’zgarishi; 
− jolli tanalari (yadro qoldiqlari); 
− kebolt halqalari (yadro membranasi); 
− segment yadroli neytrofillar gipersegmentatsiyasi - segmentlarining 5 va undan 
oshishi; 
− retikulositlar kamayishi. 
Og’ir darajadagi anemiyalarda: 
− megaloblastlarning paydo bo’lishi; 
trombositlar kamayishi, makroplastinkalar ko’payishi; 
− polixromafiliya - polixromatofill bo’yalgan eritrositlar paydo bo’lishi; 
− mielosit va metamielositlar paydo bo’lishi; 
− megalotsitlar ko’payganda taloq sinuslarida gemoliz qo’shilishi natijasida 
retikulotsitlar oshadi. 
Mielogrammada'>2. Mielogrammada megaloblastik turdagi qon yaratish, eritroid qator 
giperplaziyasi kuzatiladi. 
O’tkir postgemorragik anemiya 
O’tkir postgemorragik anemiya qisqa vaqt ichida ko’p qon ketishi bilan 
xarakterlanadi. O’tkir postgemorragik anemiya diagnostikasida ob’ektiv ko’rik va 
instrumental tekshirish natijalari katta ahamiyatga ega. Bu turdagi anemiya sitologik 
diagnostikasida qon ketishdan keyin o’tgan vaqt katta ahamiyatga ega: 
1. Periferik qonda: 
− qon ketishdan so’ng normoxrom, normositar anemiya kuzatiladi; 
− 4-5 kundan so’ng retikulositlar soni oshadi, polixromafiliya - polixromatofil 
bo’yalgan eritrotsitlar, yadroli eritrotsitlar - normositlar paydo bo’ladi; 
− 10 kundan so’ng temir tanqislik anemiyasi belgilari rivojlanadi (eritrotsitlar 
mikrositozi, gipoxromiyasi, poykilositozi).
2. Mielogrammada normoblastik turdagi qon yaratish, 4-5 kundan so’ng eritroid 
qator giperplaziyasi kuzatiladi. 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling