134
Gemolitik anemiyalar tug’ma va orttirilgan bo’ladi. Gemolitik anemiyalar uchun
xos bo’lgan sitologik belgilar:
1.
Periferik qonda:
− eritrosit va
gemoglobin kamayishi;
− eritrositlar normoxromiyasi (faqat talassemiyada eritrotsitlar gipoxromiyasi va
mikrosferositoz da giperxromiyasi kuzatiladi);
− eritrotsitlar normositozi (faqat mikrosferositozda
eritrositlar diametri
kichrayadi);
− retikulositlar oshadi;
− tug’ma gemolitik anemiyalarda eritrositlar shakli o’zgaradi:
− mikrosferositozda kichik 5-6 mkm, giperxrom eritrositlar paydo bo’ladi;
− ovalositozda ovalsimon erirotsitlar paydo bo’ladi;
− akantositozda yulduzcha shakldagi eritrositlar paydo bo’ladi;
− stomatositozda og’iz shakldagi gipoxrom zonali eritrotsitlar paydo bo’ladi;
− o’roqsimon hujayrali anemiyada normal holatda eritrotsitlar shakli o’zgarmaydi,
faqat kuchli gipoksiya holatida gemolitik kriz bo’lib, o’roqsimon
eritrotsitlar -
dakriotsitlar paydo bo’ladi;
− talassemiyada nishonsimon, gipoxrom eritrotsitlar - kodositlar paydo bo’ladi.
Mielogrammada'>Gemolitik krizda:
− ko’p miqdorda yyetilmagan yadroli normotsitlar paydo bo’ladi;
− retikulositlar miqdori 30% dan oshadi.
2.
Mielogrammada
normoblastik
turdagi
qon
yaratish,
eritroid
qator
giperplaziyasi kuzatiladi.
Gipo-, aplastik anemiya
Gipo-, aplastik anemiya suyak ko’migida o’zak
hujayralar kamayishi, natijada
barcha qator hujayralari kamayishi bilan bog’liq. Aplastik anemiya sitologik belgilari:
1. Periferik qonda:
– pansitopeniya (barcha qator hujayralarning kamayishi):
– eritrositlar
sonining keskin kamayishi;
135
– trombositlar miqdorining keskin kamayishi;
– leykositlar miqdorining keskin kamayishi;
–
eritrositlar normoxromiyasi;
– eritrotsitlar normositozi;
– nisbiy limfositoz (limfositlarning absolyut miqdori kamayadi, leykoformuladagi
nisbiy miqdori oshadi).
2.
Mielogrammada suyak ko’migi barcha qator
hujayralari keskin kamaygan,
limfositlar miqdori nisbiy oshishi kuzatiladi.
Anemiyalar sitologik differensial diagnostikasi 2-ilovada keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: